Mavzu-10: elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo


Download 355.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi355.21 Kb.
#1049647
1   2
Bog'liq
10-MavzuJM

 
 
Mavzu-10.1: ELEKTRON RAQAMLI IMZO. 
Reja: 
1. Hujjat tushunchasi. 
2. An‟anaviy va elektron hujjat almashish. 
3. Elektron raqamli imzo. 
4. ERI ro„yxatga olish markazi. 
5. E-xat. 
Tayanch so‘z va iboralar: hujjat, an‟anaviy va elektron hujjat almashish, elektron raqamli imzo, ERI 
ro„yxatga olish, e-xat. 
Hujjat tushunchasi. 
Hozirgi vaqtda O„zbekiston Respublikasida zamonaviy elektron axborot almashuvga o„tish borasida 
katta ishlar amalga oshirilmoqda. 2006 yilda elektron raqamli imzoni qo„llash bo„yicha milliy 
infratuzilma yaratildi va ayni vaqtda faol rivojlanmoqda, davlat xokimiyati idoralarini kompyuter 
texnikasi bilan jihozlash bo„yicha ishlar olib borilmoqda, lokal hisoblash va korporativ kompyuter 
tarmoqlari jadal ravishda joriy etilmoqda. 


Davlat hamda aholi va xo„jalik subyektlari o„rtasida axborot o„zaro aloqasini yaratish va oshirishga 
qaratilgan davlat axborot resurslari va tizimlari, shuningdek, davlat organlarining bazaviy interaktiv 
xizmatlari reyestrlari shakllantirilgan. 
O„zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqyeni beruvchi me‟yoriy hujjatlarning qabul qilinishi, 
shubhasiz elektron hujjat aylanishi tizimi bozorini rivojlantirishga ko„maklashadi, natijada davlat 
xokimiyatining turli idoralari o„rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirish imkoni paydo bo„ladi. 
Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o„zaro axborot almashuvi darajasi va sifatini oshirishga, 
izlash samaradorligining o„sishiga, katta hajmdagi ma‟lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga 
ko„maklashadi. 
Davlat xizmatchilarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlari va 
ko„nikmalarini oshirish va rivojlantirish yuzasidan tayyorlash va qayta tayyorlash masalalariga alohida 
e‟tibor beriladi. 
Shu bilan birga joylardagi davlat boshqaruvi organlariga axborot texnologiyalarini joriy etish, davlat 
xizmatchilari bilimini oshirish, ularning zamonaviy axborot tizimlaridan, jumladan, Internet 
tarmog„idan foydalanish imkoniyatini ta‟minlash, mamlakatda samarali elektron hukumatni yaratish 
maqsadida interaktiv davlat xizmatlari sifatini rivojlantirish va oshirish masalalari dolzarbligicha 
qolmoqda. 
Hujjat -matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo„lib, zamon va makonda uzatish hamda 
saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo„ljallangan moddiy obyektdir. 
Hujjat turlari. Hujjat turlari - hujjatlarni o„z shakliga ko„ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
Matnli hujjatlar. Qog„ozga yozuv mashinasi, qo„l yoki axborot kommunikasiya vositalari yordamida 
tushirilgan qandaydir ma‟no beruvchi so„zlar ketma-ketligidir. 
Tovushli hujjatlar. Ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot. 
Tasvirli hujjatlar. Fotosurat, rang tasvir mahsuli. 
Elektron hujjat.Elektron hujjat O„zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to„g„risida”gi 
2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta‟riflanadi. 
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni 
identifikasiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma‟lumotlarga) ega 
bo„lgan axborot elektron hujjatdir. 
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot 
texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. 
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini 
inobatga olgan holda yaratilishi kerak. 
An‟anaviy va elektron hujjat almashish. 
Odatda hujjatlarni an‟anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o„ynaydi. Chunki 
pochta xizmatining asosiy vazifasi jo„natmalarni o„z manzillariga yetkazib berishdan iboratdir. Ushbu 
holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo„limiga topshiriladi. Shundan so„ng pochta xizmati 
xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo„natiladi va yetkaziladi. 
Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an‟anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. 
Bunda hujjat elektron ko„rinishda kompyuter, telekommunikasiya va Internet tarmog„i orqali uzatiladi. 
Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E- hujjat) yoki 
elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda 
tezkor amalga oshiradi. 
Imzo va uning ahamiyati. Imzo - hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli 
ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u 
yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi. 
Muhr va uning ahamiyati. Muhr - hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli 
ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o„zining alohida shakliga ega bo„lib, asosan hujjatlarning va 
undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi. 
Elektron raqamli imzo. 
Elektron raqamli imzo O„zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to„g„risida”gi 2003 yil 
11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta‟riflanadi. 


Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli 
imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o„zgartirish natijasida hosil qilingan hamda 
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo„qligini 
aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo; 
Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining haqiqiyligini tekshirishda 
qo„llaniladigan va shaxs imzosini to„laligicha o„rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U 
axborot - kommunikasiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini 
tekshirishda qo„llaniladi. 
Elektron raqamli imzodan muhr o„rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o„rnida ham 
foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi 
barcha o„zgarishlarni yoki o„zgartirishlarni ko„rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo 
yuridik shaxs nomiga, ya‟ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o„tkaziladi. 
Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli 
imzo; jo„natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo„natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va 
otasining ismi; jo„natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari 
asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham 
belgilanishi mumkin. 
Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga 
ma‟lum bo„lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo„ljallangan belgilar 
ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron hujjatning kim tomonidan 
yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo„llanilishi mo„ljallangan belgilar ketma-
ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikasiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko„ra 
elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo 
kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq 
kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish 
markazi tomonidan berilgan hujjat. 
Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O„zbekiston Respublikasining 
“Elektron hujjat aylanishi to„g„risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha 
ta‟riflanadi va faoliyat yuritadi. 
Elektron hujjat almashish tizimlari - elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimi orqali jo„natish 
va qabul qilish jarayonlari yig„indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan 
shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda 
boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan 
tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va 
sh.k.) ma‟lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi. 
Kalit va elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo - elektron hujjatga biriktirilgan va mazkur 
elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o„zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron 
hujjatdagi axborotda xatolik yo„qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini 
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; 
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil 
qilingan, faqat imzo qo„yuvchi shaxsning o„ziga ma‟lum bo„lgan va elektron hujjatda elektron raqamli 
imzoni yaratish uchun mo„ljallangan belgilar ketma-ketligi; 
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil 
qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday 
foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini 
tasdiqlash uchun mo„ljallangan belgilar ketma-ketligi; 
ERI ro„yxatga olish markazi. 
Ro„yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro„yxatidan o„tgan va ushbu qonunda 
nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir. 
Ro„yxatga olish markazi: 


 elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi; 
elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini taminlaydi; 
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestrini yuritadi, uning o„z vaqtida yangilanishini 
hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini taminlaydi; 
yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar 
shaklida va qog„oz hujjatlar shaklida beradi
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to„xtatib turadi va qayta tiklaydi, 
shuningdek ularni bekor qiladi; 
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzonnng 
haqiqiyligini tasdiqlaydi; 
elektron raqamli imzoli qog„ozdagi elektron hujjatlarning ko„chirma nusxalarini tasdiqlaydi; 
E - XAT. 
Davlat va boshqaruv organlari orasida elektron axborot almashishda eng ko„p qo„llaniladigan tizim bu 
elektron xat almashish tizimi hisoblanadi. 
Himoyalangan yagona korporativ elektron pochta tizimiga qo„yiladigan asosiy talablar quyidagilardan 
iborat: 
Uzatilayotgan, qabul qilinayotgan va serverda saqlanayotgan elektron xatlarni buzg„unchi va begona 
shaxslar o„qib olmaydigan holga keltirish; 
Elektron xatlarni buzg„unchi va begona shaxslar tomonidan o„zgartirib bo„lmaydigan holga keltirish; 
Tizimning davlat standartlari talablariga javob berishi; 
Elektron xatlarni elektron raqamli imzo orqali jo„natish. 
Bu talablarga respublikamizning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan E-XAT 
himoyalangan elektron xat almashish tizimi javob beradi. 
E-XAT himoyalangan elektron xat almashish tizimining asosiy vazifasi elektron xatlarning 
butunligini, maxfiyligini va ishonchliligini, umuman aytganda foydalanuvchilar o„rtasidagi elektron 
xat hamda ovoz ma‟lumotlarini uzatishdagi himoyasini ta‟minlab berish maqsadida ishlab chiqilgan. 
Tizim foydalanish va boshqarish uchun sodda va qulay qilib yaratilgan. Tizimda ishlash uchun 
xodimlardan maxsus bilimlar talab etilmaydi. Tizim har qanday subyekt uchun katta sarf xarajatlarsiz, 
hamda qimmat vositalarsiz o„zining himoyalangan korporativ yoki umumiy xat almashish tizimini 
operativ tashkil etish imkonini beradi. e-XAT axborotni kriptografik (yunon tilidan olingan bo„lib, 
kriptos - sirli degan ma‟noni anglatadi) himoya qilishning barcha usullaridan, ya‟ni axborotni 
shifrlash/deshifrlash, elektron raqamli imzo qo„yish va uni tekshirish, maxfiy kalitlarni almashish kabi 
usullarini qo„llangan holda ishlab chiqilgan. 
e-XAT uchta dasturiy ta‟minot asosida ishlaydi: 
e-XAT serveri - foydalanuvchilarning xatlarini qabul qilish, saqlash va jo„natish; 
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro„yxatga olish markazi; 
e-XAT tizimining foydalanuvchi uchun dasturi. 
Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur‟atlar bilan o„sib 
borayotgan hozirgi davrda ta‟lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta‟limda foydalanishga 
mamlakatimizda ham alohida e‟tibor qaratilmoqda. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «O„zbekiston Respublikasida «Elektron ta‟lim» milliy tizimini yaratish» investisiya 
loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to„g„risida» 2012 yil 16 apreldagi PQ-1740-son qarori 
ta‟lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy axborot 
texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo„lishni 
kengaytirishga zamin yaratadi. 
Ushbu Qarorning natijasi sifatida O„zbekiston Respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi 
huzurida «Ta‟lim muassasalarida elektron ta‟limni joriy etish markazi» tashkil etildi. 
Ta‟lim tizimiga elektron ta‟limni joriy etish birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, 
jumladan, ta‟lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta‟lim resurslarini ishlab chiqishga bog„liq. 
Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta‟limni axborotlashtirish, shu jumladan 
elektron ta‟limni joriy etishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Elektron ta‟limni rivojlantirish, uning 
samaradorligini oshirish yo„llari izlanmoqda, ta‟limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish 


ta‟lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o„rin olgan. 
Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to„lovni amalga oshirish, tovar 
(xizmat bajarilishi) yetkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o„z ichiga oluvchi 
operasiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operasiyalar) axborot 
texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o„tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir 
yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o„tishi ta‟minlanadi. 
Keltirilgan ta‟rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so„zlar bilan elektron tijorat 
tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo„lgan maqsadni o„zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi 
kunda faqat keng rivojlangan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to„liq yopiq 
amallarni (operasiyalar) elektron yo„l bilan o„tishini ta‟minlaydi. Keyinchalik esa biz shunga amin 
bo„lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi operasiyalar 
(amallar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan tovar va xizmatlar to„lovini o„z ichiga 
oladi. Yuqorida keltirilgan ta‟rifda "savdo" va "Internet" so„zlari yo„q bo„lishiga sabab shuki, elektron 
tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bo„yicha axborot texnologiyalari 
vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90- yillardan faol ishlatila 
boshladi. Elektron tijoratning o„zi esa bundan uzunroq tarixga ega. 
Elektron tijorat tushunchasining paydo bo„lishi 1948 yilda G„arbiy Berlinni kerakli material- texnik 
xomashyo bilan ta‟minlash uchun G„arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod etilgan avia ko„prikni 
tashkillashgirish ishlarida qo„llanilgan amaliyot bilan bog„lanadi. Ushbu ko„prik deyarli 11 oy faoliyat 
ko„rsatib, shahar ehtiyojlari to„g„risida juda tez va aniq ma‟lumotlar uzatilishini talab qilgan. 
Agar Berlin avia ko„prigini elektron tijoratning paydo bo„lish nuqtasi yoki alohida epizodi hisobida 
ko„rsak, 30 yillik AT&T korporasiyasi loyihasining ish faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi 
faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g„oyasi AT&T korporasiyasi 
telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun chaqirilgan 
abonentlar shaharlararo so„zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida va 
patentlanganligida tashkil topdi va bu o„z navbatida, 800 talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga 
asos bo„ldi. AQShda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi. 
2006 yil hisob-kitoblariga ko„ra, AQShda elektron tijorat hajmi 100 milliard dollardan oshib ketgan. 
Yevropada esa bu ko„rsatkich 130 milliard dollarga yetganligi taxmin qilinmoqda. 
Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali unchalik katta emas. 
Ekspertlarning baholashicha, 2006 yil so„ngida u 1,55 milliard dollarga tenglashgan bo„lsa- da, o„sish 
sur‟ati yiliga 30-50 foizni tashkil etmoqda. 
Internet tarmog„i paydo bo„lguncha bir necha yillar davomida elektron tijorat turli xil ma‟lumotlarni 
uzatish elektron tizimlarida asoslangan. EDI (Electronic Data Interchange - ma‟lumotlar elektron 
almashinuvi), EFT (Electronic Funds Transfer-fondlarning elektron almashinuvi), e-Mail (Electronic 
Mail - elektron pochta) elektron tijorat tizimlarining butun bir qatorida yuqoridagi ma‟lumotlarni 
almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham foydalaniladi. Internet elektron tijoratning butun dunyoda 
tarqalishi uchun eng istiqbolli vosita bo„lishiga qaramasdan, elektron tijorat rivojlanishining axborot 
texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik o„rnini egallab olmaydi. 
Elektron tijorat o„z-o„zidan tovar va xizmatlarni realizasiyalash va yetkazib berish shartnomalarini 
tuzishda 2 ta: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog„liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy 
tovarlar (dasturiy ta‟minot, bino loyihalari va b.) ni to„g„ridan-to„g„ri tarmoqli uzatish, moddiy 
xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning to„g„ridan-to„g„ri 
tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, subpudratchilar, 
banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy xizmatlarni yetkazib berishni axborot va 
telekommunikasion qo„llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu virtual 
tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba‟zida esa juda katta qismini tashkil etadi. 
Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat ko„rsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini 
tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi. 
Elektron hukumat (ing. e-Government) - bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati va boshqa tarmoqlari 
hamda davlat amaldorlariga axborot taqdim etish, avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko„rsatish 
bo„lib, bunda davlat va fuqaro o„rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilib, axborot texnologiyalaridan 


maksimal darajada faydalaniladi. 
Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o„rtasidagi aloqani mustahkamlash 
orqali biznes jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta‟minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat 
xizmatlarini Internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi. 
Ta‟kidlash joizki, 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 
yilga mo„ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzasida Prezidentimiz Islom Karimov respublikamizda "Elektron 
hukumat" tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhim 
vazifalardan biri ekanini alohida ta‟kidlagan edi. Shu munosabat bilan alohida ishchi guruhi tuzilib, 
mazkur sohada yetakchi bo„lgan Koreya Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning ilg„or 
tajribasi o„rganildi. Zamon talablariga javob beradigan xorijiy tajribalar asosida "Elektron hukumat" 
tizimini shakllantirish bo„yicha konsepsiya va kompleks dastur, shuningdek, 2013-2017 yillarda 
O„zbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikasiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini 
ishlab chiqish bo„yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. 
2013 yil 16 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining "O„zbekiston Respublikasi aloqa, axborot- lashtirish 
va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo„mitasi qoshida "Elektron hukumat" tizimini 
rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta‟minlash markazlarini tashkil etish to„g„- risida"gi 
qaror qabul qilindi. Loyihaning amalga oshirilishini normativ-metodik ta‟minlashni tashkillashtirish, 
davlat organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini ko„rsatish jarayonlarini tizimli qayta 
tashkillashtirish, "Elektron hukumat" tizimini samarali joriy etish uchun amaldagi normativ-huquqiy 
bazani takomillashtirish, davlat organlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali joriy 
etilishini baholash reyting tizimini yuritish vazifalari "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish asosiy 
vazifa hisoblanadi. 
Hukumat qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta‟minlash maqsadida qo„mita tomonidan ushbu 
markazlarni malakali kadrlar bilan ta‟minlash, moddiy-texnik bazasini shakllantirish bo„yicha chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotgani natijasida respublikamizning barcha 
tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo„yilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy 
axborot-kommunikasion texnologiyalari va telekommunikasiya tizimlarini rivojlantirish hamda ularni 
hayotga keng joriy qilinishiga erishilmokda. 
Ayni paytda respublikamizda AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bir 
vaqtning o„zida AKTni davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. Davlat tashkilotlarini real vaqt - onlayn 
tizimiga ulash davlat sektori va fuqarolar o„rtasidagi yagona elektron vosita bilan ta‟minlash, 
O„zbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishga jiddiy maqsadlar qo„yayotganligini 
ko„rsatadi. Xulosa qilib aytganda, AKT tizimlarining davlat boshqaruviga keng joriy etilishi u yoki bu 
formulyar, guvohnoma, ma‟lumotnoma va hokazolar uchun kishilarning shaxsan davlat 
muassasalariga kelishlari zaruriyatini ancha qisqartiradi, kelajakda bundan butunlay xolos qiladi. 
Ko„plab mamlakatlar tajribasi joriy etishning dastlabki bosqichidayoq kutilgan maqsadga - so„rovlarga 
xizmat ko„rsatish tezligini oshirish va kutish vaqtini kamaytirish hisobiga fuqarolarning davlat 
xizmatlaridan foydalanishini yengillashtirishga erishiladi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz? 
2. Elektron hujjat aylanish tizimning vazifasi va tavsifi 
3. Elektron raqamli imzo qachon qabul qilingan? 
4. Kalit va elektron raqamli imzo deganda nimani tushunasiz? 
5. Elektron hujjatning rekvizitlari nimadan iborat? 
6. Elektron raqamli imzodan muhr o„rnida qanday foydalaniladi? 
7. ERI ro„yxatga olish markazining vazifasi nimadan iborat? 

Download 355.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling