Mavzu: 2017 – yilda O’zbekiston Respublikasida har bir tuman va shaxarda Przidentning xalq qabulhonalari ochishi va uning ahamiyati


Download 0.55 Mb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1510383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muqaddas

Ayni paytda, farmonda keltirilishicha, virtual qabulxona faoliyati "davlat organlarining murojaatlar bilan bog'liq ishni tashkil etishda ularni ko'rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi". 2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilingani munosabati bilan hamda aholining O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to'g'risidagi ko'plab ijobiy fikrlarini e'tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida O'zbekiston Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida O'zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etish ko'zda tutilgan.

Davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari murojaatlar to'g'risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo'lgan javobgarlik xususida qat'iy ogohlantiriladi. Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripovga bir oylik muddatda Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha tashkiliy, moliyaviyva moddiy-texnik masalalar hal etilishini ta'minlash topshirildi. Mazkur Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O'zbekiston bosh vaziri va Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev zimmasiga yuklatildi. Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida har kuni yangidan-yangi o‘zgarishlar, yangilanishlar ro‘y bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, xalq bilan ochiq-oshkora muloqot qilishning yangicha tizimi – Xalq qabulxonalari instituti o‘tgan vaqt mobaynida bajarilgan ishlardan ko‘ra hali etilishi lozim bo‘lgan vazifalar yanada ko‘proq ekanligini namoyon etdi. Zotan, haqiqat bahslarda, oshkora muloqotlarda bo‘y ko‘rsatadi. Prezidentning joylarda Xalq qabulxonalari, virtual qabulxonasi tashkil etilganidan keyin xalqning real hayotidan xabardor bo‘lish, odamlarning ko‘p yillik muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o‘rganish, ularni hatto joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

  • Davlat organlari va xo'jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari murojaatlar to'g'risidagi qonunchilik talablari va normalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo'lgan javobgarlik xususida qat'iy ogohlantiriladi. Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripovga bir oylik muddatda Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha tashkiliy, moliyaviyva moddiy-texnik masalalar hal etilishini ta'minlash topshirildi. Mazkur Farmonning ijro etilishini nazorat qilish O'zbekiston bosh vaziri va Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev zimmasiga yuklatildi. Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida har kuni yangidan-yangi o‘zgarishlar, yangilanishlar ro‘y bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, xalq bilan ochiq-oshkora muloqot qilishning yangicha tizimi – Xalq qabulxonalari instituti o‘tgan vaqt mobaynida bajarilgan ishlardan ko‘ra hali etilishi lozim bo‘lgan vazifalar yanada ko‘proq ekanligini namoyon etdi. Zotan, haqiqat bahslarda, oshkora muloqotlarda bo‘y ko‘rsatadi. Prezidentning joylarda Xalq qabulxonalari, virtual qabulxonasi tashkil etilganidan keyin xalqning real hayotidan xabardor bo‘lish, odamlarning ko‘p yillik muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o‘rganish, ularni hatto joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling