Mavzu №15 Dizel dvigatelning ta’minot tizimiga thк va t tehnologiyaSI
Download 490.79 Kb.
|
Mavzu ¹15 Dizel dvigatelning ta’minot tizimiga thê va t tehnolog
Mavzu № 15 Dizel DVIGATELNING TA’MINOT TIZIMIGA THК VA T TEHNOLOGIYaSIMa’ruza rejasi 1. Кorbyuratorli dvigatellarning yonilg’i ta’minlash tizimi(TT)da uchraydigan asosiy buzuqlik va nosozliklar, ularning alomatlari, kelib chiqish. 2. Dizel motorining ta’minlash tizimi TTda uchraydigan asosiy buzuqlik, nosozliklar, ularning alomatlari, kelib chiqish sabablari va atrof muhitga zararli ta’siri, hamda unga THК texnologiyasi. 3. Gaz ballonli motorning (GBM) ta’minlash tizimida uchraydigan buzuqlik va nosozliklar ularning alomatlari, kelib chiqish sabablari va atrof muhitga zararli ta’siri. 3. Batareyali o’t oldirish tizimidagi uchraydigan asosiy buzuqlik va nosozliklar, ularga THК texnologiyasi (uzgich-taqsimlagich, sham, o’t oldirish g’altagi, tok o’tkazgichlar va h.k.). Ishlatiladigan jihozlar. Ta’minot tizimi mexanizm va birikmalari texnik holati dvigatelning quvvatiga va iqtisodiga, avtomobilning dinamik sifatiga ta’sir etadi. Ta’minot tizimining asosiy nosozliklari germetiklikni buzilishi, yoqilg’i baki va trubkalaridan yoqilg’ini oqishi, yoqilg’i va havo tozalagichlarining ifloslanishidan iborat. Karbyuratorli dvigatellar ta’minot tizimidan kalibirlangan teshik va jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobilyatini o’zgarishi, salt yurish jiklyorlarini ifloslanishi, ignali klapan germetikligini buzilishi, yoqilg’i satxini o’zgarishi, yoqilg’i nososidagi diafragmaning teshilishi va prujinaning qattiqligini yo’qolishi yoqilg’ini ko’p sarf bo’lishiga, hamda dvigatel quvvatining pasayishiga sabab bo’ladi. Кarbyuratorni texnik holatini o’zgarishiga quyidagi omillar sabab bo’ladi: - sifatni sozlovchi vintni o’z-o’zidan burilishi, - jiklyorlarni eyilishi, - po’kakli kameradagi yonilg’i satxini oshib ketishi, - tezlatuvchi nasosni buzilishi. Yonilg’i sarfini oshishi va chiqindi gazlarni tarkibidagi zaharli moddalarni ko’payib ketishiga yondirish tizimidagi nosozliklar ham sabab bo’lishi mumkin: - yondirish tizimini noto’g’ri o’rnatish, - yonishni kechikishi, - uchqun kuchini pastligi, - kontaktlarni kuyishi va eyilishi. Shular bilan bir qatorda gaz taqsimlash tizimi ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. - klapan va turtgich orasidagi issiqlik tirqishini o’zgarishi (bu o’zga-rish SN miqdorini 50% ga ko’paytirishi mumkin), - klapan egarida nagar (qurim) ni paydo bo’lishi, - porshen halqasi va silindirlarni eyilishi. Dizel dvigatellari ta’minot tizimining nosozliklariga yuqori bosimli nasos va forsunka, plyunjer juftini edirilishi va sozligini buzilishi, hamda germetiklikni buzilishi va forsunkaning purkash teshigini qurum bosib qolishi kiradi. Bu nosozliklar yoqilg’i purkash momentini o’zgarishiga, yoqilg’i nasosini bir maromda ishlamasligiga, ya’ni ishlab chiqarish qobilyatiga va yoqilg’ini purkash sifatini pasayishiga olib keladi. Dizel yonilg’isida ishlaydigan dvigatellarda yonish maxsulotlari orasidagi zaharli moddalarni va qurumni miqdorini oshib ketishiga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin: - silindr va porshen sistemasining texnik holati, - yonilg’ini etkazib berish jihozlarini texnik holati, - ishlatiladigan yonilg’ini sifati. Silindr va porshenlar guruhini texnik holati qurimni va zaharli gazlarni miqdorini oshib ketishida muhim ahamiyatga ega, chunki silindr va porshen halqalarini edirilishi natijasida yonuvchi aralashmaning ko’p qismi karterga o’tib ketadi. Yonilg’ini etkazib beruvchi jihozlardagi nosozliklar esa, yonilg’i miqdorini va yonilg’ini purkash burchagini o’zgarishiga olib keladi. Natijada yonilg’i to’la bug’lanmaydi, demak to’la yonish ta’minlanmaydi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli moddalar miqdori oshib ketadi. Ta’minot tizimini tashxislash ko’rsatkichlari dvigatelni qiyin o’t olishi, yoqilg’i sarfini oshishi, dvigatel quvvatini pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini ko’payishidan iborat. Кarbyuratorli va dizel dvigatellarini tashxislash jihozlari yordamida yoki ishlash sharoitida bajariladi, tizimning mexanizm va birikmalarini holati ular echilgandan so’ng aniqlanadi. Ishlash sharioitida ta’minot tizimini tashxislashda 1 km tekis yo’lda yoqilg’ining sarfi aniqlanadi. Bu ishni tortish sifatini aniqlovchi jihozda ham bajarish mumkin. Chiqindi gazlarning zaharliligi dvigatellarni salt yurishida aniqlanadi. Кorbyuratorli dvigetellar uchun gazoanalizatorlar, dizel dvigatellari uchun dimomerlar ishlatiladi. Кarbyuratorli dvigatellar chiqindi gazlar tarkibidagi SO gazi salt yurishda (0.6nnom 100) 1978 yilgacha chiqqan avtomobillar uchun miqdori 2-3.5 %, undan keyingilari uchun esa 1.5% dan oshmasligi kerak. Кarbyuratorli dvigatellar ta’minot tizimini tashxislash. Ta’minot tizimini tashxislashda avtomobilni yugazib yoki jihoz yordamida sinash usullari qo’llaniladi. Ikkala holda ham avtomobilga maxsus qurilma "sarfaniqlagich" (rasxodomer) o’rnatilib, belgilangan rejimdagi yoqilg’i sarfi aniqlanadi. Avtomobilni sinashdan avval to’liq 2-THК hajmidagi ishlarni bajarish zarur. Ta’minlash tizimining tashxislanadigan ishlar majmuasi quyidagilardan iborat bo’lib, dvigatel salt ishlaganda, tirsakli valning eng kichik aylanishlar soni bilan ravon aylanishi tekshiriladi va sozlanadi; karbyuratorning qalqovuchli kamerasidagi yonilg’i satxi va ignasimon klapanning germetikligi tekshiriladi hamda, tezlatish nasosining ishlashi sozlanadi, jiklyorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi, karbyurator kardan va smolalardan tozalanadi. Dvigatel salt ishlaganda, karbyuratorni kichik aylanishlar soniga sozlash uning ravon va iqtisodli ishlashini ta’minlab turadi. Кarbyuratorni sozlashdan avval dvigatelning sovutish tizimidagi suyuqlik harorati 75-80S gacha qizdirilib olinadi va o’t oldirish tizimi to’liq nazoratdan o’tkaziladi. Кarbyuratorni kallektorga o’rnatish jipsligi va yonilg’i kirituvchi kanallar germetikligi tekshiriladi. So’ng dvigatelni salt ishlashga moslab sozlash ishlari quyidagi tartibda bajariladi: sifat, sozlash vintini oxirigacha qotirib, so’ngra 1.5 - 2 marotaba aylantirib bo’shatiladi va drosselning tayanch vintini yoki miqdor vintini burab teks ishlashga erishiladi. Yana sifat vinti buralib dvigatelni eng katta aylanishlar sonidagi ravon ishlash rejimiga keltiriladi va miqdor vinti orqali kichik ravon aylanishlar soni sozlanadi. Bu jarayon bir necha marta qaytarilib, dvigatelni eng past aylanishlar sonida ravon ishlash holatiga keltiriladi. So’ngra drossel birdaniga ochilib hamda berkitilib, karbyurator ishlashi tekshiriladi. Bunda dvigatel o’chib qolmasligi zarur. Dvigatelning tirsakli valini eng kichik va teks ishlashiga erishilgandan so’ng, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi miqdori tekshiriladi va sozlanadi. Кarbyuratordagi yonilg’i satxini tekshirishda va sozlash. Кo’pchilik karbyuratorlada yoqilg’i satxini tekshirish uchun maxsus tirqish yoki oynakchalar bo’lib, ular orqali satx tekshiriladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan karbyuratorlarning qalqauchli (po’kakli) kameralaridagi yoqilg’i satxini tekshirish uchun karbyuratorni ustki qismini echish va nazorat qilish mumkin. Qalqovuchli kameradagi yoqilg’i satxini sozlash uchun, qalqovuchning maxsus sozlovchi tilchalaridan foydalaniladi. Tilchalar ignasumon klapanlar ustiga o’rnatilgan bo’lib, ular ignaning yurish yo’lini (1.2 - 1.5 mm) sozlash orqali kameradagi yoqilg’i satxini me’yoriga keltiradi. Qalqovuchni germetikligini tekshirish uchun uni o’qidan chiqarib olib, 60 - 80 S gacha isitilgan suvli ishdishga botirib, 1 daqiqa mobaynida tekshiriladi. Bunda, havo pufakchalarining chiqishi qalqovuchda teshik joyi borligidan darak beradi. Download 490.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling