Mavzu №1 Tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari


Shtrix kodlashning xususiyatlari va qo’llanilishi


Download 1.32 Mb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1572466
1   2   3   4
Bog'liq
[2-mavzu. Texnik – iqtisodiy va ijtmoiy axborotlarning yagona tasniflash va kodlash tizimi]

Shtrix kodlashning xususiyatlari va qo’llanilishi
Ba’zan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko’rinarli joyida yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni ko’rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan.
Xo’sh, shtrix-kodlar nima va qachon paydo bo’lgan?
SHtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi ilk bora 30-yillarda AQSHning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo’lib, undan amalda foydalanish bir necha o’n yillardan so’nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. SHtrix-kodlarni dastlabki qo’llovchilar temir yo’lchilar bo’lib, shu usul orqali temir yo’l vagonlarini identifikatsiyalashgan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQSHda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YeAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanishmoqda.
SHtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo’lib, bu chiziqlarning o’lchamlari standartlashtirilgan. SHtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o’qishga mo’ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
O’zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida:
Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 21 sentyabrda № 438-sonli qaror qabul qildi.
EAN shtrixli kodi
tovar birliklarini identifikatlashtirish va ularni tamg’alash uchun "EAN International" tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi qoidalarida belgilangan o’lchamlar bilan va joylashtirilgan holda izchil joylashtirilgan parallel shtrixlar va ular o’rtasidagi oraliqdagi kombinatsiyalar bilan ifodalangan raqamli kod;
Asosan EANning ikki kodidan ko’proq foydalaniladi:
8 razryadli raqamli kodlar
razryadli
EAN razrayadli shtrix kodning hisoblash ketma-ketligi. Misol tariqasida 3-rasmda keltirilgan shtrix kodning raqamlaridan foydalani va quyidagi amallarni bajariladi.
1. SHtrix kodning juft o’rindagi raqamlarining yig’indisi 7+0+1+5+0+1=14
2. Hosil bo’lgan yig’indini 3 soniga ko’paytiramiz 14*3=42
3. SHtrix kodning toq o’rindagi raqamlarining yig’indisi (faqat nazorat soni hisoblanmaydi) 4+8+0+5+0+0=17
4. 2 va 3 bosqichdagi hosil bo’lgan sonlarni qo’shamiz 42+17=59
5. Yig’indadan o’nlik soni ayiramiz 59-50=9
6. 10 sonidan 5 bosqichda hosil bo’lgan soni ayiramiz 10-9=1
Demak, oxirgi olingan natija 10-9=1nazorat soni 1ga teng bundan ko’rinadiki, shtrix kodi to’g’ri tuzilgan.
SHtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
  • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi;
  • ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi;
  • resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi;
  • hujjatlar aylanishini qisqartiradi;
  • mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni muntazam ravishda yig’ishni yo’lga qo’yish mumkin;
  • boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma’lumotlarni tavsiya etish.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling