Mavzu-10. Diagnostika tashqi belgilar, parametrlar va me’yorlar -2soat Reja
Download 137.45 Kb.
|
Mavzu 10 INvaDA 2022 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Mavzu-10. Diagnostika tashqi belgilar, parametrlar va me’yorlar -2soat Reja: 10.1 Tuzilmaviy parametr, tashqi belgi (simptom) va diagnostik parametr tushunchalari. 10.2 Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o‘zaro bog‘lanishlari. 10.3 Diagnostik parametrlarning tasnifi. 10.4. Diagnostik parametlarning xususiyatlari. 10.5. Diagnostik me’yorlar. 10.6 Diagnostik parametr me’yorlari asosida diagnoz qo‘yish. Tayanch iboralar: Boshlang‘ich me’yor; bir ma’nolilik; barqarorlik; birga sodir bo‘ladigan (hamroh) jarayonlar; diagnostik parametr; diagnostik me’yor; diagnoz qo‘yish; ishchi jarayon; yo‘l qo‘yilgan me’yor; sezuvchanlik; serma’nolik; tuzilmaviy parametr; tashqi belgi (simptom); chegaraviy me’yor. 10.1 Tuzilmaviy parametr, tashqi belgi (simptom) va diagnostik parametr tushunchalari Transport vositasi, uning uzeli, agregatining tuzilishi, tuzilmaviy elementlarning bir-biriga ta’siri va bog‘liqligi tuzilmaviy (strukturaviy) deb atalgan parametrlar bilan tavsiflanadi va baholanadi. Bu bog‘liqlik fizik miqdorlar orqali ifodalanadi (tortish kuchi, bosim, tebranish amplitudasi, tovush kuchi, tok kuchi, harorat va h. k). Tuzilmaviy parametrlar ko‘p hollarda Ob’ektning texnik holatini (masalan, eyilganlik, birikmadagi tirqish) bevosita tavsiflaydi. Tuzilmaviy parametrlarni o‘lchash, odatda, oddiy asbob yordamida bajariladi, aniqlik va haqiqiylik bilan tavsiflanadi. O‘lchash natijasi diagnostikalash Ob’ekti texnik holati o‘zgarishi sabablariga bevosita bog‘liq. Tuzilmaviy parametr qiymati bo‘yicha Ob’ekt texnik holatini baholash mumkin. Tuzilmaviy parametrlarni, ko‘p hollarda, diagnostikalash Ob’ektini bo‘laklarga ajratmasdan turib o‘lchab bo‘lmaydi. Bo‘laklarga ajratish diagnostikalash mehnat hajmining o‘sishiga va qoldiq resursning kamayishiga olib keladi, chunki ajratish-yig‘ish jarayonidan so‘ng o‘zaro ta’sirdagi detallarning yana moslashuv davri boshlanadi, bu davr esa jadal yeyilish bilan tavsiflanadi (10.1-rasm). Tuzilmaviy parametrlar yordamida murakkab Ob’ektlar texnik holatini kompleks baholashning imkoni yo‘q. Transport vositasi texnik holatini baholash uchun tuzilmaviy parametrlarni bevosita o‘lchash imkoniyati cheklanganligi sababli diagnostik parametrlardan foydalaniladi. Ular Ob’ekt texnik holatini aniqlash imkonini beradi va o‘lchashlarni ko‘proq qulaylik bilan o‘tkazish bilan tavsiflanadi. Diagnostik parametrlar buzilish (nosozliklar)ning bilvosita ko‘rinishidir. Diagnostik parametr qiymatini Ob’ektini bo‘laklarga ajratmasdan turib aniqlash mumkin (masalan, moy bosimi, harorat, ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidi miqdori va h.k.). Download 137.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling