Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet58/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

1688-yilgi saroy to’ntarishi.

1658-yilda Kromvel vafot etdi. Uning о’limidan ikki yil о’tgach Respublika tuzumi ham barham topdi. Yangi dvoryanlar va burjuaziya mamlakatda Respublika tuzumidan norozi bo’lgan katta yer egalari kayfiyatini ham hisobga olib monarxiyani qayta tiklashga qaror qildi. Bo’lajak monarx oldiga inqilob oqibatida yangi dvoryanlar va burjuaziya qo’lga kiritgan imtiyozlami tan olish hamda parlament bilan kelishib ishlash sharti qo’yildi. 1660-yilda monarxiya qayta tiklandi. Taxtga qatl etilgan qirol Karl I ning о’g’li Karl II о’tqazildi. 1685-yilda uning ukasi Yakov II taxtni egalladi. U mamlakatda katolik dinini tiklashga kirishdi. Bu esa aholi о’rtasida keskin norozilikni vujudga keltirdi. Burjuaziya va yangi dvoryanlar shunday sharoitda Yakov II ni taxtdan mahrum qilishga, uning kuyovi Gollandiya hukmdori Vilgelm III Oranskiyni Angliya taxtiga о’tqazishga qaror qildilar. Vilgelm Oranskiy protestant edi. Uning Angliya taxtiga о’tirishi mamlakatda katoliklikning kuchayishi xavfini butunlay bartaraf etardi. 1688-yilda Vilgelm III Oranskiy о’z qo’shini bilan Londonga kirib keldi. Yakov II esa Fransiyaga qochib ketdi. Shu tariqa Angliya tarixida navbatdagi saroy to’ntarishi amalga oshirildi. Bu to’ntarish «Sharafli inqilob» deb ataldi. «Sharafli inqilob» uzoq davom etgan qirol va parlament о’rtasidagi о’zaro kurashga chek qo’ydi. Vilgelm III Oranskiy parlament shartlariga rozi bo’lganligi tufayligina taxtni egallay oldi. Parlament qirolga parlamentning, qirolning hamda hukumatning huquq va majburiyatlari yozilgan «Huquqlar deklaratsiyasi» deb nomlangan hujjatni taqdim etdi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling