Mavzu: 2 Aerodromlarni ekspluatatsiya qilish asoslari. Aerodrom elementlari va baland to‘siqlarning markirovkasi Reja


Download 59.89 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi59.89 Kb.
#1835978
1   2
Bog'liq
6.1-ma\'ruza

1- toʻgʻri va egri chiziq boʻyicha rullash oʻqlari; 2- havo kemasi toʻxtaydigan joydagi T-simon belgi; 3,4,5- turar joylar raqamlari; 6- xizmat koʻrsatish zonasi.

Maxsus avtotransport vositalari havo kemalari bilan toʻqnashib ketishining oldini olish uchun harakat yoʻllari, turish joylari, kirish va chiqish joylari (ruxsat etilgan va noilojdan) ham tamgʻalanadi. Harakat yoʻllarining bari aylana bilan tugaydi, yaʼni halqa boʻylab yurish imkoni bor.


Aerodromlarni tamgʻa belgilari bilan jihozlash.
Gruntli V, G, D, Ye klass aerodromlarida va Xalq xoʻjaligida qoʻllaniladigan aerodromlarida (XXQA), shuningdek, A, B, V, G, D va yordamchi V, G, D klassdagi aerodromlarning zahira yoʻlaklarida 1-jadvalda koʻrsatilgan tamgʻa belgilari qoʻyiladi.
1-jadval.

Tamgʻa belgilari



Aerodromlarning gruntli uchish-qoʻnish
yoʻlaklari, klasslar:

Asosiy

Zahira

Yordamchi

Ye va XXQA

V,G,D

A,B,V,G,D

V,G,D

Yoʻlak markazi

+

+

+

-

Chegaraviy

+

+

+

+*

Qoʻndiruvchi “T”

+

+

+

+

Qoʻnish zonasi

+

+

+

-

Burchakli

+

-

-

-

Kirish

+

+

+

+*

Yon chegaralar

+

+

-

-

KPB oʻqi boʻyicha

+

+

-

-

KPB va BPRM orasidagi, oʻq boʻylab yaqinlashish

+


-

-

-

Yaqinlashish

+

-

-

-

RD belgilari

+

-

-

-

TJ belgilari

+

-

-

-

Hamma klassdagi tamgʻa belgilari-namunaviy, biroq ularning miqdori va oraliq masofalari har xil. Belgilar shunday qoʻyiladiki, ular aniq koʻrinsin va transport vositalari ularga shikast yetkazmasin. Ularning konstruktiv elementlarida nozik joyi boʻlishi kerak.
4 -rasmda V, G, D klassdagi aerodromlarning bosh uchish-qoʻnish tasma (UQT) iga tamgʻa belgilar qoʻyish koʻrsatilgan. Belgilar rangi joyiga qarab yoz va qish mavsumlari uchun doimiy yoki oʻzgaruvchan boʻlishi mumkin. Rulejnaya dorojka (RD), Turar joy (TJ) va gruntli aerodromlarning perronlariga chegaraviy belgilar qoʻyiladi.

4-rasm. Bosh UQM ni tamga belgilar bilan jihozlash sxemasi:


1-BUQM ning markazining oraliq belgisi; 2- chegaraviy belgi; 3- qoʻnish zonasining belgilari; 4- KPB chegaralarining yon belgilari; 5- KPB oʻqining belgilari; 6- KPB va BPRM orasidagi oʻq belgilari; 7- yaqinlashish belgilari;8-kirish belgilari;9- burchak belgilari; 10-qoʻnish belgisi “T”.


Baland toʻsiqlarni tamgʻalash va nur bilan oʻrash
Aerodromdagi, uning atroflaridagi va havo trassalaridagi baland toʻsiqlarni kunduzgi tamga belgilari va nur beruvchi vositalar bilan jihozlash havo kemalariga aeronavigatsiya xabarlarini berish uchun qilinadi. Toʻsiqlar doimiy (sunʼiy inshootlar) va vaqtinchalik (qurilish kranlari, burgilash minoralari, vaqtinchalik elektr uzatish tarmoqlari, koʻchma projektor qurilmalari va sh.k) boʻlishi mumkin.
Har qanday toʻsiqning balandligi u turgan joyning absolyut belgisiga nisbatan olinadi. Agar toʻsiq tepalikda turgan boʻlsa, tepalik balandligi ham qoʻshiladi.
Toʻsiqlarga quyidagi obyektlar va inshootlar kiradi: aerodromdagi, uning atrofidagi va havo trassalaridagi va havo kemasi yoʻlida joylashib, harakatni, manevrni, koʻrinishni qiyinlashtiriladigan; uchish yoʻlagidan (UY) dan 1 km. gacha masofada turgan va har qanday balandlikka ega boʻlgan; UY 1-4 km masofada joylashgan, balandligi 10 m. dan ortiq boʻlgan; UY dan 4 km. dan ortiq masofada joylashgan, balandligi 50 m. boʻlgan.
Aerodromdagi HHB, radionavigatsiya va qoʻndirish obyektlari ham balandligidan qatʼiy nazar, toʻsiq hisoblanadi. Shuningdek, boshqa joylardagi balandligi 100 m. va undan ortiq narsalar ham toʻsiq deyiladi.
Tamgʻa qoʻyilgan baland obyektlar orqasidagi binolar va inshootlarga kunduzgi tamga belgilari qoʻyilmaydi. Bunday toʻsiqlarning balandligi tamgʻalangan toʻsiq tepasidan SUQM yoʻnalishida oʻtkazilgan gorizontal tekislik bilan, 10 % qiyalik bilan pasaytirib oʻtkazilgan tekislik orasidagi balandlikdan ortiq boʻlmasligi kerak.
5-rasm. Baland toʻsiqlarni tamgʻalash va yorugʻlik:
a, b, v- uchish polosalariga yaqin hajmiy inshootlarini tamgʻalash; g- 100m. gacha balandlikdagi inshootlar; d- 100m. dan ortiq; ye-baland toʻsiqlarini yorugʻlik ixotasi (N=H/N 45m); j- oʻsha, binolar va inshootlar.

Kunduzgi tamgʻalar joy fonida aniq ajralib turishi, hamma yoʻnalishda koʻrinishi va bir-biridan keskin farqlanuvchi rangli belgilar (qizil yoki toʻq sariq va oq) ga ega boʻlishi kerak.


Binolar va inshootlarga tamgʻa belgilari qoʻyish zaruriyatini, ular qanday boʻlishini FA organlari va manfaatdor tashkilotlar aniqlaydi.
Aerodrom hududidagi radiotexnika obyektlariga maxsus tamgʻalar va nuri belgilar qoʻyiladi.
Kunduzgi tamgʻalash va nurli belgilar qoʻyish boʻyicha talablar 5-rasmda koʻrsatilgan.
Nazorat savollari:

1. Aerodrom inshootlari chegaralarini tamgʻalash tizimi nima uchun qullaniladi?


2. Aerodrom va uning atroflaridagi baland toʻsiqlar nima uchun tamgʻalanadi?
3. Uchish yoʻlaklarini tamgʻa belgilari bilan jihozlash nima uchun kerak?
4. Sunʼiy uchush qoʻnish tasmasida tamgʻa belgilari qanday joylarga qoʻyiladi?



Download 59.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling