Mavzu: 3-sinfda matematikadan integratsiyalashgan darslarning ahamiyati kirish I bob. Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan darslardan foydalanishning nazariy asoslari


Download 52.44 Kb.
bet9/9
Sana08.01.2022
Hajmi52.44 Kb.
#243354
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-SINFDA MATEMATIKADAN INTEGRALLASHGAN DARSLARning ahamiyat

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilarning o`zlashtirishiga erishadi. O`quvchida darsga nisbatan qiziqish o`yg`otadi. Oldiga qo`yilgan muammolarni yechishni o`rgatadi. O`z ustiga mustaqil ishlaydi.




O`quvchi: Yangi mavzuni o`zlashtiradi. Nutqi rivojlanadi, o`z-o`zini nazorat qiladi, mavzular ustida ishlaydi. Mavzuni o`zlashtirish orqali bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladi.

Kelgusi reja

O`qituvchi: Yangi metod va usullarni tadbiq etadi. O`z mahoratini oshiradi.




O`quvchi: Shu ma’lumotlar yuzasidan qo`shimcha ma’lumotlar to`playdi. Xulosa chiqarib, malakasini oshiradi.

 

Darsning blok — chizmasi

 




Dars bosqichlari

Vaqt taqsimoti

1

Tashkiliy qism

3 minut

2

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

8minut

3

Yangi mavzu bayoni

20minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10minut

5

Dars yakuni: baholash

2minut

6

Uyga vazifa

2minut

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism: Davomatni aniqlash. O`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Dars mavzusi, maqsadi borishi bilan tanishtirish. O`quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

  2. O`tilgan mavzuni so`rash.

1) Ayriluvchi qanday topiladi? ( kamayuvchidan ayirma ayriladi)

2)Noma’lum bo’linuvchi qanday topiladi? ( bo’linma bo’luvchiga ko’paytiriladi)

    3.Yangi dars bayoni.

305 – misol. Jadvaldagi raqamlardan hosil qilingan sonlarni o’qing va daftaringizga yozing:

Yuzlik

O’nlik

Birlik

 

Yuzlik

O’nlik

Birlik

1

1

1




4

2

9

1

4

7




6

1

8

2

5

4




8

6

2

3

8

5




9

3

5

       306 — misol. 28 + 14 = 42                  71 – 42 + 58 = 87

54 – 27 = 27        97 – ( 38 + 25) = 24



307 – masalaOshxonaga  60 kg kartoshka keltirildi. Birinchi kuni uning ikkidan bir qismi, ikkinchi kuni uchdan bir qismi ishlatildi. Oshxonada necha kilogram kartoshka qolgan?

308 – masala. 2 ta cho’pning o’rnini o’zgartirib, 6 ta kvadrat hosil qiling.

             Yangi mavzuni mustahkamlash 

Misollar

47 + 53 = 100               93 – 55 + 34 = 72                            85 – 37 = 48

18 + 34 + 48 = 100       74 – ( 28 + 19) =27                66 – ( 53 – 18) =31

Masala. Masala tuzing va yeching


  • ta quti – 65 kg piyoz          Ye:65:132=10(kg)

2 ta  quti — ?                                      J:10kg

  1. .Darsning yakuni: O`quvchilarni  uy vazifalari, doskada yoki mustaqil ravishda ishlashiga qarab baholash.  O`quvchilarni rag`batlantirish, g`olib guruhni aniqlash, uyga vazifani aytish.

  1. Uyga vazifa: 309 – misol

47+53=100             85-37=48                      18+34+48=100

93-55+34=82                   74-(28+19)=37              66-(53-18)=11

 

XULOSA

O‘quvchi shaxsini intellektual rivojlantirish, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o‘qitish, ularning ilmiy tafakkuri va aqliy salohiyatini oshirish bugungi kunning dolzarb muammosidir. O‘quv fanlariaro aloqadorlikning o‘rganilmagan qirralarini aniqlashga intilib, bir qator pedagog olimlarning ushbu muammo bo‘yicha amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari atroflicha o‘rganildi. Maqsadimiz fanlararo aloqadorlikning nazariy jihatdan tan olingan qonuniyatlariga zid kelmaydigan yondashuvlar asosida o‘rganilmagan jihatlarini tadqiq qilishdan iborat edi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qitiladigan fanlarni o‘zaro bog‘lab o‘rgatishda ta’limning amaldagi barcha qonuniyatlariga amal qilgan holda yondashildi. O‘quv predmetlari, o‘qitish va bilim olish hodisalari o‘zaro aloqador va mazmunan uyg‘un faoliyat ekanligi didaktik jihatdan asoslandi.



Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirishda o‘quv fanlariaro aloqadorlik mexanizmidan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Matematikani o‘rganish jarayonida hosil qilingan tasavvur va bilimlarni umumlashtirgan holda o‘quvchilarda ijtimoiy-gumanitar turkumdagi o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida muayyan ko‘nikma va malakalar shakllantirildi va quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, o‘quv fanlariaro aloqadorlik hodisasi murakkab va serqirra didaktik jarayondir. Fanlararo aloqadorlikning falsafiy asosi, fanlar va ilmiy tushunchalarning o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi taniqli olimlar tomonidan ochib berilgan. Ular o‘quv fanlariaro aloqadorlik qonuniyatlari metodologik-didaktik tamoyillar ichida yetakchi didaktik hodisa ekanligini

ta’kidlab o‘tganlar.

  1. Fanlararo aloqadorlik – ta’lim jarayoni va uning barcha o‘qitilish shaklida didaktik shart-sharoitlarni takomillashtiruvchi didaktik hodisadir.

  2. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda mazmunan bir-biriga yaqin o‘quv predmetlarining materiallari nihoyatda talabchanlik bilan muvofiqlashtirildi; o‘rganilayotgan materialning ilmiy va amaliy darajasini oshirishga harakat qilindi; o‘zaro aloqador bilimlar didaktik birlik sifatida yaxlitlashtirildi; o‘quvchilar ongida barqaror va tizimlashtirilgan bilimlarni singdirish yo‘llari ko‘rsatildi; umumlashtirilgan bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vositalar belgilab berildi. O‘quv fanlariaro aloqadorlik ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘quv materialining mazmuni, o‘qitish metodlari va texnik vositalar ushbu jarayonga muvofiq holda tanlandi.

Tajriba-sinov ishi davomida boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan darslar quyidagi talablarga javob berishi lozimligini aniqladik:

  • ikki yoki undan ortiq fan elementlari bog‘lanishi lozim;

  • dars to‘liq loyihalashtirilishi kerak;

  • o‘quvchilarda tabiat, jamiyat va hayotiy vaziyatlar haqidagi yaxlit tasavvurni hosil qilishga qaratilmog‘i zarur;

  • o‘quvchilar fanlararo bog‘liqlikni topishga va mustaqil hamda ijodiy mushohada yuritishga yo‘llanishi kerak.

Mazkur vazifalarga hamohang tarzda o‘quv fanlariaro aloqadorlikni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida uning metodologik-didaktik infratuzilmasini vujudga keltirish, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash lozim.

  1. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning samaradorligi asosan o‘quv predmetlari o‘qituvchilarining ijodiy izlanishlari va faoliyatlarining mazmundorligiga ham bog‘liqdir.

  2. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv fanlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘qitish asosida quyidagi natijalarga erishish mumkin:

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” //Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaakonserni. 1997-yil.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaakonserni. 1997-yil.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari. O‘zbekiston

Respublikasi uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tizimi. Oliy ta’lim. 5141600 – Boshlang‘ich ta’lim va sport–tarbiyaviy ish yunalishi. – Toshkent: 2006 – 24b.

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O‘zbekiston, 1998. 684 b.

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat va mafkura. 1jild.-Toshkent: “O‘zbekiston”, 1996. -89 bet.

  2. Abdullayeva B. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari

(ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi akademik litseylarda matematika o‘qitish misolida). Ped.f.dokt. ... diss. Toshkent. – 2006. 265 b.

  1. Abdullayev Yu.N. Xorijda oliy ta’lim: tajriba va taraqqiyot yo‘nalishlari.Toshkent: "O‘zbekiston”, 1999.-200 bet.

  2. Alixonov S. Matematika o‘qitish metodikasi.—Toshkent: "O‘qituvchi” 1992.-200 bet.

  3. Аширова М.К. Развитие математических способностей учашихся на основе взаимосвязи естественно-математических дисциплин. //Автореф. дисс... канд. пед. наук. - Ташкент: 2000.-18 стр.

1 Кололожвари И. Сеченикова Л. Как организовать интегрированный урок? (о методике интегрированием образования) //Народное образование. - 1996.


Download 52.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling