Mavzu: 2 Aerodromlarni ekspluatatsiya qilish asoslari. Aerodrom elementlari va baland to‘siqlarning markirovkasi Reja


Download 59.89 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi59.89 Kb.
#1835978
  1   2
Bog'liq
6.1-ma\'ruza


Mavzu: 2) Aerodromlarni ekspluatatsiya qilish asoslari. Aerodrom elementlari va baland to‘siqlarning markirovkasi


Reja

1. Aerodrom elementlarini tamgʻalash


2. Uchish yoʻlaklarini tamgʻa belgilari bilan jihozlash
3. Aerodromlarni tamgʻa belgilari bilan jihozlash.
4. Baland toʻsiqlarni tamgʻalash.
5. Yorutuvchi nur toʻsiqlarini qoʻyish.


Sunʼiy qoplamali aerodromlarni tamgʻalash.
Aerodrom inshootlari chegaralarini aniq belgilash uchun tamgʻalash tizimi qoʻllaniladi. Bu tizim xavfsizlik sharoitlarini yaratish uchun xizmat qiladi. Koʻrinib turishiga qarab, tamgʻalash “kunduzgi” va “kechki” boʻladi. Birinchisi kunduzi koʻrinadi, ikkinchisi elektr chiroqlari bilan yoritiladi.
Aerodromning sunʼiy uchush qoʻnish tasmalariga va gruntli aerodromlardagi uchish yoʻlaklari qoʻyiladigan tamgʻalar GOST talablariga javob berishi kerak.
Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT), Rullash yoʻlaklari (RY, ruscha rulejnaya dorojka), samolyot turadigan joy ( mesto stoyanki (MS)) va perronlar qoplamasi, maxsus avtotransport va mexanizatsiya vositalari yuradigan yoʻllar hammasi tamgʻalanishi shart. Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) dagi belgilar oq rangda, rulejnaya dorojka (RD), samolyot turadigan joy ( mesto stoyanki (MS)) va perronlardagilar - koʻpincha toʻqsariq (sariq) rangda boʻladi.
Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) dagidan shakli va rangi bilan ajralib turishi kerak. Kunduzgi tamgʻalar sxemasi va shakli barcha klass aerodromlar uchun fuqaro aviatsiyasining xalqaro tashkiloti (FAXT, ruscha IKAO)ning talablariga javob beradigan namunalarga asoslanadi. Turli klass aerodromlardagi tamgʻalarning belgilar soni, oʻlchamlari va orasidagi masofalar turlicha boʻladi.
Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) da tamgʻa belgilari quyidagi joylarga qoʻyiladi:
- tasma (polosa) ning koʻrish ostonasi;
- qoʻnish magnit-yoʻnalish burchagi (QMYB) ning raqami;
- uchush-qoʻnish tasmasini boʻylanma oʻqi;
- qoʻnish zonasi;
- belgilangan masofa;
- uchush-qoʻnish tasmasini chetlari.
Agar ikki yoʻlakli aerodrom va yoʻlak uzaytirilgandan keyingi surilgan ostona boʻlsa, hammasi ham tamgʻalanadi. Tamgʻalash ikkala tomondan bir xil, simmetrik sxemada bajariladi. “A” klass aerodromning cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) ni tamgʻalash 1-rasmda keltirilgan.
Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) ning ostonasini toʻgriburchakli, parallel, yoʻl oʻqiga simmetrik joylashgan chiziqlar bilan tamgʻalanadi. (1-rasm, a). Ostona doimiy yoki vaqtincha surilgan boʻlsa, tamgʻalash koʻndalang chiziqlar va strelkaga oʻxshash belgilar yordamida bajariladi (1-rasm, b). Qoʻnish magnit-yoʻnalish burchagi (QMYB) ning raqamlari cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi(SUQT)ning oxirgi uchastkalarida, har qaysi ostona oldida ikki xonali qilib yoziladi. Ular cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT)oʻqining magnit azimutini bildiradi. Bu raqamlar azimutning haqiqiy qiymatini oʻlchab, oxirgi sonini nolgacha yaxlitlab topiladi (5 va undan katta boʻlsa, katta tomonga, aks holda, kichik tomonga yaxlitlanadi).
S hu prinsipdan bir xil raqam hosil boʻlsa, oldiga “O” qoʻyiladi. Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) ning oʻqini bir xil uzunlikdagi boʻylama polosalar bilan belgilanadi. Ular orasidagi masofa (punktir) polosalar uzunligiga teng olinadi. Qoʻnish zonasiga simmetrik joylashgan qoʻshaloq toʻgʻriburchakli polosalar tortiladi. Ular cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) oʻqiga parallel va har 150 metrda aerodromining klassiga qarab, 4 tadan 12 tagacha miqdorda boʻladi. Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT)ning eng cheti (tores) dan boshlangan qatʼiy masofa parallel juft polosalar bilan belgilanib, ular qoʻnish zonasining ikkinchi juft parallel polosalari bilan ustma-ust tushadi.
1-rasm. Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT)ni(a), ikki tasmali aerodromlardagi aralash ostanali oʻng va chap cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) ni (b) tamgʻalash sxemasi.

Ular cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) oʻqidan 120 m. narida, agar I-III kategoriyada jihozlangan boʻlsa: 90 m. masofada, agar cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) jihozlanmagan boʻlsa va A,B,V, 75 m-7, D va 30 m-Ye.


Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) ning cheti xalqaro aerodromlarda, fuqaro aviatsiyasining xalqaro tashkiloti (FAXT, ruscha IKAO)ning I-III kategoriyalari boʻyicha jihozlangan SUQM larda tamgalanadi. Bu tamgalar eni 0,9 m. boʻlgan va qoplama chetidan 1 m. masofada joylashgan. SUQM ning har ikki chetidan tortiladigan uzliksiz chiziqlardan iborat. Parallel SUQM larni qoʻnishga kiriladigan tarafdan boshlab, qoʻshimcha (chap) va R (oʻng) harflari bilan tamgʻalanadi. Ular koʻrinish ostonasi belgilari va QMYB orasiga qoʻyiladi.
Rullash yoʻlaklari (RY)ni ham boʻylama oʻqi boʻyicha tamgʻalanadi (2-rasm). Yaʼni rullash yoʻlaklari (RY) va cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) ning tutash joylari, havo kemalari cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) ga burilib chiqishidan oldin kutadigan joylar (dastlabki start joyi) va Rullash yoʻlaklari (RY)ning chekkalari. Rullash yoʻlaklari (RY)ni boʻylama oʻqi va Rullash yoʻlaklari (RY)ning cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) bilan tutash joylarni burilish radiusi boʻyicha uzluksiz chiziqlar bilan tamgʻalanadi. Havo kemasi cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) ga chiqish oldidan kutish joylari 4 ta koʻndalang chiziq bilan belgilanadi (ikkita punktir, ikkita uzliksiz c hiziq).
2-rasm. Rullash yoʻlaklari (RY)ning tamgʻasi.
1- Rullash yoʻlaklari (RY) oʻqi; 2- Rullash yoʻlaklari (RY) ning cunʼiy uchush qoʻnish tasmasi (SUQT) bilan tutash joyi; 3- Havo kemalarini yerda yurgizib olib chiqishdan oldingi kutish joylari; 4- rulejning tamgʻalanadigan yon polosalari.

Rullash yoʻlaklari (RY) chetidagi, kutish maydonchalaridagi, perronlardagi, asosiy qoplamalardan ajratib olish qiyin boʻlgan yuk koʻtarmaydigan qoplamalarni bir-biridan ikkita sidirga chiziq bilan ajratiladi. Ular shunday tortiladiki, tamganing tashqi cheti asosiy qoplama va yoʻl chetining chegarasi bilan ustma-ust tushishi kerak.


Turish joylari (TJ) va perronlarni tamgʻalash (3-rasm) quyidagilardan iborat:
- toʻgʻriburchakli, egriburchakli rullash oʻqlari;
- turish joyi va uning raqamini koʻrsatuvchi T-simon belgilar;
- havo kemalariga xizmat koʻrsatish zonalar konturi;
- maxsus mashinalar va avtotransport harakatiga tegishli yoʻllar va belgilar.
Turish joylari (TJ) va perronlar tamgʻalarining sxemasi havo kemalarining joylashuvi va ularga xizmat koʻrsatish texnologiyasini eʼtiborga olish kerak. Xizmat koʻrsatish zonasining konturi sakkiz burchak shaklida, uzliksiz qizil chiziq bilan belgilanadi. Uning hamma tomonlari havo kemasining gabarit nuqtalaridan kamida 2 m. o raliqda boʻlishi kerak.
3-rasm. Turish joylari (TJ) ni tamgʻalash.

Download 59.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling