Мавзу №1 Жамоат соғлиқни сақлаш ва менежмент фанининг тариҳи, вазифаси ва усуллари
Download 115.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu №1
MAVZU № 1
Jamoat salomatligi va sog'likni saqlashni tashkil etish fanining tarixi, vazifasi va usullari
Jamoat salomatligi va sog'likni saqlashni tashkil etish fanini tibbiyot ta'limidagi eng murakkab fanlardan biri xisoblanadi va u bo'lg'usi shifokorlarni, aholi salomatligini muxofazasi bilan shug'ullanuvchi sog'liqni saqlash tashkilotchisini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu predmetni chuqur o'zlashtirish uchun o'z navbatida jamiyat, tibbiy biologik, klinik fanlardan chuqur bilimga ega bo'lishi zarur. Jamoat salomatligi va sog'likni saqlashni tashkil etish fani ma'lum tarixiy davr shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy sharoitlar va tashqi muhit omillarini inson salomatligiga ta'sirini o'rganadi. Jamoat salomatligi va sog'likni saqlashni tashkil etish fani ilmiy fan sifatida aholi salomatligini saqlash va mustaxkamlash yo'lini ko'rsatibgina qolmasdan, balki davlat hukumatning yordami orqali sog'liqni saqlash tashkilotlari, muassasalarining keng amaliy faoliyatini tashkil etishda bevosita ishtirok etadi. Shunday kilib, Jamoat salomatligi
va sog'likni saqlashni tashkil etish fani - axoli salomatligi, soglikni saklash va tibbiyotning ijtimoiy masalalari xakidagi fandir.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Aholi sog'lig'ini o'rganish usullari va uslublarini ishlab chiqish, aholi salomatligi va unga ta'sir etuvchi ijtimoiy shart-sharoitlarni o'rganish. 2. O'zbekiston Respublikasi xukumatining sog'liqni saqlash borasidagi siyosatini nazariy asoslash va sog'liqni saqlashni prinsiplarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish. 3. Davlatimizning sog'liqni saqlash borasidagi siyosatiga mos holda, aholiga tibbiy yordam ko'rsatishning yangi tashkiliy forma va usullarini sog'liqni saqlashning boshqaruv tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish. 4. Tibbiyot xodimlarini xozirgi zamon talablariga mos holda tayyorlash, tarbiyalash Jamoat salomatligi va soglikni saklashni tashkil etish fanining asosiy tarkibiy kismlari
• Soglikni saklashning tarixini urganish • Tibbiyot va soglikni saklashning nazariy asoslari va muammolari • Axoli salomatligini urganish va uning uslublarini tarakkiy ettirish. Tibbiyot statistikasi. • Axolining turmush sharoiti, turmush tarzi, tashki muxit omillarini inson salomatligiga ta'sirini urgani • Tibbiy - ijtimoiy yordam muammolari. Ijtimoiy ta'minot va salomatlikni sugurtalash. • Axoliga tibbiy yordam tashkil etishning yangi forma usullarini ishlab chikish. • Soglikni saklashni rejalashtirish, moliyalashtirish. Soglikni saklashning iktisodiyoti. • Soglikni saklash tizimiga raxbarlik kilish va uni boshkarish. Fanning uslublariga quyidagilar kiradi: 1. Statistik usul 2. Tarixiy usul 3. Ekspert baholash usuli 4. Iqtisodiy tadqiqot usuli 5. Eksperiment usuli 6. Sotsiologik usuli. Axolining salomatligini urganishda asosan 3 ta manbalardan ma'lumot olinadi. • Davlat kayd - xisobot xujatlari • Maxsus kushimcha tadkikotlar utkazish • Anamnestik - anketa surov usuli Dunyoda soglikni saklashning rivojlanishiga oid asosiy davrlar • Miloddan avvalgi davr: - III ming yillik. Misr va Yunon madaniyatlarining ravnok topishi – kanalizatsiya, yuvib turiladigan xajotxonalar. - V-IV asrlar. Kadimgi Yunoniston – shaxsiy gigiyena, sport, tugri ovkatlanish, shaxar vrachlari, Gippokrat: salomatlik omillari, kasalliklr xakida birinchi talimot.
Bizning era - VII-XII asrlar: Mamun akademiyasi, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Abu Bakr Arroziy kabi shark olimlarining vatandoshlarimizning buyuk yutuklari. - 1779 yil Germaniya sanitariya politsiyasi. - 1800 yil Buyuk Britaniyada kushn va flotda emlash. - 1801 yil axolini ruyxatga olish. - 1864 yil Rossiya – Zemstvo tugrisida konun. Xalk salomatligi tugrisida gamxurlik kilish.
- 1869 yil Mendeleyev D.I. kimyoviy elementlar davriy konuni. - 1918 yil Sobik SSSR da Davlat SSTning karor topishi. - 1935 yil AKSh ijtimoiy sugurta. - 1946 yil Jaxon SST tashkil topdi. - 1948 yil Buyuk Britaniyada milliy soglikni saklash tizimi barpo etildi. - 1977 yil JSSTda «2000 yilga kelib xamma salomat bulsin» dasturi kabul kilindi. - 1978 yil BTSYo tugrisida Olmoaotada JSSTE kanferensiyasi buldi va Olmaota deklaratsiyasi kabul kilindi. - 1981 yil birinchi OITS xodisasi aniklandi. - 1990 yil bolalarni ximoya kilish yuzasidan jaxon kanferensiyasi bulib utdi. - 1998 yil JSST «21-asrda xamma salomat bulsin dasturi kabul kilindi». Ushbu fan tibbiyot fanlari ichida eng yosh fanlardan biri xisoblanadi. Uning dunyoga kelishi XIX- asrning oxiri XX asrning boshlari deb, qayd etish mumkin. Ushbu fanni rivojlanishini shartli ravishda bir necha bosqichga bo'lish mumkin - 1922-1929 yillar- kafedralarning paydo bo'lishi va uning nazariy asoslarini ishlab chiqilishi bilan xarakterlanadi. Moskvada 1922 yili Birinchi Davlat Universiteti tibbiyot fakulteti qoshida Birinchi ijtimoiy gigiyena kafedrasi ochildi va unga N. Semashko rahbarlik qildi. 1923 yili 2 Davlat Universitet tibbiyot vakulteti qoshida yana bir ijtimoiy gigiyena kafedrasi ochildi va unga Z.P. Soloboyev kafedra mudiri deb tayinlandi. Shu yili Sankt-Piterbugda Kiyevda, Voronejda, Kozonda, Xarkovda, Saratovda shu jumladan Toshkentda O'rta Osiyo Davlat Universiteti tibbiyot fakulteti qoshida ijtimoiy gigiyena kafedrasi ochildi.
1930 yillarda davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etish, qishloq axolisi va sanoat korxonalari ishchilariga tibbiy xizmatni tashkil etish, ularni sifatini oshirish sog'liqni saqlashni statistikasini xamda sog'liqni saqlashni rejalashtirish moliyalashtirish uslublarini ishlab chiqish sotsial gigiyenistlarni diqqat markazida bo'ldi. 1935 yili birinchi marotaba mustaqil Statistika kafedrasi ochildi va unga taniqli professor P.A. Kuvshinnikov raxbarligida shahar va qishloq aholisi kasallanishlari tabiiy harakati o'rganildi va kasalliklar o'lim sabablari nomenklatura va klassifikatsiyasi ishlab chiqildi.
1936 yili G.A. Batkis tomonidan yangi ijtimoiy gigiyena darsligi yozildi. - 1941-1945 yillar. Ushbu yillarda ya'ni Jaxon urushi davrida sog'liqni saqlashni tashkil etish kafedralarining diqqat e'tiborini frontda tibbiy-sanitariya xizmatini tashkil etishga qaratilgan. - 1966 yilga kelib sog'liqni saqlashni tashkil etish kafedralari «Ijtimoiy gigiyena va sog'liqni saqlashni tashkil etish deb nomlanadigan bo'ldi. Nazorat savollari 1. Ijtimoiy sharoitlar natijasida vujudga keladigan ijtimoiy omillarning elementlari nimalardan iborat. 2. Jamoat sog'lig'ini saqlash va menejment fanining asosiy usullari nimalardan iborat. 3. Tibbiyot statistikasi necha qismdan iborat 4. Fanning asosiy vazifalariga nimalar kiradi. 5. Iqtisodiy usul nimalarni o'rganadi 6. Eksperiment usulini asosiy vazifalari nimalardan iborat 9. Tavsiya etiladigan adabiyotlar (ishchi dasturi oxirida ularning ro'yxati keltiriladi).
Xulosa Biz bugungi ma'ruzamizda Ijtimoiy gigiyena va sog'liqni saqlashni tashkil etish fanini fan sifatida tibbiyot, gigiyena va jamiyat fanlari ichidagi o'rnini, jamoat sog'lig'ini saqlash va menejment fanining amaliyotdagi ahamiyatini, jamoat sog'lig'ini saqlash va menejment fanining vazifalari va usullarini, Respublikada va Xorijiy davlatlarda fanning paydo bo'lishi va rivojlanishini kurib chikdik. Download 115.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling