Mavzu 3 : Davlat Farmakopeyasi va uning tuzilishi


Farmatsiyaga oid adabiyotlardan to’g’ri foydalanish


Download 218.91 Kb.
bet4/4
Sana21.11.2023
Hajmi218.91 Kb.
#1791411
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 3

4.Farmatsiyaga oid adabiyotlardan to’g’ri foydalanish.
Farmakopeya Davlat Farmakopeyasi dorivor moddalar sifatini bclgilovchi majburiy umumdavlat standartlari va ko'rsatmalarining yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Davlat Farmakopeyasi (DF) Sovet Ittifoqining dori va dorivor moddalarga aloqasi bo‘Igan hamma tashkilotlari uchun qonuniy xarakterga ega. DFning ko'rsatmalari harcha tibbiyot muassasalari uchun majburiydir. Dorilar tayyorlash, sifatini aniqlash, saqlash va berishda Davlat Farmakopeyasi asosiy qo'llanma hisoblanadi. «Farmakopeya» grekcha ikkita so‘zdan tashkil topgan: Pharmakon - dori yoki zahar, poeio - tayyorlash. Farmakopeya — eng ko‘p ahamiyatga ega bo'lgan dorivor moddalar va ayrim dori turlarini tayyorlash qoidalarini o‘z ichiga oladi. Birinchi rus Farmakopeyasi, boshqa davlatlardagi kabi, Rossiyada ham lotin tilida bosilib chiqqan.
X DFning I qismida dori moddalarning nomlari lotin alfaviti bo'yicha keltirilgan. Dori turlari to‘g‘risida berilgan umumiy maqolalar bundan mustasno bo‘lib, bu maqolalar (inyeksiya uchun ishlatiladigan eritmalar, tabletkalar, surtmalar) har qaysi asosiy dori moddadan keyin berilgan. Masalan, askorbin kislola (vitamin S)ning poroshogi X DFning 6-moddasida, inyeksiya uchun tayyorlangan 5% li eritmasi 7-moddasida, 0,05 g li tabletkasi csa 8-moddasida bayon etilgan va hokazo. DFda sarlavha lotin tilida berilib, so'ngra preparatning ruscha nomi (tarjimasi), lotincha va ruscha sinonimlari (ma'nodosh, ikkinchi darajali nomi) va xalqaro lotincha nomi beriladi. Xalqaro lotincha nomi yoniga shartli belgi qo'yilib ruschaga tarjima qilinmagan.
DAVLAT FARMAKOPEYASI - DORl SIFATI ME'YORI Davlat Farmakopeyasi (DF) dorivor moddalar sifatini belgilovchi majburiy umumdavlat standartlari va ko'rsatmalarining yig'indisini o‘z ichiga oladi. DF dori va dorivor moddalarga aloqasi boMgan hamma tashkilotlar uchun qonuniy xarakterga cga. DFning ko‘rsatmalari barcha tibbiyot muassasalari uchun majburiydir. Dorilar tayyorlash, sifatini aniqlash, saqlash va bcrishda DF asosiy qo‘llanma hisoblanadi. X va XI DFning chiqarilishi, ilg'or fan va texnikaning yangi dorivor moddalarini topish, xomashyolarni, dori moddalari va dorilarni o'rganish, sintez qilish, ularni tayyorlash usullarini takomillashtirish, ularga boMgan talabni oshirish, preparatlarni nazorat qilishda yangi usullarning ishlab chiqarilishi yo'lida olib borilgan ishlarning yorqin samarasidir

Savollar
1.Dori tayyorlash texnologiyasi haqida qisqacha ma'lumot bering


2. Texnologiya fani qaysi fanlar bilan chambarchas bog'liq?
3. Texnologiya fanida uchraydigan qanday atamalarni bilasiz?
4. Dori ishlab chiqarishda qo'llaniladigan Davlat tomonidan bclgilangan qanday me'yoriy hujjatlarni bilasiz?
5. X va XI Davlat Farmakopcyasi to'g'risida qisqacha tushuncha bering.
6. Manual lar deb nimaga aytiladi?
7. Davlat Farmakopcyasining X nashri dori moddalarga taalluqli nechta hususiy va umumiy moddaga ega?
8. «Farmakopeya» so’zining ma’nosini ayting.
9. Sog‘liqni saqlash vazirligining 227-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri, birinchi jildi qachon tasdiqlangan?
10. Davlat farmakopeyasining ikkinchi jiltiga nimalarni kiritish ko‘zda tutilgan?
Download 218.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling