Mavzu 16. Kontinental va regional o’yinlar osiyo, Amerika, Afrika moq
Download 203.5 Kb.
|
kontinental-va-regional-oynlar
Qishki Osiyo o’yinlari
I (birinchi) Markaziy Amerika va Karib dengizi o’yinlari Mexiko shahrida bo’lib o’tgan. Kuba terma jamoasi ko’p O’yinlarda birinchi o’rinni egallab kelmoqda. O’rtayer dengizi o’yinlari asoschisi XOQning a’zosi, Misr qilichbozlik federasiyasi prezidenti Muhammad Tohir Poshsho bolib, ular 1951 yildan boshlab har 4 yilda o’tkaziladi. Bu O’yinlarda O’rtayer dengizi atrofidagi davlatlar ishtirok etishi mumkin. I (birinchi) O’rtayer dengizi o’yinlari Iskandariya shahrida bo’lib o’tgan va 10 ta davlat vakillari qatnashgan. Hozirgi davrda o’yinlarda 30 ga yaqin davlat vakillari qatnashmoqda. O’rtayer dengizi o’yinlarida Italiya, Frantsiya, Turkiya, Ispaniya, Gretsiya sportchilari yetakchilik qilib kelmoqda. Yevropa kichik mamlakatlari o’yinlari 1985 yildan boshlab o’tkazilmoqda. Bu o’yinlarda aholisi 1 milliondan kam bo’lgan Monako, Lyuksemburg, Andorra, Kipr va boshqa davlatlar sport jamoalari qatnashadi Paralimpiya o’yinlari – tayanch-harakat apparati shikastlangan va imkoniyati cheklangan, kar va soqov, ko’zi ojiz, aqliy zaif sportchilarning xalqaro kompleks sport musobaqalaridir. XIX asrning 1880 yillarida Berlinda kar va soqovlar uchun birinchi sport klubi ochilgan. Kar va soqovlar uchun Paralimpiya o’yinlari 1924 yil 17 avgustda Parijda bo’lib o’tgan. Bunda Bel'giya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Pol'sha, Fransiya va Chehoslovakiya sportchilari qatnashgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1948 yilda Stok-Mendevill' reabilitasiya gospitali shifokori Lyudvig Guttman Britaniya urush veteranlari uchun sport musobaqalari tashkil qilgan. Bu musobaqalar “Stok-Mendevil o’yinlari”, deb nomlangan va bunda 130 nafarga yaqin harakati chegaralangan nogiron sportchilar qatnashgan. “Paralympic” so’zi dastlab ikki xil ma’noni bildirgan: “paraplegic” (paralich) va “olympic” (olimpiya). Biroq Paralimpiya o’yinlarida turli guruh nogironlari ham ishtirok etganidan so’ng “paralimpiya” so’zi boshqa ma’noni anglatgan: “para” (lot. birlashish, qo’shish) va “olympic” (olimpiya), yani Olimpiya o’yinlariga qo’shilgan musobaqalar. Paralimpiya o’yinlari har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida Olimpiya o’yinlaridan keyin ikki hafta o’tgandan so’ng o’tkaziladi. I yozgi Paralimpiya o’yinlari 1960 yilda Rimda bo’lib o’tgan. Bunda nafaqat nogiron, balki oddiy sport ustalari ham ishtirok etgan. I Paralimpiya o’yinlarida 23 ta mamlakatdan 400 nafarga yaqin sportchi qatnashgan. XIV Paralimpiya o’yinlari 2012 yil London shahrida (Buyuk Britaniya) bo’lib o’tdi. Dunyoning 167 davlatidan kelgan 4461 nafar sportchilar 12 kun mobaynida sportning 20 ta turi bo’yicha g’oliblik uchun kurash olib bordi. XIV Paralimpiya o’yinlarida eng ko’p davlat Yevropa (47 ta) qit’asidan ishtirok etgan. Bu borada Afrikadan 43 ta, Osiyodan 41 ta, Amerikadan 28 ta, Okeaniya qit’asidan esa 8 davlat qatnashdi. Eng ko’p qatnashchi ham Yevropa qit’asidan tashrif buyurgan. Yevropa vakillari (2201 nafar) Paralimpiya o’yinlari jami qatnashchilarining deyarli yarmini tashkil etadi. Paralimpiya o’yinlarida 92 ta mamlakat vakillariga medallarni qo’lga kiritish nasib etmadi. Bu o’z navbatida har bir sport turi bo’yicha musobaqalar qay darajada keskin va murosasiz kechganligidan dalolat beradi. Umumjamoa hisobida birinchi o’rinni Xitoy delegatsiyasi a’zolari qo’lga kiritgan. Xitoyning jami 294 nafar vakili sportning 16 turida - 95 ta oltin, 71 ta kumush hamda 65 ta bronza, jami 231 ta medalga sazovor bo’lgan. Xitoyliklar birgina yengil atletika va suzish musobaqalarida jami 57 ta oltin, 42 ta kumush va 45 ta bronza medallariga sazovor bo’lgan. Ikkinchi o’rinni Rossiya (36-38-28), uchinchi o’rinni esa musobaqa mezbonlari Buyuk Britaniya sportchilari (34-43-43) qo’lga kiritganlar.,Shahsiy hisobda eng ko’p medalga avstraliyalik J.Freney erishgan. Suzish bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda J.Freney 8 ta oltin medal sohibi bo’lgan. Amerikalik Jesika Long “Paralimpiya-2012” o’yinlarida jami 8 ta, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo’lgan. I qishki Paralimpiya o’yinlari 1976 yil Ernshyol'd shahrida (Shvesiya) bo’lib o’tgan. Bunda nafaqat kolyaska nogironlari, balki boshqa guruhlarga mansub nogironlar ham qatnashgan. Huddi shu yil Toronto shahrida (Kanada) yozgi Paralimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan, bu o’yinlarda 40 dan ortiq mamlakatlardan 1600 nafar sportchi qatnashgan. Afrika o’yinlari. I Afrika o’yinlari 1965 yil Brazzavil shahrida (Kongo) o’tkazilib, 29 davlatdan 2500 sportchi ishtirok etgan. O’yinlar dasturida erkaklar o’rtasida 10 ta sport turlari, ayollar 2 ta sport turi bo’yicha musobaqalar bo’lgan. Bunda Misr va Suriya sportchilari eng ko’p medallarga sazovor bo’lganlar. II Afrika o’yinlari Lagos shahrida 1973 yil 40 davlatdan 5000 sportchi ishtirokida o’tkazilgan. III Afrika o’yinlari 1978 yil Aljirda bo’lib o’tgan, bunda 45 davlatdan 3000 dan ortiq sportchi ishtirok etgan. IV Afrika o’yinlari 1987 yilda Nayrobi shahrida bo’lib o’tgan va bunda 38 davlatdan 3170 sportchi qatnashgan. Yozgi Paralimpiya o’yinlari
Qishki Paralimpiya o’yinlari
Jahon Universiadalari
Download 203.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling