Mavzu: 1945 1991 yillarda xalqaro munosabatlar
Download 79.5 Kb.
|
1945 - 1991 - yillarda xalqaro munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koreyani ikkiga bo’lnishi va urushning boshlanishi
- Yaqin Sharq mojarosi
- SSSR – AQSh munosabatlarining yanada keskinlashuvi
- Qo’shilmaslik harakatinig vujudga kelishi
- Xalqaro keskinlikning yumshashi ( 1969 – 1979 – yillar )
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
16.34 guruh talabasi Abduqahhorov Mirzo Ulug’bek Mavzu: 1945 – 1991 – yillarda xalqaro munosabatlar Reja : Kirish
Qurollanish poygasi va ,, sovuq urush “ Dunyo va Yevropaning ikkiga bo’linishi Xalqaro keskinlikning yumshashi ( 1969 – 1979 – yillar ) Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Kirish Ikkinchi jahon urushidan so’ng dunyo siyosatida jiddiy o’zgarishlar bo’ldi. Jahon urushi davom etib turgan payitda tashkil etilgan BMT ning roli ancha kuchaydi. Hozirgi BTM a’zo bo’lgan mamlakatlarning soni 193 . BTM ning ish faoliyati uning Ustavida belgilangan maqsadi va tamoyillari asosida amalga oshirildi. BTM ni tashkil qilishdan asosiy maqsad xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash edi. Ushbu maqsadga erishish yo’lida BTM turli to’qnashuvlarning oldini olish , bir – biri bilan to’qnashayotgan tomonlarni yarashtirish , tinchlikparvar operasiyalarni amalga oshirish hamda tinch – totuvlikni saqlab qolishga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshiradi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng qurollanish poygasi avj oldirildi. 1945 – yilda AQSh atom bombasini Yaponiyada sinab ko’rdi va mudhish qurol vositasida dunyoga hukumronlik qilishni o’ylay boshladi. Qo’shma Shtatlarda atom bombasi yaratilgandan keyin , SSSR ham AQSh dan orqada qolmaslik uchun barcha choralarni ko’rdi . Nihoyat 1949 – yilda atom bombasini yaratdi va uni sinovdan o’tkazdi. AQSh 1952 – yilda yanada dahshatli ommaviy qurg’in quroli – vodord bombasini yaratdi. Uning qudrati 10 mln tonna trotilga teng edi. SSSR esa bir yildan keyinroq bunday qurolga ega bo’ldi. Bu orada AQSH yadro qurollarini nishonga yetkaza oladigan samoliyotlar yaratdi. SSSR esa qit’alararo raketa yaratishga muvaffaq bo’ldi. Atom suv osti kemalari yaratikldi. Shu tariqa kishilik jamiyatini bir necha marta yo’q qilib yuborishga qodir ommaviy qirg’in qurollari zaxirasi vujudga keltirildi. Lekin oradan ko’p o’tmay ,, sovuq “ boshlandi. Uning tashabbuskori U.Cherchill edi. U ,, sharqiy kommunizm “ bilan kurash vazifasini qo’ydi. 1947 – yil 14 – martda qabul qilingan Gretsiya va Turkiyaga yordam berishni mo’ljallagan ,, Trumen doktrinasi “ buning amaldagi isboti bo’ldi. 1947 – yil 5 – iyunda qabul qilingan va Yevropaning 16 davlatiga iqtisodiy yordam berishni mo’ljallagan ,, Marshall rejasi “ uni yanada mustahkamladi. Sovuq urushining rasman 1946 – yil 5 – mart kuni , Uilston Cherchil tomonidan Fulton ( AQSh ) dagi mashhur nutqi so’zlagan payt hisoblanadi. Ittifoqdoshlar orasidagi munosabatlarning keskinlashuvi oldinroq boshlangan edi , ammo 1946 – yilning martiga kelib bu holat SSSR ning Erondan okkupatsion qo’shnilarini olib chiqishga noroziligidan kuchayadi. Cherchilning nutqi yangi reallikni ko’rsatdi. Boltiqdagi Shtettindan Adriatikadagi Triestgacha temir parda qit’a bo’ylab cho’zildi. Tasavvurdagi chiziqning u taarfida - Markaziy va Sharqiy Yevropaning hamma sharqiy qadimiy davlatlarida juda kichik holda mavjud bo’lgan kommunistik partiyalar hukumronlikka o’tib oldilar. Turkiya va Fors davlatlari ham Moskva hukumati ularga qo’yayotgan talablar bilan juda taajubga tushganlar. Ruslar Berlinda kvazikommunistik partiuya yaratishga harakat qildilar. Endi agar sovet hukumati o’z hududida prokommunistik Germaniyani yaratish harakatini keltirib chiqardi va mag’lub nemislarni Sovetlar hamda g’arbiy demokratik davlatlar orasida bo’lib yuboradi. Cherchil 30 – yillarning xatolarini qaytarmaslikka chaqirdi va ozodlikning qimmati , demokratiya va totalitarizmga qarshi ,, Xristian sivilizatsiya “ uchun turishni , buning esa anglosakson millatlarning ahilligi va birligi kerakligini aytdi. Bir haftdan so’ng I.V.Stalin “ Pravda “ ga intervyusida Cherchilni Gitler bilan bir qatorga qo’ydi va uni o’z nutqida G’arbni SSSR bilan urushga chaqirganligida aybladi. Vaqt o’tishi bilan bloklar qarshiligidagi tanglik o’zgarib borar edi. Uning eng keskin nuqtasi Koreya urushi yillariga to’g;ri keladi , uning oqibatida 1956 – yili Polsha , Vengriyadagi voqealar va Suets inqirozi kelib chiqadi. Xrushyov ,, iliqligi “ kelishi bilan tanglik ozgina yengillashadi , bu ayniqsa 1950 - yillarning ohirgi xos ; Qo’shma Shtatlar va SSSR to’g’ridan – to’g’ri harbiy ziddiyatga kirishmagan bo’lsalar ham , ularning dunyoga ta’sirni o’tkazish borasidagi raqobat ko’pincha butun dunyo bo’ylab local harbiyi ziddiyatlarga olib lelar edi. AQSH va Sovet Ittifoqi o’zlarinig ta’sir doiralarini yaratdilar hamda ularni harbiy - siyosiy bloklar – NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamnladilar . Sovuq urushi Uchunchi jahon urushiga olib kelishiga xavf tug’diruvchi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962 – yilgi Karib inqirozi bo’ldi. Shundan so’ng 1970 - yillarda ikkala tarafdan xalqaro tanglikni ,, yengillashtirish “ va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.
Ikki eng buyuk davlat o’rtasida munosabatlarning tobora keskinlashib borishi oqibatida ikki harbiy siyosiy ittifoq vujudga keldi. Ularning birinchisi AQSh va uning ittifoqchilarini birlashtirgan Shimoliy shartnomasi – NATO deb ataladi. Bu ittifoq 1949 – yilning 4 – aprelida Vashington shahrida 12 davlat ishtirokida tuzildi ( AQSh , Buyuk Britaniya , Fransiya , Kanada , Belgiya , Daniya , Islandiya , Italiya , Lyuksenburg , Gollandiya , Norvegiya , Portugaliya ). AQSh generali D.Eyzenxauer uning qo’mondoni etib tayinlangan. 1949 – yilnig 1 – oktiyabrda kommunistik Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi , 1950 – yilda esa SSSR bilan Xitoy o’rtasida ,, Do’stlik , ittifoqlik va o’zaro yordam to’g’risida “ shartnoma imzolanishi AQSH ni qattiq tashvishga solib qo’ydi . XXR ning tashkil topishi bilan ,, jahon sotsializm tizimi ‘’ shakllanishi nihoyasiga yetdi. 1955 – yilda GFR NATO ga a’zo etib qabul qilindi. Hozirgi davrda NATO ga Bolgariya , Vengriya , Gretsiya , Ispaniya , Latviya , Litva , Polsha , Ruminiya , Slovakiya , Sloveniya , Turkiya , Chexiya , Estoniya kabi davlatlar a’zodirlar. Sharqiy Yevropa davlatlari ( SSSR , Polsha , Vengriya , Ruminiya , Bolgariya , Chexoslovakiya , GDR ) 1955 – yilning 14 – mayida o’zlarning harbiy – siyosiy ittifoqi - Varshava shartnomasi tashkilotini tuzdilar . Shunday qilib , dunyo , shu jumladan , Yevropa ikkiga bo’lindi. Koreyani ikkiga bo’lnishi va urushning boshlanishi : IKKinchi jahon urushidan so’ng Koreyaning shimolini SSSR , janubni esa AQSh armiyasi ishg’ol etdi. Germaniya bo’linganidek , bu yerda ham bir davlat ikkiga bo’lindi va ikki hukumat tuzildi. 1949 – yilda SSSR va AQSh Koreyadan o’z armiyalarini olib chiqib ketdilar. 1950 – yilning 25 – iyunida Shimoliy Koreya armiyasi chegarani buzib o’tdi va Janubiy Koreyaga hujum qildi. AQSh ushbu masalaning BTM da muhokama etilishiga erishdi. BMT Shimoliy Koreyani aggressor deb tan oldi va unga qarshi urush harakatlari boshlashga ruxsat etdi. Xalqaro kuchlar 15 – sentabrda Koreya yarimoroliga tashlandi va ular Shimoliy Koreya armiyasi harakatlarini to’xtatdi hamda Janubiy Koreya hududidan surib chiqardi. Oktabr oyi oxiriga kelib esa AQSh harbiy kuchlari Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrini egalladi. Shundan so’ng Xitoy Xalq Respublikasi o’z harbiy kuchlarini Shimoliy Koreyaga yordamga yubordi. SSSR ning ham Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq – ravshan bo’lib qoldi. Shundan so’nggina AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini to’xtatishga majbur bo’ldi. 1953 – yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko’ra , har ikki koreys davlati chegarasi urushgacha bo’lgan holatida ( 38 – parallel kenglikda ) tiklandi. Shu tariqa Koreya yarimorolida urush to’xtadi. Biroq mamlakt ikkiga bo’linganicha qoldi. Shimoliy Koreya SSSR bilan , Janubiy Koreya esa AQSh bilan yaqin munosabat o’rnatdi. Yaqin Sharq mojarosi : Ikkinchi jahon urushidan so’ng buyuk davlatlar Falastinda yahudiylarning o’z davlatiga ega bo’lishiga intilishlarini qo’llab – quvatlay boshladi. Ayni payitda BMT ham 1947 – yil 29 - noyabrda Falastinda ikkita davlat tashkil etilishi ( Isroil va Falastin ) haqida qaror qabul qilindi. Dunyoning turli burchaklaridan ming – minglab o’rtasida nizoni kuchaytirdi. 1948 – yil 14 – mayda Isroil davlati ( yahudiylar davlati ) tashkil etildi – yu , lekin Falastin davlati tashkil etilmay qolsdi. Bu esa birinchi arab – isroil urushini keltirib chiqardi. Falastin hududi Isroil tomonidan bosib olindi . 1949 – yilda BMT urush harakatlarining to’xtatilishiga erishdi. 50 – yillarda Yaqin Sharq G’arbning buyuk davlatlari va SSSR o’rtalaridagi keskin qarama – qarshilik maydoniga aylandi. SSSR arab davlatlarni , AQSh esa Isroilni qo’llab – quvvatlashni yangi kuch bilan davom ettirdi. 1952 – yilda amalga oshirilgan inqilob natijasida Misrda Buyuk Britaniya tayanchi bo’lgan monarxiya ag’darildi. 1956 – yilda esa Misr Suvaysh kanalini miliyashtirdi. Bunga chiday olmagan Buyuk Britaniya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Unda Fransiya va Isroil ham qatnashdi. BMT va SSSR ning qat’iy pozitsiyasi tufayli agressiya to’xtatib qolindi. Shu tariqa 3 davlat agressiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada Yaqin Sharqda SSSR ning obro’si ko’tarildi. 1958 – yilda Iroqda monarxiya ag’darildi. Shunday sharoitda Eyzenxauer doktirnasi ilgari surildi. Unga ko’ra , Yaqin Sharqda endi AQSh , Buyuk Britaniya va Fransiya o’rnini to’ldirish kerak edi. Bu hodisa SSSR ning G’arb davlatlari bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi. ,, Sovuq urush “ vasvasasi kuchaydi.
1961 – yilda SSSR va AQSh munosabatlarini nihoyatda keskinlashtirib yuborgan voqea o’ldi. Bu Berlin devorining qurilishi voqeasi edi. Devor Sharqiy Berlinni G’arbiy Berlindan ajrtib tashladi. Tez orada dunyoni yadro urushi halokati yoqasiga olib qo’ygan voqea ham sodir bo’ldi. Bu voqea tarixga ,, Karib inqirozi “ nomi bilan kirgan. Bu inqiroz qay tariqa yuz berdi ? 1959 – yilning yanvar oyida Kubada amerikaparast hukumat ag’darildi. Hokimyat tepasiga F.Kastro boshchiligida vatanparvar kuchlar kelishdi. F.Kastro Kubada sotsializm qurilishini e’lon qildi. Tabiiyki AQSH shundaygina biqinida Kubaga o’xshash sotsialistik davlatning vujudga kelishiga toqat qila olmas edi. SSSR rahbariyati esa Kuba inqilobini sotsializimning butun dunyo bo’ylab tarqalishi , deb baholandi. Shuning uchun ham Kubani qo’llab – quvvatladi. 1961 – yilning aprel oyida AQSH Kubaga qarshi emigrantlar isyonini uyushtirdi. BU Karib inqirozini keltiribhbari chiqardi. Kuba rahbari F.Kastro yordam so’rab SSSR ga murojaat qildi. SSSR rahbariyati yashirin ravishda Kuba hududiga o’rtacha olislikka uchadigan va atom bombasi bilan ta’minlangan raketalarni joylashtirdi. Bundan xabar topgan AQSh ma’muriyati Kubaga nisbatan dengiz qamalini uyushtirdi. Dunyo yadro urushi yoqasiga kelib qoldi. N.S.Xurushyov va AQSh president J.Kennedi 1962 – yilning 28 – oktyabrida oxir – oqibatda o’zaro kelishuvga erishdilar. Unga ko’ra , SSSR Kubadan o’z raketalarini olib chiqdi. AQSH esa Kubaga bostirib kirmaslikka so’z berdi hamda Turkiyadan raketalarini olib chiqib ketdi. ,, Karib inqirozi “ buyuk davlatlarni yadro qurollari masalasida ehtiyotkorona siyosat yuritishga majbur etdi. Buning aks sadosi o’laroq , 1963 – yilning 15 – avgustida Moskvada SSSR , AQSh va Buyuk Britaniya o’rtasida ,, Atmoferada , fazoda va suv ostida yadro qurollari sinovni taqiqlash to’g;risida “ shartnoma imzolandi. Biroq bu shartnoma ular o’rtasidagi dushmanlik munosabatini zarracha kamaytirgan emas. Aksariyat , mintaqaviy mojarolar SSSR – AQSh munosabatlarini yanada keskinlashtirib yuborgan. Bunday mintaqaviy yirik mojaro 1967 – yilda ro’y bergan arab – isroil urushi edi. Atigi olti kun davom etgan bu urushda Isroil armiyasi Misr armiyasi , Iordaniya va Suriya armiyasini tor – mor keltrdi. Isroil bu davlatlar hududlarning bir qismini bosib oldi. Qo’shilmaslik harakatinig vujudga kelishi : 1961 – yil 1 – 6 sentabr kunlari Belgrada shahrida Osiyo va Afrikaning 25 davlati Konfrensiyasi bo’lib o’tdi. Bu konfernsiya tufayli ,, Qo’shilmaslik harakati “ deb atalgan harakat vujudga keldi. Xo’sh , bu qanday harakat edi? Bu - turli tizimdagi davlatlarning tinch – totuv yashashi tarafdori bo’lgan , mustamlakachilikning batamom va abadiy barham topishi uchun kurashadigan , harbiy – siyosiy bloklarga qo’shilmaydigan , yadro qurolining taqiqlanishi , dunyoda iqtisodiy tenglik uchun kurashadigan harakat edi. Qo’shilmaslik harakatining vujudga kelishida Hindiston , Yugaslaviya , Misr tashabbuskor bo’ldi . Ularni buyuk davlatlar o’z o’rtlaridagi mojarolarga Osiyo , Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarini ham tortishga zo’r berib intilayotganligi aqttiq tashishlantirgan edi. Qo’shilmaslik harakati qatnashchilari kuchaygan xalqaro keskinlik va qurolllanish poygasi uchun AQSh va SSSR ning birday mas’ul ekanligini ta’kidladilar.
Xalqaro keskinlikning yumshashi ( 1969 – 1979 – yillar ) 60 – yillardan boshlab sovet – xitoy munosabatlari keskinlasha bordi. Xitoy rahbarlari ,, Uchunchi dunyo nazariyasi “ ga kata e’tibor bilan qaray boshladilar . Uchinchi dunyo deyilaganda Osiyo , Afrika va Lotin Amerikasining mustaqillikdan so’ng rivojlangan davlatlari tushunilar edi. SSSR – Xitoy munosabatlaridagi keskinlik tobora chuqurlashib bordi. Oxir – oqibatda bu 1969 – yilda sovet – AQSh esa Vetnamda olib borayotgan munosabatlardagi keskinlikni yumshatishga majbur etdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshatishi uchun asosiy omil bo’ldi. Ikkinchidan , xalqaro keskinlikning yumshatishida GFR ning o’sha davrdagi rahbari V.Brandning xalqaro voqealarni ziyraklik bilan baholay olishi ham kata rol o’ynaydi. U xalqaro hayotdagi mavjud reallikni to’g’ri baholay oldi. Chunonchi , u SSSR ni harbiy kuch bilan mag’lubiyatga uchratishning imkoni yo’qligini , NATO ning bunga qodir emasligini to’g’ri baholadi. Bundan tashqari , Yevropa yadro va oddiy qurollarning ulkan omborxonasiga aylangan edi. Bu omborxona istalgan pytda portlashi mumkin edi. Shunday sharoitda V.Brandt hukumati SSSR va uning ittifoqchilari bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini o’rnatishga qaror qildi. Xalqaro keskinlikning yumshashi nimalarda o’z ifodasini topgan ? 1969 – yilda SSSR bilan AQSH o’rtasida strategic qurollarni cheklash haqida muzokaralar boshlandi. 1970 – yilda yadro qurollarni cheklash haqida muzokaralar boshlandi. 1970 – yilda yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risida shartnoma imzolandi. Unga 100 dan ortiq davlat qo’shildi. 1970 – yil 12 – avgustda SSSR – GFR , GFR – Chexoslovakiya , Polsha – GFR o’rtasida imzolangan shartnomalar Yevropada tinchlikni mustahkamlash ishiga beqiyos kata hissa qo’shdi. Shartnomaga ko’ra , GFR Ikkinchi jahon urushi natijasida Yevropada tarkib topgan chegaralarning buzilmasligini tan oldi. Ayni payitda GFR va GDR o’rtasida o’zaro munosabatlar asosi haqidagi shartnoma ham imzolandi. Bu bilan har ikki nemis davlati bir – birini tan oldilar. 1972 – 1974 – yillarda oliy darajada o’tkazilgan sovet – amerika muzokaralari natijasida SSSR va AQSh o’rtalarida yadro qurolini tarqatmaslik , yadro quroli sinovlarini to’xtatish to’g’risida shartnoma va strategic qurollari cheklash to’g’risida muvaqqat bitim ( SQCh – 1 ) imzolandi. Xalqaro munosabatlardagi bunday o’zgarishlar Yevropa qit’asida xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik uchun qulay sharoit yartdi. 1975 – yilning 30 – iyul – 1 – avgust kunlari Xelsinki ( Finlandiya ) shahrida 35 davlat ( shu jumladan , AQSh va Kanada ) rahbarlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha kengash o’tkadilar . 1 – avgust kuni kengashning Yakunlovchi akti imzolanadi. Uni imzolangan 35 davlat rahbarlari o’z davlatlari tashqi siyosatida quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar: Davlatlarning suveren tengligi , huquqlarni va o’zgalar suverenitetini hurmat qilish ; Kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik ; Chegaralar buzilmasligi ; Davlatlarning hududiy birligi ; Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish ; Ichki ishlarga aralashmaslik ; Inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmatlash ; Teng huquqlilik va xalqlarning o’z taqdirni o’zlarini o’zlari hal etishi ; Davlatlararo hamkorlik ; Xalqaro huquqlar bo’yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish. 1979 – yilda ( SQCH – 2 shartnomasi imzolandi. Biroq yuqorida qayd etilganlardan xalqaro keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayot faqat silliq to’ldan ketgan ekan – da , degan xulosa chiqazmasligi zarur. Xulosa Bizga malumki ikkinchi jahon urushi nihoyasiga yetishi bilan dunyoda juda kata o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Inson tomonidan juda kata yo’qotishga sababchi bo’ladigan qurollar yaratildi. Osiyo , Yevropa , Afrika hududlaridan yangi davlatlar paydo bo’ldi shuningdek parchalanib ketganlari ham bor edi. Sovuq urish natijasida dunyoda juda ko’p marotaba hunrezliklar va qonlar to’kildi . Dunyoni ikki qutibga bo’lnishi ham xalqaro munosabatlarga ham o’z tasrni o’tkazdi. SSSR va AQSh dunyoni boshqarishga urinishi ham urushlarni keltrib chiqardi. Bizning davlat bilan chegaradosh bo’lgan Afg’onistondagi hozirga ham tugamayotgan urish bunga misol bo’la oladi. BMT tashkil etilishi keyinchalik bu tashkilotning mavqeyning ortib borishi va duyodagi urushlarni tugatishga urinish ham ko’zga tashlanadi. 1945 – yildan 1991 – yilgacha bo’lgan davrda insoni yo’q qilishga qodir bo’lgan qurolar yaratildi. Hududiy nizolar kelib chiqdi va turli teroritik guruhlar tomonidan davlatlar tinchligiga tahtitlar solindi. AQSh va SSSR o’zaro raqobat qilish natijasida yangi kashfiyotlar amalga oshirildi. Inson tomonidan tosmisga chiqish amalga oshirldi. Hamma narsaning bir yaxshi bir yomon tarafi bo’ladi degandek ham dunyoda yangi ixtirolar amalga oshirildi bu inson ehtiyoji uchun , o’ziga qulaylik yaratish uchun edi. Lekin salbiy tomoni bir davlat ikki bo’lindi asrlar davomida birga yashab kelayotagn xalqlar bir – biriga dushman bo’lib qolishdi. Xalqaro siyosatda davlatlar o’rtasida bo’linishlar yuz berdi qaysidir davlat SSSR qo’lagan bo’lsa boshqasi AQSh ni qo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati : Jahon mamlakatlari ( malumotnoma ). 4 – nashr. Tuzuvchilar Sh.Ergashev, T.Bobomatov . – T.: ,, O’zbekiston “ , 2013. Rajabov Q., Qnadov B. Jahon mamlakatlari. Qisqacha malumotnoma. – T .: ,, O’zbekiston “ NMIU , 2015. Ergashev Sh. Uch buyuk faransuz. – T.: ,, O’zbekiston “ NMIU , 2013. Internet malumotlari Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling