Mavzu-4: Klimakterik va keksalik davrlarida hamshiralik parvarishi. Klimakterik sindrom. Klimakterik davrni kechishda ayol organizmida ro’y beradigan fiziologik o’zgarishlar Reja
Klimakterik sindromda qo‘llaniladigan chora-tadbirdar. Issiqlik
Download 21.01 Kb.
|
Mavzu4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik kamayishi va suyak massasining kamayish mexanizmi
- Siydikni ushlab tura olmaslik.
- Osteoporoz sabablari
Klimakterik sindromda qo‘llaniladigan chora-tadbirdar. Issiqlik
ko‘tarilishi (yuzning isib ketishi va terlash), jinsiy hissiyotning susayishi va jinsiy aloqada og‘riq sezish, osteoporoz va suyaklar sinishining oldini olish, siydikni ushlab tura olmaslik hollari, mijozga yashash tarzini o‘zgartirish tavsiya etiladi, sog‘lomlashtirish muolajalari o‘tkaziladi. Issiqlik kamayishi va suyak massasining kamayish mexanizmi: ayol jinsiy gormonlari sust ishlab chiqariladi; nerv sistemasi fiziologik faol moddalar ishlab chiqaradi; suyaklar rezorbsiyasi tezlashadi; siydik bilan kalsiy chiqariladi; suyak massasi kamayadi; qon tomirlar distoniyasi kuzatiladi; issiqlik quyilishi susayadi. Siydikni ushlab tura olmaslik. Oraliq mushaklarining, siydik pufagi pardalarining atrofiyaga uchrashi sababli, siydikni ushlab turish qiyinlashadi. Tibbiy-ijtimoiy xodim parvarishi: Mijozga tushuntirish kerak. Ruhiy qo‘llab-quvvatlash kerak. Chanoq mushaklarini gimnastika muolajalari yordamida mustahkamlash. Kundalik hayotida yordam berish. Osteoporoz sabablari: mineral almashinuvi buziladi, siydik bilan kalsiy chiqishi kuchayadi. Ichaklarda kalsiy so‘rilishi buziladi, natijada suyak miqdori kamayadi. Suyakning qattiqligi kamayib, osteoporoz rivojlanadi. Hamshiralik parvarishi: osteoporozni aniqlash; diyetoterapiya; davolovchi gimnastika mashqlarini o‘rgatish. Klimakterik sindromni gormonlar bilan davolash maqsadga muvofiq usullardan hisoblanadi. Ammo ayoldagi gormonal balansni, ya’ni tuxumdonning funksional holatini alohida hisobga olish kerak. Tabiiyki, klimakteriya davrining polifollikulin fazasida estrogenlar bilan davolash yaxshi natija bermaydi, chunki organizmda bu davrda estrogenlar ko‘p bo‘ladi. Organizmga estrogenlarni qo‘shimcha ravishda kiritish ayolning umumiy ahvolini og‘irlashtirishi va, hatto, zararli ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Ikkinchi — oligofollikulin fazasida organizmda follikulin juda oz miqdorda ajraladi, klimakteriya davrining og‘ir hollarida follikulin inyeksiyasi qilish, estrogen yuborish mumkin. Bundan ravshanki, estrogen va follikulin bilan davolash tuxumdon funksiyasining yaxshilanishiga yordam berar ekan. Ko‘p qon ketganda uni to‘xtatish va anemiyaga qarshi kurashish maqsadida bachadon ichini qirishga to‘g‘ri keladi. Rak bor-yo‘qligini aniqlash uchun qirib olingan massani gistologik tekshirish uchun labo- ratoriyaga yuborish kerak. Ayolda klimakterik davrda kuzatiladigan turli holatlarni davolashda va bularni profilaktika qilishda ovqat- lanish rejimini to‘g‘ri uyushtirish va gigiyena qoidalariga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Klimakteriya davrida ayol ovqatida nerv sistemasini qitiqlaydigan ovqatlar — kofe, achchiq choy, ziravorlar va spirtli ichimliklar bo‘lmasligi, shuningdek, u sigaret chekmasligi kerak. Ovqat ratsionida sergo‘sht taomlar va qaynatma sho‘rva bo‘lmasligi, buning o‘rniga ko‘proq sut-o‘simlik mahsulotlari, vitaminga boy ovqatlar kiritilishi kerak. Ba’zi ayollar semirishga moyil bo‘ladilar. Shunga ko‘ra, ularga yog‘ va yog‘li go‘sht, pirojniy, shirin nonlarni kamroq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Klimakteriya davrining og‘ir hollarida toza havoda bo‘lish, fizkulturaning yengil turlari bilan shug‘ullanish, badanni har kuni xona haroratidagi suvga ho‘llangan sochiq bilan ishqalash, 35— 36° haroratdagi qarag‘ay ekstrakti, tuzli vannalar yaxshi ta’sir qiladi. Bunday vannani qabul qilish muddati 15 daqiqadan oshmasligi kerak. Davolayotgan shifokor ayolga klimakteriya davridagi alomatlarning kasallik emasligini, ular parhez va gigiyenik rejimga rioya qilinganda ma’lum vaqtdan so‘ng o‘tishini va jarayonning bartaraf bo‘lishini tushuntirishi kerak. Ayolda qon dimlanishi natijasida vujudga kelgan holatlarni yengillashtirish maqsadida, agar ayolda arterial bosim oshgan bo‘lsa, ichaklar faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan surgi dorilar berish lozim. Download 21.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling