prezidentning davlatning yanada ochiqligi siyosatini
amalga oshirish bo‘yicha taklifi davlat boshqaruvi
tizimi, davlat hokimiyati organlari tizimi faoliyati va
boshqaruvda katta o‘zgarish bo‘ldi. Gap faqat virtual
qabulxonalar haqida emas, u bilan birga «xalq
qabulxonalari» ham ko‘paydi. Aholi bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi mexanizmining joriy etilishi
shunga olib keldiki, pastroq darajadagi amaldorlar
aholi oldida hisobot berishning yangi shakllarini
25
o‘zlashtirish, muloqot olib borish va noqulay
savollarga javob qaytarishga majbur bo‘ldi.
Qarorlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish,
davlat siyosatini amalga oshirish doirasida elektron
hukumatning yangi shakllarini tatbiq etish bo‘yicha
jiddiy ish ketmoqda. Inson, fuqaro, tadbirkor uchun
ma'lumot ochiqroq bo‘ldi. Hattoki xorijda ham shuni
tan olishdiki, O‘zbekiston elektron hukumat va
boshqaruv sohasida loyihalarni amalga oshirish
sur'ati bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanmoqda.
Barcha deyarli har hafta elektron hukumatning yangi
26
shakllari va ko‘rinishlari tatbiq etilayotganini
ko‘rmoqda: elektron kadastr tizimi, elektron sudlar
va hokazo. Hamda bu juda muhim – davlat, jamiyat
va biznesning o‘zaro aloqasi jarayonlarini
optimallashtirish bo‘yicha haqiqiy mexanizmlar paydo
bo‘lmoqda. Fuqaro uchun ma'lumot olish huquqi
texnologik yechimni olayapti.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |