Mavzu: 10-Dunyo kartalari uchun ishlatiladigan kartalar


Download 1.23 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#253798
Bog'liq
10-Dunyo kartalari uchun ishlatiladigan kartalar

MAVZU: 10-Dunyo kartalari uchun ishlatiladigan kartalar

Reja:

1. Dunyo kartalari

2. Materiklar kartalari

Dunyo kartalari xarakteri bo‘yicha bu proeksiya teng yuzli, shuning uchun muqim o‘zgarmas maydonlar masshtabiga ega, ya’ni bu karta bo‘yicha alohida figuralarni (hududlarni) maydonini taqqoslash mumkin. Burchaklar va figuralarni qiyofasi (shakli) bu proeksiyada ancha xatolikka duchor bo‘lgan. Binobarin, chekka meridianlarda burchaklar xatosi deyarli 400 gacha boradi. Nol xatolikdagi nuqta har bir yarim sharni markaziga to‘g‘ri keladi.

2.11-rasm. SHarqiy va g‘arbiy yarim sharlarning ko‘ndalang azimutal stereografik proeksiyada tuzilgan kartalari

2. Materiklar kartalari Materiklar kartalari. Materik kartalari Lambertni qiyshiq azimutal proeksiyasida tuziladi. Xatoliklarni xarakteri va taqsimlanishi Lambertni ko‘ndalang azimutal proeksiyasiga o‘xshaydi. Lekin, bu erda nol xatolikdagi nuqtalar har bir alohida olingan materikni markaziga to‘g‘ri keladi. Xatolik xususiyatiga ko‘ra ushbu proeksiya teng maydonlidir. Nol xatolikdagi nuqtadan uzoqlashilgan sari barcha turdagi xatoliklar hamma tomonga bir xil oshib boradi, shuning uchun izokollar aylana shaklida bo‘ladi. Xatoliklarni qiymatlari esa materiklarni katta kichikligiga bog‘liqdir (2.12-rasm).

2.12-rasm. Teng maydonli qiyshiq azimutal proeksiya (Lambertni) kartografik to‘r burchak izokollari bilan

Arktika va Antarktida kartalari uchun Postelni teng oraliqqi proeksiyasi deb yuritiladigan ixtiyoriy normal azimutal proeksiya qo‘llaniladi. Bu proeksiyada urinish nuqtasi - qutb, bu nol xatolikdagi nuqta hamdir. Postel proeksiyasida uzunliklar masshtabi meridianlar bo‘yicha saqlanadi, chunki Arktika va Antarktida 600 shimoliy va janubiy kengliklardagi parallellardan janubroqda joylashganlar, demak uzunliklar, maydonlar va shakllar xatoligi uncha katta emas.

MDH kartalari – asosan konusli proeksiyalarda tuziladi. Bunda ko‘proq kavrayskiyning teng oraliqli konusli proeksiyasi qo‘llaniladi (2.13-rasm). Xatoliklar xarakteriga ko‘ra Kavrayskiy proeksiyasi ixtiyoriydir. Bu proeksiyada uzunliklar masshtabi urinma parallel bo‘yicha va barcha meridianlar bo‘yicha saqlanadi. Eng katta xatoliklar Frans-iosif eri va shimoliy er orollarini shimoliga to‘g‘ri keladi. Kavrayskiy proeksiyasida 1949 yili SSSRni 1:2 500 000 masshtabli Gipsometrik kartasi nashr qilingan. Kavrayskiy proeksiyasini bir turi - Krasovskiy proeksiyasi, u ham, shuningdek kesuvchi konusli teng oraliqni proeksiya bo‘lib, kesuvchi parallellari taxminan 400va 730 301 shimoliy kengliklar orasiga to‘g‘ri keladi (2.14-rasm). Bu proeksiyada uzunliklarni va maydonlarni xususiy masshtabi bosh masshtabdan kam farq qiladi. SHuning uchun Krasovskiy proeksiyasida tuzilgan karta bo‘yicha, maktab amaliyotida xoxlagan kartometrik ishlarni bajarish mumkin.

2.13-rasm. Kavrayskiyning teng oraliqli konusli proeksiyasida kartografik to‘r

2.14-rasm. Krasovskiyning teng oraliqli konusli proeksiyasida kartografik to‘r

O‘lchash maqsadlari uchun mo‘ljallangan kartalar ko‘proq teng burchakli proeksiyalarda (dengiz, aviatsiya, yo‘l kartalari) yasaladi. Taqqoslash yoki maydonlarni o‘lchash zarurati bo‘lganda teng yuzli proeksiyalar qo‘llaniladi. Katta hududlarni tasvirlaydigan obzor kartalarni yaratishda, ko‘pincha ko‘p hollarda eng qulay bo‘lgan ixtiyoriy proeksiyalardan foydalaniladi. Barcha kartografik va obzor-kartografik kartalar teng burchakli ko‘ndalangssilindrik proeksiyada tuziladi. Bu proeksiyani nemis olimi K.F.Gauss (1777–1855) nazariy jihatdan asoslagan bo‘lsa, yana bir nemis olimi L.Kryuger (1857–1923) esa uni hisoblash formulalarini ishlab chiqqan. SHuning uchun ham u Gauss-Kryuger proeksiyasi deyiladi, bir-biriga o‘xshash tarzda tasvirlanganidan u teng burchakli yoki konform (o‘xshash) proeksiya deyiladi.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling