Mavzu: 1-sinfda o'tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish


Download 0.98 Mb.
bet7/7
Sana06.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1330636
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 sinf matematika fanidan konspekt

Fanga oid kompetensiyalar. O'quvchilar 38-30 ko'rinishidagi misollarni tushuntirib yechish va sonlami xona birliklarining yig'indisi ko'rinishida ifodalashni o'rganib oladilar.




Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

suhbat

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlami (refleksiya) aniqlash

O'quvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, mavzuga oid misol va masalalar yechiladi.

savol- javob, mus­taqil ish

3 minut

3-bosqich.O'tilgan mavzuni mustahkamlash

  • Uy vazifasini tekshirib baholash.

  • O'tilgan mavzuni mustahkamlash.

savol-javob o'yin

14 minut

4-bosqich.Yangi mavzu bayoni

• 1-misolni tushuntirib. uni yechish usuli bilan tanishtirish.

  • 2-misolni tushuntirib yechish.

  • 3-masalani tushuntirib, yozma ravishda bajarish.

  • Dam olish daqiqasini o'tkazish.

muammoli izlanish izlanish muammoli izlanish qo'shiq

15 minut

5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

Kartochkalar yordamida og'zaki savol-javob o'tkaziladi. 4-misol. Geometrik shakllar. Yangi mavzuni mustahkamlash.

savol-javob

4 minut

6-bosqich. Baholash

O'quvchining darsda ishtiroki hisob- ga olinib, reyting bali e'lon qilinadi.




4 minut

7-bosqich. Uyga vazifa

5-masala, 6-misol.

tushuntirish

3 minut

Darsning borishi:
1-, 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
Uy vazifasini tekshirish: 6-misol.
47+3=50 68-60=8 36+4=40 87 + 3=90
54+4=58 26-20=6 77-7=70 58 + 2=60
O'rganilgan bilimlarini aniqlash maqsadida «Darchalarni to'ldir» o'yinini o'tkazish.
□□+20=100; □□+5=100; □□-6=60;
□□-40= 50; □□-8= 50; □□+3=70.
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni.
1-misol. 38-30=□ ko'rinishdagi misolning yechilishini tushuntirish. 38 sonini xona qo'shiluvchilar yig'indisi ko'rinishida ifodalab, so'ng o'nliklardan o'nliklarni ayirib, natija topilishini tushuntirish.
38-30 = □ (30-30) + 8=0 + 8 = 8
30 8
2-misol. Yechish.
46-20=26 59-50=9 48+2=50 37+3=40
27-20= 7 63-60=3 64+6=70 26+4=30
3-masalani yechish (yozma). Masalaning qisqacha yozuvi: Randalashi kerak - 38 ta taxta.
Randaladi - 30 ta taxta. Yechish:
Yana randalashi kerak - ? ta taxta 38-30=8 ta taxta.
Javob: Duradgor yana 8 ta taxtani randalashi kerak. Dam olish daqiqasini o'tkazish. (Matematika darsligining o'quv-chilarga bergan maslahatini yodga olinadi):
Mening ishim hisob-kitob, Hamda berish nur-u, oftob. Bo 'Imay qolsam agar bir kun, Dunyo bo 'lar zim-ziyo tun.
4 -misol. 1-kesma ikkinchi kesmadan qancha qisqa? 2-kesma 1- kesmadan qancha uzun ekanligini chizg'ich yordamida aniqlash o'rgatiladi.
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Kartochkalar yordamida og'zaki savol-javob o'tkazish.


50 + 40 = ? 80-50 = ? 26 + 4 = ? 28-20 = ?
6-bosqich. Baholash. O'quvchilarning reyting ballari izohlanib, e'lon qilinadi.
7-bosqich. Uyga vazifa: 5-masala,6-misol.
Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling