Mavzu: 1946 – 1991-yillarda Sovet Ittifoqi.
Urushdan keyin SSSRda totalitar tuzumning kuchayishi. Sovet xalqlariga juda katta kulfat olib kelgan ikkinchi jahon urushi yakunlandi. Urushda 27 mln. sovet fuqarolari halok bo‘ldi, 12,5 mln. kishi nogiron bo‘lib qoldi, mamlakat juda katta moddiy zarar ko‘rdi. Xalqaro miqyosda SSSRning roli keskin oshganligiga, u dunyo ning qudratli davlatlaridan biriga aylanganiga qaramasdan, urush sovet xalqi uchun juda qimmatga tushdi. Shunchalar ko‘p hudud vayron qilindiki, ularni tiklash bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi mumkin edi. Deyarli har bir sovet oilasi yaqin kishisidan ayrildi.
«Marshall rejasi» bo‘yicha AQSHdan yordam olgan G‘arb davlatlaridan farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga, o‘z kuchi bilan tikladi. Sovet kishilarining matonatli mehnati tufayli vayron bo‘lgan zavodlar, shaharlar qayta qurildi, infratuzilma tiklandi. Xalqning mehnat ishtiyoqi chindildan bo‘lib, ular farzandlari uchun tinch va farovon hayotni ta’minlash yo‘lida turmush qiyinchi-liklariga ham tayyor edi. Juda katta siyosiy-ma’muriy bosim, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligini talash hisobiga hamda mehnatkash ommaning tashabbusini mafkuraviy rag‘batlantirish tufayli 1950-yili sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |