Mavzu: 1dan10gacha sonlarning atalishi Dars shiori


Download 3.95 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi3.95 Kb.
#1360948
Bog'liq
Mavzu 1dan 10gacha sonlarning atalishi-fayllar.org


Mavzu: 1dan 10gacha sonlarning atalishi

Mavzu:1dan10gacha sonlarning atalishi

Dars shiori:

Kuch-bilim va tafakkurda

Darsning maqsadi:

a)Ta’limiy:o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash

b) Tarbiyaviy:o’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash

c) Rivojlantiruvchi:matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish

Dars turi:yangi bilim beruvchi

Dars metodlari:suhbat, ,,Kim tez topadi?’’, interfaol metodi, mustaqil ish

Dars jihozlari:darslik, tarqatma materiallar,mavzuga oid plakatlar

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash

II.O’tilgan mavzuni takrorlash

To’plamlarni tashkil qilgan soni buyicha taqqoslash

III.Yangi mavzu bayoni

1degan sanoq sonman

Sanash uchun osonman

1ta yurak, 1ta bosh

1ta oy-u,1quyosh

2soni tarkibida 2ta 1soni mavjud. Demak,2sonini hosil qilish uchun 2ta 1dan bir biriga qo’shish orqali hosil qilsak bo’ladi.

Ikki degan nomim bor

Ikki birdan men tayyor

Ikki qo’l, ikki oyoq,

Ikki ko’z, ikki quloq,

Nimaga o’xshayman xo’sh

Xuddi ko’ldagi oqqush

3 SONI

Uchta birman nomim uch

Birlashgan bo’lar kuch.

Uchgacha sanayman der,

Shart o’ynagan har bir sher.

Yozish uncha qiyinmas,

Tishlangan ikki kulcha.

4 SONI

Men to’rt degan raqamman,

Ikki ikkidan jamman.

Bo’lsa ikki juft o’rtoq,

To’rtta ulfat o’sha choq.

Yozishni mashq qil picha,

Bir oyog’I narvoncha

5 SONI

Besh degulik nomim bor,

Raqamlar ichra ilg’or.

Bir bir qo’shsa anchaman,

Qo’ldagi besh panjaman.

Yaxshi tirish yozmoqqa,

Sal o’xshayman qarmoqqa

6 SONI

Beshdan keyin oltiman,

Raqamlarning oldiman

Ikki uchni qo’shsang bas,

Hech qachon sedan chiqmas.

Yozishni lozim bilmoq

Go’yoki oddiy ilmoq

7 SONI

Mening nomimdir yeti,

Endi demanglar mitti

Oltidan bitta ko’pman,

Yetti yulduzman to’pman.

Chizginda kichik o’roq,

Beliga boyla belboq.

8 SONI

Sanamay demang sakkiz,

Ikki to’rtni qo’shsangiz,

Hosil bo’laman shu on,

Yaxshi bilgin , ukajon

Yozilishim bil qani

Tasavvur qil pillani

9 SONI

Men to’qqizman to’qqizman ,

Sonlar ichra yolg’izman.

Sakkizdan bitta katta,

Bilib qo’ygin albatta.

Yozishni o’rgan asta.

Ilmoqman dumi pastda.

10soni 1 va 0 dan iborat son hisoblanadi va 10soni eng kichik 2xonali sondir

MEN O’N DEGAN SONMAN

MEN KO’PMAN, O’N JONMAN

IKKI QO’LDA BOR PANJA

QANCHA BO’LSA , MEN

SHUNCHA

IV.Mavzuni mustahkamlash V.O’quvchilarni baholash

VI.Uyga vazifa

Sonlarga oid she’rlarni yod olish

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

14-3 BTU-19 guruh talabasi

NEMATOVA ZULFIYA



http://fayllar.org
Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling