Mavzu №10. Harbiy xizmatchilarni axloqiy-psixologik tayyorlash. O‘quv savollar
To’rtinchi o’quv savoli: Motivatsiya, bilish xarakteridagi va harakat komponentlari
Download 22.53 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
To’rtinchi o’quv savoli: Motivatsiya, bilish xarakteridagi va harakat komponentlari.
Psixologik tayyorgarlik ma’lum tartibda amalga oshishi uchun jangni psixologik modellashtirish quyidagi komponentlarga ajratiladi: motivatsiya komponenti, bilish xarakteridagi komponentlar va motor komponenti. Bunday ajratish shartli bo‘lib, u psixologik modellarni ongli rejalashtirish va tahlil qilish uchun zarur. Motivatsiya komponenti: motivlar insonni faoliyatga undaydi. O‘quv mashg‘ulotlarida motivlarni faollashtirish bilan motivatsiya komponentini modellashtiramiz. Uch turdagi motivlar mavjud: 1. Keng ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan motivlar – Vatanga muhabbat, burchga, xalqqa sadoqat, dushmanlarga nafrat; 2. Jamoatchilik motivlari – jamoatchilik hissi, o‘z bo‘linmasi uchun faxrlanish; 3. Shaxsiy motivlar – boshqalarning e’tiboriga tushishga intilish, o‘z mavqeini mustahkamlash yoki o‘zgartirish, komandirning maqtovi. Faoliyat samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab motivlar bir-biridan farq qiladi. Birinchi guruh motivlar faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchi va uchinchi guruh motivlari esa ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, harbiy xizmatchilarda eng avvalo birinchi guruh motivlarini faollashtirish lozim. Bunda ikkinchi va uchinchi guruh motivlaridan samarali foydalanish zarur bo‘ladi. Jamoada motivlar o‘rtasidagi kurash vaziyatini yaratish tarbiyaviy jihatdan katta samara beradi. Masalan, shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo‘ysundirishki xavfli vaziyatlar yaratish bilan kattaroq yutuqlarga erishish mumkin. Bu ishlar irodani tarbiyalash uchun ham zarur. Chunki motivlar kurashi irodani shakllantirishning shartlaridan biri. Faoliyatning samaradorligi va yo‘nalishi uning motivini tanlashga bog‘liq. Motivatsiya komponentini modellashtirish psixologik tayyorgarlikda eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi. Bilish xarakteridagi komponent. Harbiy xizmatchilarning vaziyatni to‘g‘ri baholashlari ulardagi bilish jarayolari asosida kechadigan idrokka bog‘liq bo‘ladi. Biz ruhiyatimizga kursatilayotgan ta’sirotlarning hammasini ham ongimizda aks ettirmaymiz. Tashqi qo‘zgatuvchining ongimizda aks etish darajasi uning hayot faoliyatimiz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga bog‘liq. Sezgi o‘zining quyi va yuqori chegaralari oralig‘ida voqe (sodir) bo‘ladi. Agar qo‘zgatuvchi sezishiing quyi va yuqori chegaralari atrofida ta’sir etsa, ta’sirni to‘g‘ri idrok qilish qiyinlashadi. Jang sharoitida aynan shunday sezish chegaralari atrofida qo‘zg‘alishlar hosil qiluvchi qo‘zgatuvchilar ko‘p bo‘ladi. O‘quv-jangovar faoliyat jarayonida shunday qo‘zgalishlarni to‘g‘ri idrok qilishga o‘rgatish maqsadga muvofiq. Bilish xarakteridagi komponentlar modelini yaratish orqali harbiy xizmatchilarda haqiqiy jang haqidagi tasavvurlar boyitiladi. Bu esa psixologik tayyorgarlikning muhim muammolaridan biri hal etilganligini bildiradi. Harakat komponenti. Qandaydir bir faoliyatni yoki uning alohida harakatlarini amalga oshirishda askar alohida operatsiyalar majmuasini ijro etadi. Bunday operatsiyalar majmuasi turli harbiy mutaxassisliklar uchun turli xil. Motor komponentini yaratish real jangovar faoliyat sharoitida zarur bo‘ladigan operatsiyalarning hammasini yoki ular ko‘pchiligining askar tomonidan bajarilishini taqozo qiladi. Download 22.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling