Mavzu 4: Arxivlovchi dasturlar. Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari to’g’risida umumiy tushunchalar.
Reja
Arxivlash dasturlari
Kompyuter viruslari tarixi
Xavfli va xavfsiz viruslar
Zararlanadigan obektlar
Viruslarning namoyon bo’lishi va ulardan saqlanish
Tayanch iboralar: virus, xavfli, xavfsiz, antivirus, filtrlar, detektorlar, revizorlar, doktorlar, vaksinator, arxiv, arxivlash.
Tarqatma materialar : Kompyuter viruslari turlari, AVP va RAR dasturlari darchalari.
Foydalanuvchilar kompyuterda ishlash vaqtida diskning ma’lumotlar bilan to’lib ketishi, nusxalashda ma’lumotlarning tashqi qurilmaga sig’masligi, bir nechta fayl va kataloglarni nusxalarini vaqtincha boshqa joyda saqlash kabi muammolarga duch keladi. Ma’lumotlarni hajmini kichraytirgan holda bitta faylda saqlash arxivlash deb ataladi, bu ishni bajaruvchi dasturlar esa arxivlash dasturlari (arxivatorlar) deb yuritiladi.
Windows OTda fayllarni arxivlash uchun maxsus dastur mavjud emas. Shuning uchun har xil arxivatorlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Arxivatorlar bilan ishlaganda uning tejamliligi, ya’ni disk xotirasini qay darajada tejashi, tezkorligi, boshqa arxivatorlar bilan mosligiga (boshqa tipdagi arxivlar bilan ham ishlashi) e’tibor berish kerak.
Arxivlash dasturlari 1980 yillarda Abraxam Lempel i Yakob Ziv tomonidan kiritilgan siqish algoritmi asosida ishlaydi. ZIP, LZH, ARJ, ARC, ICE, PkZip/PKUnzip, LHA arxivatorlari MS DOS OTda ishlashga mo’ljallangan.
Zamonaviy kompyuterlarda Rossiyalik dasturchi Evgeniy Roshal tomonidan yaratilgan RAR dasturi keng tarqalgan. Bundan tashqari Windows OT WinZip dasturi ham qullaniladi. Dastur ma’lumotlarni yuqori darajada siqish, avtomatik ochiladigan (EXE) arxivlar tashkil etish, ko’p tomli arxivlash yaratish, bir nechta arxivlash usullarini tanlash, Zip arxivlar bilan ishlash imkoniyatlariga ega.
Dastur grafik interfeysga ega bo’lib uning darchasi quyidagi rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |