Mavzu-3: Ta’lim va pedagogikaning qadimiy Gretsiya va qadimiy Rim davrlardagi rivojlanish tarixi
Download 50 Kb.
|
Amaliy-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozlari
MAVZU-3: Ta’lim va pedagogikaning qadimiy Gretsiya va qadimiy Rim davrlardagi rivojlanish tarixi Darsning maqsadi: Ta’lim va pedagogikaning qadimiy Gretsiya va qadimiy Rim davrlardagi rivojlanish tarixi bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirish. Dars jihozlari: Kompyuter, ko’rgazmali qurollar Metodik ko’rsatmalar Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o'rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo boldi hamda moddiy va ma'naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda katta hissasini qo'shdilar. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turh mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog'oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o'nlik tizimi kashf etildi, Mesopotamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo'hsh o'ylab topildi. Eramiz boshlanishidan oldin O'rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo'lgan joyda O'rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo'li qurildi. So'ngra O'rta Osiyo orqali Xitoydan O'rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo'li» ochildi. Natijada O'rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta'sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.Ayniqsa, qadimgi yunonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi. Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablari- dagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:«O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirjishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini o'rgatishni ko'zda tutar edi».Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo'lib ko'ringan har qanday qulni oldirar edilar. Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbat- lar o'tkazib, shu yol bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar, bolalarni savol-javob jarayonida aniq va lo'nda javob berishga o'rgatgan. Yigitlar 18—20 yoshga etganda «Efeblar» o'spirinlar guruhida harbiy xizmatni o'taganlar.Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ulami harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo'riqlab, qullarni itoatda saqlashini ta’minlar hatto jangga ham qatnashardilar. Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug'ilishiYunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug'ilishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.Suqrot(Sakrat). (eramizdan avvalgi 469-399-yillar) O'zining ijtimoiy kehb chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o'g'li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o'z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyu(mlarning fizik holatini bilib bo'lmaydi, odamlar faqat o'zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo'hshi bilan birga ajoyib notiq ham edi. Keng maydonlarda so'zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o'tkazar, tinglovchilami savol-javob yo'li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Evristik) nomi bilan fanga kirgan.Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. Baxs orqah, ya'ni muayyan masalalarni o'rtaga qo'yish va ularga javob topish yo'li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb uqtiradi faylasuf. Aristotelning yozishicha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga o'tish haqidagi induktiv ta’limotni hamda har bir narsaning\ mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalami aniqlash haqidagi ta’limotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyidagilardan iborat: ezgulik bilimdir, donishmandlik, ya'ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi esa yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning ta'biricha, aql bilan axloq o'rtasida ziddiyat bo'hshi mumkin emas. Ulug' faylasuf tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo'lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qollarida bo'lmog'i kerak deydi.Suqrot davlat boshqaruvining monarxiya, tiraniya, aristokratiya, pohtiya va demokratiya kabi shakllarini tanqid qilgani uchun ayblanib, o'hm jazosiga hukm qilinch o'z ixtiyori bilan zahar ichgan.Aflotun(Platon) eramizdan ilgari (424-347-yillari) yashagan. Qadimgi Yunonistonning mashhur - idealist faylasufi, Suqrotning sho- girdi, ob'ektiv idealizm nazariyasining asosichisi «g'oyalar dunyosi»ni birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi. Aflotun olamni hodisalar dunyosi va g'oyalar dunyosi deb ikkiga boldi. Uning fikricha g'oyalar abadiy va o'zgarmasdir. Uning nazarida, narsalar g'oyalar olamining soyasidir, xolos.Afina aristokratiyasining namoyondasi bo'lgan Aflotun, aristokrati- yaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Uning fikricha ideal aristokrajtik davlat uch xil ijtimoiy guruh: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo'lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar uni har qanday dushmandan himoya qiladilar, uchinchi guruh esa mehnat qihb, mo'l hosil etishtirib, faylasuflar va jangchilami boqadilar. Uning tasawuridagi ideal davlatda qullar ham hunarmandlar ham huquqsizdirlar, qanoat va itoatkorlik fazilatlariga xos deb ta’kidlaydi u.Aflotun - davlat tomonidan tashkil etilmog'i va hukmron guruhlaming- faylasuflar va jangchilarning manfaatini ko'zlamog'i lozim. Aflotun o'zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.Aflotunning fikricha, bolalar uch yoshdan 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo'-yilgan tarbiyachilar rahbarhgida maydonchalar- da turh o'yinlar o'ynash bilan shug'ullanishlari lozim. Aflotun o'yinlami maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qihb beriladigan materiallarni sinchiklab tanlash kerakligini ham uqtirib o'tadi. U bolalarga yoshlik chog'idanoq ijtimoiy tarbiya berish tarafdori edi. Aflotun xotin-qizlar tarbiyasi xususida fikr yuritib, Spartadagi usulni ma’qullaydi. Umuman Aflotun tarbiya tizimining butun mazmuni va mohiyati jismoniy mehnatdan g'oyat nafratlanish ruhi bilan sug'orilgan. Aflotun g'oyasiga ko'ra bo'lajak faylasuflar va jangchilarning «jismoniy mehnat to'g'risida xato o'ylashlari» ham taqiqlab qo'yilgan, shuningdek qullaming bolalarini o'qitmagan ma’qul. Biroq, Aflotun maktabgacha tarbiya to'g'risida, davlat tomonidan izchillik bilan ohb borilishi lozim bo'lgan tarbiya tizimi to'g'risida bir qancha muhim fikrlarni aytib, ijobiy o'mak namunasida tarbiyalashni talab qilgan.Aflotun o'zining axloqiy g'oyalarini ilgari surar ekan, ustozi Suqrotga ergashib, ob’ektiv idealizm yo'lini tutadi. Aflotun etikasining asosiy nazariy tayanch nuqtasi — inson ongi chegaralaridan tashqarida bo'lgan va mangulik g'oyalari olamida xudoning doimiy nazorati ostida bo'ladigan yagona o'zgarmas «yaxshilik» g'oyasidir. Uning fikricha, erdagi yaxshiliklaming hamma turi o'zida me’yor, go'zallik va haqiqatdan iborat uch tushunchani jamlagan ohy «yaxshilik g'oyasi»ning inikosigina bo'hshi mumkin. Odamning axloqiy hayoti shu oliy «yaxshilik g'oyasi»ga intihshga to'la bo'ysungan va xushbaxtlikni tashkil etadigan, faqat ohy «yaxshilik» g'oyasiga intilishdagina xulqning namunasini ko'rish mumkin.Platonning shogirdi bolgan, makedoniyalik Iskandami tarbiyalagan, qadimgi Gresiyaning eng yirik ideahst-faylasufi va olimi Arastuning pedagogika nazariyasini yaratishdagi va uni rivojlantirishdagi xizmatlari juda ulkan.Arastu(Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322-yillar)da yashagan. Aflotunning shogirdi, makedoniyalik Iskandarning ustozi. Qadimgi Yunonistoning yirik ideahst-faylasufi va olimi.Aflotun olamni g'oyalar va hodisalar dunyosiga bolgan boisa, uning shogirdi Arastuning aytishicha, g'oyani shaklga o'xshatish mumkin. Har qanday buyumda biz uning moddasini va shaklini ko'rishimiz mumkin. Moddada narsalar bo'hshi uchun imkoniyatlar bor; modda biron shakl oiganidan so'nggina narsa boiib qoladi. Chunonchi, marmaming o'zi bir moddadir, ammo unga ma’lum shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin. Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiy alar ning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada (Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat edi. XIII asrga kehb o'z- o'zini idora qihsh huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o'qituvchiiik huquqini bera boshladi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o'quv muassasasiga aylandi. XIV-XV asrlarga kehb universitetlar Yevropa mamlkatlarining hammasida mavjud. Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. ХП—ХШ asrda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ohy malumot beradigan o'quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo'la boshladi. Universitetlarning vujudga kelishiga o'sha vaqtlarda ko'p Yevropaliklaming arab madaniyati (xususan, meditsina va falsafasi) bilan tanishuvi katta ta’sir ko'rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga G'arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga nisbatan harbiy harakatlari sabab bo'ldi. O'sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ilm fan rivojlangan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab ohy o'quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun andoza bo'ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o'quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o'qitilar, yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar Kordovada o'qib, oliy ma’lumot olardilar. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling