Mavzu: 2 Tayyorgarlik ishlari: qurilish olib boriladigan joylarni ish boshlashga tayyorlash Reja
Download 55.99 Kb.
|
2.1-ma\'ruza
Mavzu: 2) Tayyorgarlik ishlari: qurilish olib boriladigan joylarni ish boshlashga tayyorlash Reja 1. O‘simlik qatlami gruntini ko‘chirib olish ishlari tarkibi va usullari. 2. O‘simlik qatlami gruntini ko‘chirib olish ishlarini tashkil etish. 3. Vaqtinchalik suvni chetlatish qurilmalarini qurish. 4. Eski muhandislik tarmoqlarini buzish va ko‘chirish. 5. Ishlarni bajarishda sifat nazorati, xavfsizlik texnikasi va atrof muhit muhofazasi. Aerodromlarda bajariladigan yer qazish ishlari oʻzining tarkibi va tashkil etilishiga koʻra avtomobil yoʻllari, shahar koʻchalari hamda gidrotexnika qurilishidagi yer qazish ishlaridan ancha farq qiladi. Aerodrom qurish ishlarini tashkil qilishning oʻziga xos xususiyati shundaki, ular nisbatan keng (1 km gacha ) va qisqa (4-5 km gacha) maydonlarda olib boriladi. Bu esa yer qazish va transport mashinalarini cheklangan maydonda toʻplash va ishni boʻylama usulda uzluksiz tashkil qilish imkonini beradi. Aerodromlardagi yer qazish ishlari majmuiga oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlami bilan bogʻlik ishlar, mineral tuproq bilan bogʻliq ishlar hamda tekislash ishlari kiradi. Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlami bilan bogʻliq ishlar, odatda, uch bosqichda bajariladi: birinchi bosqichda oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlami ajratib olinib, mineral tuproqda ish boshlangunga qadar, chuqurlar kovlanadigan va koʻtarmalar hosil qilinadigan joylarda vaqtincha uyumlab qoʻyiladi; ikkinchi bosqichda mineral tuproqda yer qazish ishlari bajarib boʻlingandan keyin oʻsimlik oʻsadigan tuproq oʻz joyiga qaytariladi; uchinchi bosqichda oʻsimlik oʻsadigan tuproq joyiga qaytarilgandan soʻng aerodromning uchish maydonida mustahkam chim qoplamalar hosil qilish uchun shu joylarda agrotexnika ishlari olib boriladi. Mineral tuproq bilan bogʻliq ishlar aerodrom qurilishi tajribasida faqat aerodromning uchish maydonida emas, konlardagi yuzani ochish ishlarida, qum va shagʻal konlarini qazishda, uchish maydonida avtomobil yoʻllari qurishda hamda aerodromga avtomobillar keladigan yoʻllar qurilishida ham uchraydi. Aerodrom qurilishi tajribasida mineral tuproq bilan ishlarni bajarishda yer qazish ishlarini amalga oshirishning quyidagi ikki asosiy texnologik sxemasi qoʻllanishi mumkin: I-chuqurdagi yoki tuproq konidagi tuproqni kavlab olish va uni koʻtarmaga surib keltirish: II-uchish maydonidagi sifatsiz tuproqni yoki kondagi yuza jinsni kavlab olib, uyumga surib keltirish. Download 55.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling