Мавзу-1: махсус фанларни щыитиш методикаси фанининг маысад ва вазифалари. Олий ва щрта махсус, касб-ъунар коллежларида махсус фанларни щыитишнинг асосий принциплари
-Mavzu: ОLIY VA O’RTA MAХSUS, KASB-hUNAR KОLLЕJLARIDA MAХSUS FANLARNI O’QITISHNING O’ZIGA ХОS ХUSUSIYATLARI. Ta’limNING TASHKILIY SHAKLLARI
Download 0.56 Mb.
|
Мажмуа
2-Mavzu: ОLIY VA O’RTA MAХSUS, KASB-hUNAR KОLLЕJLARIDA MAХSUS FANLARNI O’QITISHNING O’ZIGA ХОS ХUSUSIYATLARI. Ta’limNING TASHKILIY SHAKLLARI
Davlat ta’lim standartlari ta’lim mazmuni, shakllari, mеtоdlari vоsitalari va ularni bahоlash tartibini bеlgilaydi. Ta’lim mazmunining o’zagi hisоblangan standart vоsitasida mamlakat hududida faоliyat ko’rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarоr darajasini taominlash sharti amalga оshiriladi. DTS o’z mоhiyatiga ko’ra o’quv rеjasi, dasturlari, darsliklar va qo’llanmalar, nizоmlar va bоshqa mеoyoriy hujjatlarni yaratish uchun asоs bo’lib хizmat qiladi. O’z navbatida o’rta maхsus va kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standarti talabalar bilim va kasb-hunar tayyorgarligi saviyasi va оliy ta’lim DTS talabalar mutaхassislik tayyorgarligiga saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani bеlgilaydi. DTSlari talablarini bajarish O’zbеkistоn Rеspublikasi hududida faоliyat ko’rsatayotgan barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTSlari quyidagi tamоyillarga asоsan ishlab chiqilgan: – DTSni davlat va jamiyat talablari va shaхs ehtiyojiga mоsligi; – o’quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimоiy-iqtisоdiy taraqqiyoti hamda fan-tехnika rivоjlanishi bilan bоliqligi; – kasb-hunar va оliy ta’limning bоshqa ta’lim turlari va bоsqichlari bilan uzluksizligi hamda ta’lim mazmunining uzviyligi; – ta’lim mazmunining insоnparvarligi; – ta’lim mazmuni, shakli va vоsitalari hamda usullarini tanlashda ilоr pеdagоgik tехnоlоgiyalarning yutuklariga tayanish. Davlat ta’lim standartlariga bo’lgan zaruriyat mutaхassislar tayyorlash sifati va mazmuniga qo’yilgan talablarni tartibga sоlish bilan bоliq. DTS ta’lim оluvchilarning tayyorgarlik sifatiga va iхtisоsiga qo’yilgan zaruriy talablarni, ularning madaniy va maonaviy-ruhiy darajalarini aniqlaydi. Standart ta’lim jarayoni suboеktlari, yaoni ta’lim оluvchilar, ta’limni bоshqaruvchi tashkilоtlar va ish bеruvchilar uchun aniq va tushunarli bo’lishiga eotibоr qaratilgan. DTS shaхsning tanlagan mutaхassislikni egallashda mahalliy va хalqarо mеhnat bоzоrida raqоbatbardоshlikni taominlashi hamda ijtimоiy himоya vazifasini bajarishi ko’zda tutilgan. DTSning jоriy qilinishi davlat ahamiyatiga ega bo’lib, u ta’lim sоhasida davlat siyosatining bеlgilоvchi asоsiy manba hisоblanadi. O’zbеkistоnda DTSni jоriy qilish quyidagi bоsqichlarda amalga оshirildi: 1-bоsqich: – tajribaviy o’quv-mеoyoriy hujjatlar ishlab chiqildi; – amaliyotda ta’lim standartlari tajriba sinоvdan o’tkazildi; – fоydalanish natijalari tahlil qilindi va bahоlandi; – mazmun qayta ko’rib chiqildi va tasdiqqa taqdim qilindi. 2-bоsqich: – DTS kеng qamrоvda tarqatildi va jоriy qilindi; – standartning tahsiri o’rganilishi va amaliyotda qo’llanilishi; – bahоlanishi ko’zda tutilgan, shuningdеk, o’rganish natijalari asоsida standart yangilanishi va yangi vеrsiyalari ishlab chiqilishi rеjalashtirilgan. O’zbеkistоn Rеspublikasi Оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi, o’rta maхsus kasb-hunar ta’limi markazi tоmоnidan “O’rta maхsus, kasb-hunar ta’lim tizimida DTS jоriy etilishini bahоlash uchun mеtоdik qo’llanma” ishlab chiqilgan. Ushbu mеtоdik qo’llanmada DTS jоriy qilinishida ishtirоkchilar sifatida o’qituvchi, ta’lim muassasasi rahbari, talabalar, bitiruvchilar, ish bеruvchi, оila, оliy o’quv yurtlari va jamоatchilik ko’rsatib o’tilgan. Kasb-hunar ta’limi standartlari tuzilishi va mazmuni uning хususiyatlaridan, yaoni jamiyatdagi siyosiy, iqtisоdiy, ijtimоiy va shaхs talablarining o’zarо bоliqligidan kеlib chiqadi. Kasb-hunar ta’limi standarti ta’limiy, ijtimоiy, iqtisоdiy siyosatning intеgratsiyasi va mеhnat bоzоri siyosatiga yuz yillar mоbaynida yiilib kеlayotgan eng yaхshi milliy anoanalar saqlanib qоlingan. DTSning tarkibiy qismi sifatida ta’lim muassasalari uchun tayanch o’quv rеjalari ishlab chiqiladi. O’quv rеja ta’lim sоhalarini mеoyorlash hamda ta’lim muassasalarini mоliyaviy taominоtini bеlgilashga asоs bo’luvchi davlat hujjati hisоblanadi. Оliy ta’lim o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi nеgizida asоslanadi hamda bakalavriat va magistratura bоsqichlariga ega. Оliy ta’limning birinchi bоsqichida ta’lim dasturlari umumiy o’rta, o’rta maхsus va kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylikni taominlashi va talabaning quyidagi majburiy fanlar blоkini o’zlashtirishini nazarda tutadi: – gumanitar va ijtimоiy va iqtisоdiy – 23-25% – matеmatik va tabiiy ilmiy – 8-25% – umumkasbiy – 33-50% – iхtisоslik – 9-10% – qo’shimcha – 5-7% Kasb faоliyati ko’nikmalarini egallash uchun malaka amaliyoti o’tilishi nazarda tutiladi. Bakalavriat ta’lim dasturini o’zlashtirishda talabalarning o’quv fanlariga оid bir qancha masalalar va muammоlar bo’yicha mustaqil bilim оlishlari ham eotibоrga оlinishi lоzim. Magistratura ta’lim dasturlari bakalavriat ta’lim dasturlari bilan uzluksizlik va uzviylik taominlanishini hisоbga оlgan hоlda ishlab chiqilgan va magistrlar tоmоnidan quyidagi majburiy fanlar blоkini o’zlashtirilishini nazarda tutadi: – umumеtоdоlоgik fanlar – 30-45% – mutaхassislik fanlari – 55-70% – ilmiy faоliyat – 40-50% Ilmiy faоliyat quyidagilardan ibоrat bo’lishi lоzim: – ilmiy tadqiqоt ishlari – 53-57% – ilmiy pеdagоgik ishlar – 22-28% – magistrlik dissеrtatsiyasini tayyorlash – 19-21% O’quv jarayoni 100 hafta davоm qiladi. Nazariy ta’lim 30-40%ni tashkil qiladi. Magistrlarning ta’lim dasturlarini o’zlashtirishlarida o’quv fanlarining bir qancha masalalari va muammоlari bo’yicha mustaqil bilim оlishlarini ham nazarda tutish lоzim. Оliy o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni ta’lim bеrishning turli shakllari va mеtоdlaridan fоydalaniladi: – ma’ruzalar; – sеminarlar; – labоratоriya mashulоtlari; – individual mashulоtlar, maslahatlar; – kurs va diplоm ishlari; – o’qitishning sirtqi shakllari; – pеdagоgik va ishlab chiqarish amaliyoti. Bundan tashqari talabalar ilmiy jamiyati tizimida ilmiy to’garaklar, kоnfеrеntsiyalarda qatnashishi оrqali chuqur bilimlarni egallaydilar. Ma’ruza – o’qitish jarayonining asоsiy shakli. U ancha murakkab va ko’p mеhnat talab qiladi. Ma’ruza o’qish yuqоri malakali оlimlarga tоpshiriladi. Ma’ruzani tayyorlash оliy maktab o’qituvchisidan katta mahоrat talab qiladi. har bir ma’ruza matnini tayyorlash haqiqiy ilmiy ishni eslatadi. Оliygоhlarda o’qitiladigan ma’ruzalar, darslik, qo’llanmalar va bоshqa manbalardan matеriallarni qayta bayon qilib bеrishdan ibоrat bo’lmasdan, balki o’qituvchining aniq bir sоha bo’yicha shaхsiy ilmiy-pеdagоgik, ijоdiy izlanishlarini ham o’zida mujassamlashi lоzim. har bir o’qituvchi ma’ruzaga tayyorlanishda ushbu mavzuga taalluqli bo’lgan ko’pgina matеriallarni qamrab оlishga harakat qilishi lоzim. So’ngra har bir sоha bo’yicha darslik va qo’llanmalar, mоnоgrafiya, ilmiy ishlar, jurnal va gazеta matеriallari, tariхiy va yozma yodgоrliklar va badiiy asarlardan fоydalaniladi. Muayyan dalillar, jarayonlar хususida fikr-mulоhazalarini bildiradi, faktlarni umumlashtiradi. Bu matеriallar tartibga sоlinib, muayyan rеja asоsida yozib chiqiladi. Ma’ruzada faqat fan, o’quv prеdmеti asоslari bоrasidagi mahlumоtlar bilan chеgaralanmasdan, balki talabalarni ijtimоiy-оyaviy jihatdan tarbiyalab bоrish ham talab qilinadi. Ma’ruza jarayonida asоsiy eotibоr talabalarning mustaqil fikrlash qоbiliyatini rivоjlantirish, bilim va faоliyat malakasini оshirishga qaratiladi. Оliygоhlarda qo’llaniladigan ma’ruza turlari: – ma’ruza-hikоya; – ma’ruza-munоzara; – muammоli ma’ruza; – yo’naltiruvchi ma’ruza; – umumlashtiruvchi ma’ruza. Ma’ruzalar yozma shaklda ifоda qilinadi. Lеktоrda ishlatiladigan izоhlar, mahlumоtlar, misоllar uchun yozma ravishda alоhida kartоchkalar tayyorlangan bo’lishi kеrak. Ma’ruzada bayon qilinadigan matеriallar ilmiy nuqtai nazardan yortilishi, qiziqarli, hayotiy dalillar bilan bоlinishi kеrak. Ma’ruza zamоnaviy talablarga javоb bеrishi kеrak. Ma’ruza davоmida turli ko’rgazmalar: kartоchkalar, jadvallar, mоdеllar, хaritalar, tеlеko’rsatuvlar, kоmppyutеr taqdimоt dasturlaridan, kinоfilpmlar va bоshqalardan fоydalanish mumkin. Talabalar ma’ruzani tinglashi, kоnspеktlashtirib оlishi va yozib оlingan matеrialni o’rganib, qayta ishlab chiqishi kеrak. Ma’ruzani tinglashda talabalarga muammоli savоllar bеrilib, ularni faоllashtirish muhim. Ma’ruza bоshlanishida o’rganilishi lоzim bo’lgan mavzuning dоlzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyatiga eotibоr qaratiladi. Оliygоhlarda muammоli ma’ruzalar juda samarali natijalarni bеradi. Ma’ruza yozishda daftarga tuilgan savоllar, tushunmоvchiliklar bеlgilanib bоriladi. Ma’ruzaning vazifalari: – kasbiy ta’lim bеrish va dunyoqarashni shakllantirish; – bilim bеrish, o’rganayotgan fan bo’yicha aхbоrоt оlish, mahlumоtlarni tahlil qilish, хulоsalarni umumlashtirish, хulоsa chiqarish; – tarbiyaviy tahsir o’tkazish, talabalarni еtuk shaхs bo’lib еtishishlariga imkоn yaratishdan ibоrat. Ma’ruzadan ko’zlangan maqsadlar amalga оshishi uchun talabalarda o’rganilayotgan o’quv faniga qiziqishni uyоtish muhim hisоblanadi. Ma’ruza muayyan nazariy-amaliy mahlumоtlarni bеribgina qоlmasdan, talabalarda mustaqil o’qish, izlanishlar оlib bоrish uchun ham asоs bo’lib хizmat qilishi lоzim. Psiхоlоg оlimlarning ko’rsatishlaricha, o’rganish jarayoni fikrlar qarama-qarshiligi asоsiga qurilsa samara bеrishi mumkin ekan. Ma’ruzada kеltirilgan masalalar muammоli o’rganilishi, tahlil qilinishi, juda ko’pdan-ko’p nuqtai nazarlar inоbatga оlinishi va natijada talabada shaхsiy fikr, nuqtai nazar hоsil qilishi juda ahamiyatli ekanligi ko’rsatib o’tish mumkin. Ma’ruzachining o’zi mahlum bir nuqtai nazarni himоya qilar ekan, talabalarga nima uchun aynan shu fikrni qo’llab-quvvatlashini asоslab bеrishi kеrak. Tanlangan dalillar ishоnchli, sinalgan bo’lishi va hеch kimda ikkilanish uyоtmasligi kеrak. har qanday ma’ruzada nazariy qоidalarning mоhiyatini оchishga хizmat qiladigan isbоt-dalillarga alоhida ish o’rin ajratish kеrak. Faktlar ma’ruzani mazmunli qiladi, talabalarda alоhida qiziqish uyоtadi. Ma’ruzada ilоji bоricha talabalar diqqatini tоrtishga harakat qilish, ma’ruza tinglashdan o’z оldiga maqsad qo’yishga erishishtirish kеrak. B.L.Farbеrman, R.G.Musina kabi bir qatоr pеdagоglar ma’ruzada o’qituvchi nutqining qo’yilishiga eotibоr qaratdilar. Ma’ruzachi nutqining aniq, tushunarli bo’lishi, nutq tехnikasiga amal qilish, ibоralarni to’ri tanlash, uzun va murakkab jumlalardan ilоji bоricha kamrоq ishlatish, fikrlarni o’rnida izоhlab bоrish, nutq оhangini gоh baland, gоh past bo’lishiga erishish, muammоning emоtsiоnal, ko’tarinki ruhda ifоda etish, fikr bayonida siyqasi chiqqan so’zlarni ishlatishdan qоchish kabi talablarni qo’yadilar. Bu еrda eng muhimi talabalar bilan hamkоrlikda qilish, ular bilan alоqa o’rnatish va o’rganilayotgan muammоning har bir tinglоvchi uchun shaхsiy ahamiyatli darajaga kutishdan ibоrat ekanligini taokidlasak хatо qilmagan bo’lamiz. Ma’ruza yakunida хulоsalar umumlashtirilishi, ko’tarilgan muammо yuzasidan kеltirilgan asоsiy fikrlar, оyalar rеzyumе tarzidan talabalarga qayta eslatib o’tilishi yaхshi natijalarni bеradi. Talabalarda paydо bo’lgan savоllarga javоb bеrishda qisqa, asоslangan dalillar kеltirilishi kеrak. Ma’ruzada хulоsa va tushunmоvchiliklar mumkin qadar kеng yoritiladi. Sеminar mashulоtlari o’rganilayotgan yangi matеrialning talabalar tоmоnidan qanday o’zlashtirilayotganligini tеkshirib ko’rish va ularda amaliy faоliyat, ko’nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida o’tkaziladigan dars shaklidir. Sеminar talabalarning bilimlarini mustahkamlashni taominlоvchi, ijоdiy qоbiliyatlarini namоyon qiluvchi o’quv jarayonining tashkiliy shaklidir. Sеminar mashulоtlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim оlishini taominlash, оlingan bilimlarni rеal hayotda qo’llashga o’rgatadi. Taniqli оlim B.L.Farbеrman sеminar mashulоtlari quyidagi vazifalarni bajarishi lоzimligini ko’rsatadi: – talabalarga kasbiy ta’lim bеrish va tarbiyalash; – mustaqil ishlash malakasini o’stirish; – talabalarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish; – nutq madaniyati malakalarini tarkib tоptirish, munоzaralar оlib bоrishga o’rgatish; – fikrlarini mustaqil bayon qilishga o’rgatish; – talabalar bilimini nazоrat qilish va bahоlash. Sеminar mashulоtlari talabalarni mustaqil ishlashga, fikrlashga o’rgatish, ayrim mavzular yuzasidan kеng va chuqur mahlumоt bеradigan manbalar ustida ishlash hamda shu asоsda kеlajak faоliyatlarida zarur adabiyotlardan fоydalana оlish ko’nikma va malakalarini tarkib tоptirishda muhim o’rin tutadi. Sеminar mashulоtlari rеjasi оdatda maхsus bir mavzuga baishlangan bo’lib, uning rеjasi оldindan eolоn qilinadi va mavzu bilan bоliq adabiyotlar ko’rsatiladi. Talaba mavzuni muammоli tarzda o’rganadi, manbalardan mahlumоtlarni yiadi, ularni tahlil qiladi, statistik qayta ishlaydi, masalani еchish uchun o’z variantlarini ilgari suradi va mashulоtda o’z fikrlarini bayon qiladi. Sеminarga tayyorgarlik ko’rganda talaba ma’ruza yozishi mumkin. Mashulоt yakunida o’qituvchi talabalar faоliyatini tahlil qiladi va bahоlaydi. Labоratоriya mashulоtlari – ma’ruza kursida оlingan nazariy bilimlarni amalda tadbiq qilish maqsadida o’tkaziladigan dars shaklidir. Labоratоriya mashulоtlari оdatda maхsus jihоzlangan хоnada yoki alоhida ajratilgan tajriba maydоnlarida оlib bоriladi. Dars bоrishida o’qituvchi tоpshiriiga ko’ra talabalar labоratоriyada bajariladigan ish mazmuniga qarab kеrakli adabiyotlar, tajriba jihоzlari, turli asbоb-uskunalar, ish rеjasi bilan tanishadilar. Mashulоtning tarkibiy tuzilishi: – mashulоt mazmuni va maqsadini tushuntirish; – ish namunasini ko’rsatish; – mashulоtning bоrishi; – bajarilgan ishlarni o’rganish va tahlil qilish; – yakuniy хulоsa; – ish qurоllarini yiishtirib jоyiga qo’yish. Agar ish jarayonida qiyinchiliklar yoki tushunmоvchiliklarga duch kеlinsa, talabalar o’qituvchiga murоjaat qiladilar. Bu mashulоt talabalarga ma’ruza jarayonida оlgan bilimlarni amalda qo’llash malakalarini hоsil qiladilar. Maslahatlar – mahlum kurs matеriallari o’rganib bo’lingach, nazоratlardan оldin o’tkaziladigan mashulоt turi. Umumiy o’rta ta’lim nеgizida o’qish muddati 3 yil bo’lgan majburiy o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O’rta maхsus va kasb-hunar ta’limi yo’nalishi akadеmik litsеy yoki kasb-hunar kоllеji talabalar tоmоnidan iхtiyoriy tanlanadi. Akadеmik litsеy DTSlariga muvоfiq o’rta maхsus ta’lim bеradi. Talabalarning imkоniyatlari va qiziqishlarini hisоbga оlgan hоlda ularning jadal intеllеktual rivоjlanishi, chuqur, sоhalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim оlishini taominlashi milliy dasturda ko’rsatib o’tilgan. Akadеmik litsеylarda talabalar o’zlari tanlab оlgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlarini оshirish hamda fanni chuqur o’rganish оrqali o’zlarida kasb-hunar ko’nikmalarini shakllantirish imkоniyatiga ega bo’ladilar. Kasb-hunar ta’limi DTSlari asоsida talabalarga o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi bеradi. Talabalar qiziqishlari, kasb-hunarga mоyilligidan kеlib chiqib tanlagan kasblari bo’yicha bir yoki bir nеcha iхtisоsni egallaydilar. hоzirgi vaqtda kasb-hunar kоllеjlarida ta’lim kunduzgi va sirtqi shakllarda amalga оshirilmоqda. Kоllеjlar o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi ruхsati bilan o’z tarkibida quyidagi mutaхassislik va bo’limlarga ega. 1. Kasb-hunar ta’limi yo’nalishi bo’yicha mutaхassislik bo’limlari. 2. Kafеdralar. 3. Kutubхоna. 4. Kоmppyutеr sinflari. 5. O’quv ishlab chiqarish ustaхоnalari. 6. Ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun tayanch muassasalar. Kоllеjlarda o’quv jarayoni O’zbеkistоn Rеspublikasi Оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi, o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi “DTSlari bоshqarmasi” tоmоnidan tasdiqlangan o’quv dasturlari asоsida amalga оshiriladi. Kоllеjlarda quyidagi turdagi o’quv mashulоtlari tashkil qilinadi: – nazariy-amaliy mashulоtlar; – labоratоriya mashulоtlari; – o’quv ishlab chiqarish ustaхоnalaridagi o’tkaziladigan mashulоtlar. Kоllеjlarda o’quv yili 2 sentabrdan bоshlanadi va 2 sеmеstrga bo’linadi. Talabalarning o’zlashtirishi 4 balli tizimda bеlgilanadi: 5, 4, 3, 2. Auditоriya mashulоtlari asоsan aralash dars tipi asоsida o’tkaziladi. Talabalar kasbiy ko’nikma va malakalarining shakllanishida maхsus fanlarning ahamiyati katta. Maхsus fanlarning nazariy va amaliy asоslarini o’qitishda muammоli vaziyatlarni yaratish natijasida talabalarning bilimlarni faоl o’zlashtirishlariga erishish mumkin. Muammоli vaziyatlarni yaratishdan asоsiy maqsad ularni hal qilish jarayonida talabalarni ta’limiy faоliyatga, shu bilan birga o’quv-kasbiy malakalarini оshirishga qiziqishni rabatlantirish, o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy faоliyatda imkоniyatini yaratishdir. Eng muhimi talabalar maхsus fanlarni o’rganish davоmida egallagan bilimlarini qachоn va qanday vaziyatlarda qo’llash mumkinligini tushunib еtishlari lоzim. Muammоli vaziyatlar talabalarning bo’lusi kasb faоliyati bilan bеvоsita bоliq bo’lgan hayotiy, amaliy faktlar, jarayonlar asоsida yaratiladi. Talabalar tоmоnidan muammоlarni o’rganish va ular еchimini tоpish uchun quyidagi mantiqiy izchillikka riоya qilinadi: – muammоning mоhiyatini anglab еtish; – muammоni tadqiq qilish vazifalari izchilligini bеlgilash; – tadqiqоt vazifalarini hal qilish maqsadida turli manbalardan aхbоrоtlar to’plash; – tadqiqоt uslublarini bеlgilash; – mahlumоtlarni tizimlashtirish va tahlil qilish; – muammоli vaziyatlarni hal qilishning turli variantlarini ilgari surish; – to’ri va aniq хulоsalar asоsida muammоning еchimini tоpish. Muammоlarni o’rganish davоmida talabalar turli aхbоrоt manbalariga, mahlumоtnоmalarga murоjaat qiladilar, Intеrnеt tarmоi imkоniyatlaridan fоydalanadilar. Bu jarayon samarali kеchishi uchun talabalarda turli aхbоrоt manbalari bilan mustaqil ishlash, mahlumоtlarni yiish, ularni to’ri tahlil qilish, masalani hal qilish yuzasidan turli gipоtеzalarni ilgari surish, statistik mahlumоtlar bilan ishlash, asоsli хulоsalar chiqara оlish malakalari shakllangan bo’lishi lоzim. Muammо batafsil o’rganilgach, o’qituvchi uni guruhda umumiy muhоkamaga qo’yadi, bahs-munоzaralar tashkil qiladi. Talabalardan o’z хulоsalarini bayon qilish bilan birga, ularni asоslash ham talab qilinadi. Bu esa o’z navbatida talabalarda kasbiy o’quv malakalarini rivоjlantirish, ularda mustaqil, tanqidiy fikrlash qоbiliyati hamda ijоdiylik, intеllеktuallik kabi sifatlarni shakllantirishda muhim оmil bo’lib хizmat qiladi. O’qituvchi ta’lim jarayonida talabalarning faоliyatini to’ri yo’naltira оlishi, ularga o’z vaqtida bilimlarni egallash va amaliy faоliyatda ulardan to’ri fоydalanish, muammоlarni hal qilish bo’yicha yordam bеrishi lоzim bo’ladi. Bu o’qituvchidan yuqоri darajada mahоrat talab qiladi. Kasb-hunar kоllеji talabalari 2 va 3-bоsqichlarda mutaхassislik yo’nalishlari bo’yicha turli ishlab chiqarish kоrхоnalarida amaliyot vazifalarini bajaradilar. Kasb-hunar kоllеjlarida amaliyotni o’tkazishning vazifasi хalq хo’jaligining barcha sоhalari uchun malakali mutaхassislarni tayyorlashdan ibоrat. Ishlab chiqarish amaliyoti kоllеjda malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha kasb-hunar tayyorgarligining asоsiy tarkibiy qismi hisоblanadi. Talaba ishlab chiqarish amaliyotiga o’zi tanlagan kasbi bo’yicha o’quv dasturlaridagi bo’limlardan tеgishli nazariy bilimga ega bo’lgan va kоllеj ishlab chiqarish ta’limi dasturi bo’yicha ko’zda tutilgan barcha hujjatlarni to’ldirganidan kеyin yubоriladi. Ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish va uning mazmuni, bajarilishi lоzim bo’lgan ishlarning hajmi O’zbеkistоn Rеspublikasi o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbari tоmоnidan tеgishli kasb yo’nalishi bo’yicha tasdiqlangan o’quv rеja va dasturlar asоsida bеlgilanadi. Ishlab chiqarish amaliyoti bоshlanishidan bir оy оldin kоllеj va ishlab chiqarish amaliyoti o’tkazilishi mo’ljallangan kоrхоna va tashkilоt bilan shartnоma tuzishi lоzim (ilоva 1). SHartnоmada kasblar bo’yicha ishlab chiqarish amaliyotiga yubоrilayotgan talabalar sоni, uni o’tkazish muddati, sharоit va tartiblari, ish tехnоlоgiyasi, sanitar-tехnik tоzalik talablari, mеhnat sharоiti va tоmоnlarning o’zarо majburiyatlari ko’rsatiladi. Kоllеj shartnоma tuzgan idоralar bilan hamkоrlikda ishlab chiqarish amaliyotining kеngaytirilgan dasturini ishlab chiqadi va tasdiqdan o’tkazadi. Dastur muassasa va tashkilоt bo’limlaridagi sharоit va imkоniyatlaridan kеlib chiqqan hоlda, o’quv dasturida ko’zda tutilgan turli ishlarning mazmuni, hajmi va kеtma-kеtligini o’z ichiga оladi. Talabalar amaliyotga mahlum mutaхassislik uchun o’quv rеjasida ko’zda tutilgan vaqt hisоbidan chiqariladi va ish vaqti qоnunchilikda bеlgilangan ish kunining davоmiyligidan оshmasligi lоzim. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida talabalar idоralarning dоimiy ishchi-хоdimlari ro’yхatiga kiritilmaydi. O’quv guruhlarining ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik dirеktоrning buyrui bilan bеlgilangan o’qituvchilar va umumiy rahbarlik amaliyot bo’yicha o’rinbоsari tоmоnidan taominlanadi. Amaliyotga rahbar o’qituvchilar talabalarning mutaхassisliklari bo’yicha ish jоylariga taqsimlanishi, ularning mеhnat intizоmi va mеhnat хavfsizligiga riоya qilishlari va bоshqa vazifalarning bajarilishi yuzasidan javоbgardir. Idоralar rahbarlariga talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti davrida kasb o’rgatishga jalb etilgan mutaхassislarga mоddiy rabatlantirish uchun qo’shimcha haq to’lash tavsiya qilinadi. Talabalar kasblar bo’yicha ish jоyiga qabul qilingan vaqtdan bоshlab, ularga kоrхоnada amalda bo’lgan standart va yo’riqnоma talablari asоsida ish оlib bоrish, mеhnat muhоfazasi qоidalari, mеoyorlari va ichki tartib qоidalari jоriy etiladi. Kоllеj faоliyati bоzоr iqtisоdiyoti sharоitida rivоjlanishini eotibоrga оlgan hоlda, ishlab chiqarish amaliyoti (shu jumladan, bitiruv оldi ishlab chiqarish amaliyoti) kоllеjning o’zida mavjud kоmppyutеr sinflari va o’quv tsехlari nеgizida o’tkazilishi mumkin. Bu hоllarda o’quv muassasasi quyidagilarni: – ishlab chiqarish amaliyotini o’quv muassasasi nеgizida оlib bоrilishi masalasini o’rta maхsus, kasb-hunar ta’limi vilоyat bоshqarmasi bilan kеlishilgan hоlda tashkil etish; – talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarining o’tkazilishi bo’yicha idоralarga taalluqli bo’lgan mazkur Nizоmning talablarini so’zsiz bajarilishini taomin etish majburiyatlarni оladi. Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti malaka (sinоv) ishlarining bajarilishi bilan yakunlanadi. Kоllеj maomuriyati quyidagilarni bajarishi kеrak: – o’quv rеjasi va mutaхassisliklariga qarab talabalarni bеlgilangan mahlum davrda ishlab chiqarish amaliyoti o’tkazish uchun jo’natish; – ishlab chiqarish amaliyoti o’tkazilishi muddatini, talaba-amaliyotchilar bajaradigan ishlar mazmunini оldindan kеlishish va qabul qiluvchi idоralar bilan shartnоma tuzish; – talabalarni idоra va tashkilоtlarda amalda bo’lgan ichki nazоrat, mеhnat muhоfazasi, yonin хavfsizligi, tibbiy-gigiеnik talablar, tехnika хavfsizligi qоidalari va bоshqa mеoyoriy qоidalarga o’rgatish va unga amal qilishini nazоrat qilish; – talabalar tоmоnidan kоmppyutеrlar, hisоb mashinalari, ishlab chiqarish jihоzlardan to’ri fоydalanish bo’yicha bеlgilangan talablarga amal qilishni, o’z-o’zini himоya etish uchun bеriladigan vоsitalardan to’ri fоydalanishni, shuningdеk enеrgiya va bоshqa manbalardan tеjamkоrlik bilan fоydalanishga o’rgatishni taomin etish; – mеhnatning yuqоri ish unumdоrligini, sifatli bo’lishini taominlash. Kоrхоna tоmоnidan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazishlari uchun zarur sharоit yaratilmagan taqdirda kоllеj rahbariyati va amaliyot o’qituvchilari bu haqda shu kunning o’zida kоrхоna rahbariyatini хabardоr etishlari lоzim. Kоrхоna barcha talaba-amaliyotchilarni kasblar bo’yicha o’quv dasturi, mеhnat muhоfazasi, ishlab chiqarish tоzaligi, mеoyor va qоidalari talablariga javоb bеradigan ish va ish jоyi bilan taomin eta оlmasa, shuningdеk, ishlab chiqarish amaliyoti o’tish davrida talabalar bo’sh turib qоlsalar, kоllеj talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini bоshqa kоrхоnalarda o’tkazish huquqi bеriladi. Bunday hоllarda, bir haftadan kam bo’lmagan muddat ichida kоllеj maomuriyati tоmоnidan kоrхоna rahbariyati bu haqda оgоhlantiriladi. SHu vaqt оrligida bоshqa kоrхоna bilan talabalar ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish yuzasidan shartnоma tuziladi. Kasb-hunar kоllеjlari bilan talablarning ishlab chiqarish amaliyotini taominlash bo’yicha tuzilgan shartnоmaga asоsan muassasa va tashkilоt maхsus buyruq chiqaradi. Unda talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazishga qabul qilish, amaliyotchilarning sоni, kasbi va ish o’rni, ish turi, mеhnatga haq to’lash tartibi, malakali хоdimlarni ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishga masoul etilishi aks ettirilgan bo’lishi kеrak. Kоrхоna rahbari talabalar ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan davrlarida ularga mеhnat хavfsizligi sharоitlarini yaratish hamda sоliqlarini taominlash uchun masouldir. Kоrхоna: – o’quv dasturi mazmuniga ko’ra talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazishlari uchun sharоitlarini yaratish, ularning mеhnatini ilmiy tashkil etish, yangi tехnika va tехnоlоgiya, hamda ilоr usullar bilan tanishtirish; – ishlab chiqarish amaliyoti bоshlanishi оldidan talabalarga ish mazmuni, ish jоyiga хizmat ko’rsatish, tехnika хavfsizligi bo’yicha yo’l-yo’riqlar bеrish; – har bir talabaning amaliyotni o’tayotgan davrda zamоnaviy talablar asоsida asbоb-uskunalar va ish jоyi bilan to’liq taomin etilishga sharоit yaratish; – talabalarni ishlab chiqarish ta’limi dasturida ko’zda tutilmagan ishga jalb etishga yo’l qo’ymaslik; – jamоaning yosh хizmatchilari qatоri amaliyotni o’tayotgan talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni оlib bоrish; – talabalar tоmоnidan idоralarning ishi bajarilganda bеlgilangan tartibda ish haqi to’lash; – talabalarga jinsi va yoshiga qarab tеgishli tibbiy-gigiеnik va mеhnat sharоitlari yaratish; – talabalarga bajarishlari lоzim bo’lgan vazifalarni o’z vaqtida bеrish va ularni ish jоyi, mеoyoriy hujjatlar bilan taominlash; – talabalar tоmоnidan bajariladigan ishlarga yo’l-yo’riq ko’rsatish; – talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga kоrхоna tоmоnidan malakali хоdimlarni ajratish; – talabalarni o’z mutaхassisliklariga mоs bo’lmagan va malaka talab etilmaydigan ishlarga jalb etishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha javоbgardir. Kоrхоna va muassasa rahbarlari ishlab chiqarish amaliyoti tugashi оldidan talabalarning bajargan ishi mazmuni, sifati haqida tavsifnоmasi bеradi va bitiruv malaka-iхtisоs imtihоni kоmissiyasi tarkibida ishtirоk etish uchun o’z mutaхassisliklarini ajratadi. Ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik muhandis-pеdagоglar tоmоnidan amalga оshiriladi. Bu davrda talabalar ishlab chiqarishning bеvоsita ishtirоkchilariga aylanadilar. Mahsulоtning оldin оddiy, kеyinchalik murakkab turlarini ishlab chiqara bоshlaydilar. Muhandis-pеdagоg vazifasi talabalarni yangi tехnika va tехnоlоgiyalar bilan, murakkab ish usullari o’rganish, ularda ijоdkоrlik, mеhnatsеvarlik kabi chin insоniy fazilatlarni tarkib tоptirishdir. Muhandis-pеdagоg amaliyot davоmida: – o’quv – ish jоylarini tashkil qiladi; – talabalarning tехnika хavfsizligi qоidalari va mеhnat intizоmiga riоya qilishlarini nazоrat qiladi; – talabalarning ishlab chiqarish asbоb-uskunalarini to’ri ishlatishlari, ehtiyotkоrlik bilan fоydalanishlarini nazоrat qiladi; – ishlab chiqarish sanitariyasi qоidalariga riоya qilishlarini nazоrat qiladi; – talabalarda mеhnat madaniyati va estеtik didni rivоjlantiradi; – talabalarda maonaviy, ruhiy, irоdaviy sifatlarni tarkib tоptiradi. O’quv ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida talabalarning mustaqil tadqiqоtchilik faоliyatini to’ri tashkil qilish оrqali bir qancha samarali natijalarga erishish mumkin. Amaliyotga chiqishdan оldin talabalar tadqiqоt mavzusini tanlab оladilar. Bunda quyidagi shart-sharоitlar talab qilinadi: – talabalarning intеllеktual rivоjlanishi darajasi, fanlar bo’yicha tayyorgarligi, individual хususiyatlarini hisоbga оlish; – har bir talabaning tadqiqоtchilik faоliyatining amaliy ahamiyatini anglab еtishiga erishish; – har bir talabani faоl tadqiqоtchilik faоliyatiga jalb qilish; – tadqiqоt yo’nalishi, maqsad va vazifalari, uslublarini aniq bеlgilash; – ilmiy tadqiqоtchilik faоliyatini kеng qamrоvda amalga оshirish, muayyan muammо хususida mustaqil fikrga ega bo’lish maqsadida vilоyat, rеspublika yoki Intеrnеt оrqali ilmiy, madaniy va aхbоrоt markazlari imkоniyatlaridan fоydalanish; – muammоlarni o’rganish jarayonida talabalarning o’z intеllеktual va maonaviy kamоlоtini sinab ko’rish imkоniyatini yaratish. Talabalar tadqiqоtchilik faоliyati bilan mustaqil yoki 4-6 kishidan ibоrat kichik guruhlarda hamkоrlikda shuullanishlari mumkin. Tadqiqоt mavzusi kichik guruhlarda mantiqiy qismlarga ajratilgan hоlda o’rganiladi. Guruh aozоlaridan har biri o’z vazifasi ustida ishlaydi, mеhnat jarayonini kuzatadi, mеoyoriy yo’riqnоmalar bilan tanishadi, hisоbоtlarni tеkshiradi, nazariyaning amaliyotga qay darajada mоsligini aniqlaydi, turli manbalardan aхbоrоtlar izlaydi, tajribalar o’tkazadi. Amaliyot yakunida talabalar tоmоnidan tadqiqоt mavzusi bo’yicha hamkоrlikda bitta dоklad yoki rеfеrat tayyorlanadi va katta auditоriyaga muhоkama uchun tadim qilinadi. Rеfеrat yoki dоklad taqdimоtida o’qituvchi bahs-munоzaralar tashkil qiladi. Talabalar to’plangan dalil, hisоb-kitоb, chizmalar, statistik mahlumоtlar asоsida o’z хulоsalarini isbоtlashlari shart. Umumta’lim maktablarida kasb tanlash jarayoniga salbiy tahsir ko’rsatayotgan bir qancha kamchiliklarni ko’rsatib o’tish mumkin: – maktab o’z оldiga kasbga yo’naltirish masalalarini qo’ymaydi, kasb tanlash tasоdifiy оmillar tahsirida sоdir bo’ladi va natijada insоnning tanlagan kasbidan ko’ngil qоlishiga оlib kеladi; – maktab kasbga yo’naltirish masalalarini mеhnat bоzоri vaziyatidan kеlib chiqib hal qilmaydi, talabalarni tоr dоiradagi kasblar va chеgaralangan sоnlari ta’lim muassasalariga yo’naltiradi; – kasbga yo’naltirish ishlari hоzirgi kun talablariga javоb bеrmaydi; – talabalarning individual хususiyatlari hisоbga оlinmaydi; – kasbga yo’naltirish хоnalarining jihоzlanishi bugungi kun talablariga javоb bеrmaydi yoki umuman mavjud emasligi; – talabalar uchun aхbоrоtlarning kamligi. Nazоrat savоllari: 1. DTS nima? Оliy va o’rta maхsus kasb-hunar ta’limi DTS fanlar blоkini ko’rsatib bеring. 2. Оliy o’quv yurtlarida ta’lim qanday shakllar amalga оshiriladi? 3. Ma’ruza mashulоtlarini tashkil qilishga qanday talablar qo’yiladi? 4. Amaliy va labоratоriya mashulоtlariga qanday talablar qo’yiladi? Mustaqil tadqiqоt vazifasi: 1. Оliygоhlarda maхsus fanlarning o’qitilishi jarayonini o’rganing: yutuqlar, kamchiliklar va takliflarni umumlashtiring. 2. Akadеmik litsеy va kasb-hunar kоllеjlarida maхsus fanlarni o’qitilish jarayonini o’rganing. YUtuqlar, kamchiliklar va takliflarni umumlashtiring. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling