Мавзу: 1312 yildagi kebekxon tomonidan otkazilgan pul isloxati axamiyati Kepakxon ibn Duvaxon


Download 23.02 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi23.02 Kb.
#1431665
  1   2
Bog'liq
курс иши


Мавзу: 1312 yildagi kebekxon tomonidan otkazilgan pul isloxati axamiyati

Kepakxon ibn Duvaxon, Kabakxon, Kebekxon, Kebek (1325/1326-yilda oʻldirilgan) — 1309-1310-yillar hamda 1318-yildan vafotigacha Chigʻatoy ulusi xoni boʻlgan.
Kebekxon 1282-1307-yillarda ulus xoni boʻlgan Duvaxonning oʻgʻli edi. Duvaxon Hindistonning Dehli sultonligiga bir necha marta yurishlar olib bordi. Shulardan 1306-yilgi yurishda Dehli saroy aʼyoni Amir Xusravning qaydnomalarida turlicha atalgan “Kebek” yoki “Kepak” sifatida koʻrsatilgan sarkarda boshchilik qilgan[2]. Fransuz tarixchisi Rene Grousset bu sarkarda Duvaxonning o‘g‘li Kepakxon ekanligini aniqladi[3]. Biroq Kishori Saran Lal bu general boshqa shaxs bo‘lgan bo‘lsa kerak deb hisoblaydi, chunki hind yilnomalarida u Hindistonda 1306-yilgi ekspeditsiya paytida qo‘lga olingan va o‘ldirilgani aytiladi[4].
1307-yilda Duvaxon vafotidan keyin Chigʻatoy ulusidagi vaziyat beqaror boʻlib qoldi, uning ikki vorislari bir yil ichida hukmronlik qilishdi va Xaydu avlodlari hamon xonlar ustidan nazoratni tiklashga harakat qilib kelishdi. 1308-yilga kelib Taliku ulusni boshqargan, ammo uning hukmronligi tezda barham topadi. Uning dushmanlari Kebekxon atrofida toʻplanib, 1308 yoki 1309-yillarda Talikuni magʻlub etib, agʻdarib tashladilar. Natijada Kebekxon ulus xoni boʻldi.
Bu vaqtda Xaydu oʻgʻillari chigʻatoylarga qarshi harakat qilishga qaror qilishdi. Yaqinda Taliku bilan urushdan qaytgan Kebek Yangichar, O‘rus, Chopar va Tugmelarning qarshiligiga duch keldi. Ikki tomon Olmaliq[6] yaqinida toʻqnashdilar. Kebekxon qo‘shinlari pirovardida keskin jangda g‘alaba qozonishdi. Shundan soʻng Chopar Yuan imperatori Xayisan (Vuzong)ga taslim boʻlishga qaror qilib, Xaydu oʻgʻillarining chigʻatoylarga qarshi tahdidini butunlay toʻxtatdi.
Yangichar va uning akalari magʻlubiyatga uchragach, Kebekxon ulusning kelajagi haqida qaror qabul qilish uchun qurultoy oʻtkazdi. Qurultoyda moʻgʻul shahzodalari Kebekxonning akasi Esen Buqani xon deb tan olishga kelishib oldilar. Esan Buqa Chig‘atoy ulusini o‘z qo‘liga olishga chaqirildi va Kebekxon uning foydasiga hokimiyatdan ketdi.
1314-yilda Esan Buqa Kebekxonni Elxoniylar davlatiga bostirib kirishi kerak bo‘lgan qo‘shin bosh qilib qoʻydi. Yanvar oyida Kebek ittifoqchi nekuderiy qoʻshinlari bilan birgalikda Amudaryo orqali Elxoniylar hududiga oʻtib, Murgʻobda dushman qoʻshinini magʻlub etdi. Keyin Chigʻatoy ulusi qo‘shini Hirotgacha yurdi, ammo keyin Kebekxon Esan Buqadan zudlik bilan ortga qaytish toʻgʻrisida chaqiruv oldi. Oʻsha chaqiruvda sharqdan kelayotgan Yuan imperiyasi bosqinini qaytarishda yordamga kelishi kerakligi aytilgandi. Koʻp oʻtmay, Chigʻatoy ulusi shahzodasi Yasovur Kebekxonni qoʻllash oʻrniga, elxoniylarga chigʻatoylar ustidan gʻalaba qozonishida yordam beradi. Mukofot sifatida Yasovurga elxon Uljaytu tomonidan Afgʻonistondagi yerlar beriladi.
Esan Buqa taxminan 1320-yilda vafot etadi va uning oʻrniga Kebekxon xon boʻladi. Uning birinchi harakatlaridan biri elxoniylarga qarshi muvaffaqiyatsiz isyon koʻtargan va shuning uchun zaif holatda boʻlgan Yasovurga qarshi harakat qilish edi; Kebekxon qoʻshinlari 1320-yil iyunida uni magʻlub etib qatl etadilar. Kebekxon xoqon saroyidan ikki malikaga uylangani tarixdan ma’lum. Shuningdek, u 1323-yildan boshlab har yili imperiyaga oʻlpon yuborib turdi. Kebekxon akasi Esan Buqadan farqli oʻlaroq, xoqon bilan har qanday toʻqnashuvdan qochib, 1323-yilda chegara toʻqnashuvi boshlanganda Yuan imperatori Yingzong Gegenxonga taslim boʻldi. Ushbu dastlabki toʻqnashuvni hisobga olmaganda, Kebekxonning ikkinchi hukmronligi asosan tinchlikda oʻtdi.
U doimiy ravishda oʻtroq turmush tarziga oʻtish yoʻlidan bordi. U koʻchmanchilik odatlariga rioya etmay, Movarounnahrga koʻchib oʻtdi. Mamlakatni harbiy-maʼmuriy jihatdan tumanlarga boʻlib idora etish tartibini joriy qilgan. Kebekxon 1321-yilda pul islohoti ham oʻtkazib, muomaladagi har xil pullarning oʻrniga Oltin Oʻrdaniki singari kumush tangalarni zarb ettirgan. U butun davlat uchun oʻz nomi bilan bitta tanga zarb qilgan birinchi xon boʻldi. Ular kepakiy deb yuritilgan. Zarbxonalar Samarqand, Buxoro, Termizda joylashgan.
Kebekxon shahar hayotini tiklashga, dehqonchilik va savdo-sotiqni yoʻlga qoʻyishga harakat qildi. Kebekxon ko‘chmanchilar an’analarini buzgan holda Qashqadaryo vodiysi — Nasafdan 2 farsax (12—14 km) narida saroy qurdirgan. Kepakxonning islohotlari ko‘chmanchi zodagonlar tomonidan dushmanlik bilan kutib olindi. Keyinchalik bu saroy yonida shahar barpo etilib, Qarshi (mugʻulcha — saroy) deb atalgan. Poytaxt Nasafdan Qarshiga koʻchirilgan. Mirzo Ulugʻbekning yozishicha, Chingizxon davridan buyon harobaga, qamishzorga aylangan Qubbat–ul-islom — Balx yana qayta tiklangan.
Arab sayohatchisi Ibn Battuta Chigʻatoy ulusining hukmdori Kebekxon (1318-1326) haqidagi maʼlumotlarga asoslanib, uning turkiy tilda gapirgani haqida maʼlumot beradi: Xon (Kebekxon) hayron boʻlib: „Yaxshi“ deb aytgan. Bu dalillar shuni koʻrsatadiki, Chigʻatoy ulusining chingiziylari XIV asr boshlaridayoq turkiy tilining mahalliy qarluq shevasiga oʻtishgan.
1326-yilda Kebekxon fitna natijasida oʻldirildi. Qarshi shahrida qabri ustiga gumbazli maqbara qurilgan. Kebekxondan keyin hokimiyat uning ukasi Elchigedeyxon qoʻliga oʻtadi.

Qashqadaryo vohasi toponimikasini atrotlieha o'rgangan tilshunos olim To 'ra Nafasov ham «Qarshi» so'zining m a ’nosini chuqur o'rgangandan so'ng, uning qadimgi turk so'zi bo'lib, shahar nomi sifatida «qasr», «saroy» m a ’nosida ekanligini qayd etadi.


Kepakxon Qarshida o'zining hukmronligi davrida davlatni idora qilish, iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida, m a ’muriy va pul islohotlarini o'tkazadi. U davlatni viloyatlarga. y a ’ni m o'g'ulcha «tumanlar»ga bo`ladi. mahalliy hokim va beklarga moslashtirib idora uslubida olib boradi. Kepakxon mamlakatda ichki savdo-sotiqni tartibga solish. xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aloqalarini yaxshilash maqsadida. ikki Xi 1 pul birligini yo'lga qo'yadi. Yirik kumush tangalar - dinor. mayda kumush tangalar - dirham, deb yuritilgan va ularning liar ikkalasiga ham bir xil nom «kepaki» berilgan edi. Bu pul birligi liatto, temuriylar davrida ham aholi o'rtasida muomalada bo'lgan. Chig'atoy ulusi hukmdorlari davrida yerga egalik qilishning to'rt xili mavjud edi: birinchisi mulki devon deb atalib. bu davlatga qarashli yerlar edi; ikkinchisi mulki inju - xon noiblari va ularning avlod-ajdodlariga qarashli yerlar. Uchinehisi mulki v a q f - masjid, madrasa. xonaqo, mozor va maqbaralarga qarashli yerlar. To'rtinchisi - xususiy mulk yerlari. Yerlar va mulklarning kattagina qismi harbiy zodagonlarga, xon oldida alohida xizmatlari bo'lgan shaxslarga «iqto'» va «suyurg'ol» yer-mulklari tarzida bo'lib berilgan. Ular «iqto'dorlar» va «suyurg'ol egalari» deb atalib. har qanday soliq, oliq va to'lovlardan ozod qilinganlar. Yirik yer egalarining mulklarida qaram bo'lib qolgan mayda dehqonlar «kadivarlar» deb yuritilgan va ular o'z xo'jayinlariga qarashli bo'lgan yerlarga hosilning 1/3 evaziga koranda bo'lib, islilab berar edilar. XIV asrning 40-yi 1 laridan e'tiboran, Qarshi shahri m o'g 'uxonlaridan bo'lgan Qozonxonning poytaxtiga aylanadi. U KesliSamarqand hududlari oralig'ida «Zanjir saroy» nomi bilan ma'lum bo'lgan saroy barpo qiladi. 1347-yilda Qozonxon mahalliy turk zodagonlari tomonidan qattiq mag'buliyatga uchraydi va Qozog'on tomonidan o'ldiriladi. Ana shu tariqa, Chig'atoy sulolasi hukmronligi barham topadi. 1269-yilda Chig'atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, Fargonaning sharqiy qismi, Sharqiy Turkistondan iborat Mo'g'ulistonga va G'arbiy ulus, y a ’ni Movarounnahrga bo'linib ketgan edi. «Xorazmning sharqiy qismi ham G'arbiy ulusga qaragan»1. 1348-yildan boshlab, Movarounnahr, ya'ni Chig'atoy ulusi yerlariga hukmronlik qilish mo'g'ullardan bo'lgan T ugiug' Temurga, 1363-yilda lining vatotidan so'ng esa o'g'li Ilyos Xo'ja ixtiyoriga o'tadi. 1340-1370-yillar mobaynida Movarounnahrda fitna, teodal tarqoqlik va o'zboshimchalik shu darajada kuchayadiki, mo'g'ullar mahalliy hukmdorlar ustidan umuman nazoratni eplay olmaydilar, har bir viloyat, tuman va shahar amalda o'ziga-o'zi bek, o'ziga o'zi xon edi. Jumladan, Chig'atoy ulusining g'arbiy qismida, asosan, turk-mo'g'ul qabila boshliqlari hukmron bo'lib, ular markaziy qoonga bo'ysunmas edilar. Bu hoi ulug' xonlarning viloyatlar ustiga lashkar tortishiga sabab bo'lardi. Kesh va uning viloyatida Hoji Baiios, Xo'jand viloyatida Boyazid Jaloir, Balx viloyatida 1358-yilda ovda o'ldirilgan turk amiri Qozog'onning nabirasi amir Husayn, Xuttalonda Kayxusrav hukmron cdi. Xullas, XIV asrning 50-yillari oxirlarida Movarounnahrda hukm surgan feodal tarqoqlik va beboshliklardan xalq ommasi to'vib ado bo'lgan edi.


Download 23.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling