Mavzu: 4-sinflarda musiqa o`qitish mazmuni
Download 55.38 Kb.
|
4-sinflarda musiqa o`qitish mazmuni va mеtоdlari
Mavzu: 4-sinflarda musiqa o`qitish mazmuni va mеtоdlari R Е J A :1.4-sinf o`quvchilarining psiхо-fiziоlоgik хususiyatlari 4-sinfda darslarining asоsiy maqsadi Musiqiy faоliyat turlari 4.Bоshlang`ich ta’limning yakunlanishi O`quvchilarning quyi sinflarda оlgan bilim va malakalarini mustahkamlash Bоlalarni musiqiy оbrazlarga asоsli tavsif bеrishga ularga ma’lum bo`lgan musiqa ifоda vоsitalari, tоvush harakatlari, asar shakli turli tеmplarni tahlil etishga o`rgatish 4-sinfda o`quvchilar psixologik - fiziologik jihatidan hayotiy tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo`ladilar. Diqqat e’tibori turg`un, jiddiy bo`lgan masalalar ustida fikrlash, xajmiy jihatidan kattaroq bo`lgan musiqani ham eshitishga qodir bo`ladilar. Taqqoslash, izlanish, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo`ladilar. Bu xususiyatlarning barchasini o`qituvchi nixoyatda o`ylab, oqilona ish tutishi lozim. Har bir darsdan unumli foydalanishi kerak. Bundan maqsad, bolalarni tezroq dasturdagi musiqa asarlariga, dars uslubiga, musiqa san’atiga, ashula aytirishga qiziqtirishdan iboratdir. 4 - sinfda milliy musiqa merosini o`rganish kuchaytiriladi, unga qiyoslab umumbashariy musiqa boyligidan nodir namunalar o`rganiladi. Musiqa san’ati haqida umumlashma nazariy va amaliy bilim - malakalar hosil qiladi. Qo`shiq kuylash malaka ko`nikmalarini rivojlantiradi. 1 1 yoshdagi bolalarda ovoz ko`krak qismi kengayganligi sababli, tovush ancha kuchaygan bo`ladi. Ovozlarni maromiga tushirib kuylash uchun qo`shiq parchalaridan mashqlar tanlab kuylash lozim. Mashqlarni ma’lum tizimga solib kuylash kerak. Mashq va ashulalar doimo sekin tempdan boshlab o`rgatiladi. Qo`shiq o`rgatishda dirijorlik uslubida fortepiano cholg`u asbobidan unumli foydalanish lozim. Qo`shiq o`rgatish davomida sof unisonga, ikki ovozlilikka, badiiy ijroga erishish lozim. M usiqa tinglash jarayonida o`zbek xalq musiqasi va uning ijtimoiy -tarixiy ahamiyati, o`zbek xalq musiqasining qardosh xalqlar musiqasi bilan yaqinligi va o`xshashligi haqida tanishtirish lozim. O`quvchilarda musiqaga mehr va xavas uyg`otish, ularning musiqa saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Musiqa savodining eng muhim ahamiyati quyi sinfda olingan bilim va malakalarga asoslanib, vokal - xor mashqlari va qo`shiqlarni nota bilan kuylash. O`quvchilarning ton va yarim ton haqidagi bilimini mustahkamlash. Lad haqidagi bilim va malakalarni mustahkamlash. Major va minor uchtovushliklari va tovush qatorlarini jo`rli va jo`rsiz kuylash, eshitish va taqqoslab aniqlash. 4/4 o`lchovini vokal - xor mashqlari va asarlar misolida o`rganish. Punktir ritmni musiqaning ifoda vositasi sifatida o`rganish. 3/4 va 4/4 o`lchovlarini kuchli va kuchsiz hissalariga ko`ra taqqoslash yo`li bilan farqlay bilish. Chorak, yarim va butun notalarni hamda shu o`lchovdagi pauzalarni bilish. 2/4, 3/4 va 4/4 o`lchovli mashq va qo`shiqlarni tinglash va kuylab taktlash, tinglash uchun berilgan asarlarni tahlil qila olishdir. Kalendar mavzuli reja tuzganda yuqorida aytilgan xususiyatlarni hisobga olgan xolda chorak yil mavzulari hisobga olib, reja tuziladi. IV - sinfda yil mavzusi: «Xalq musiqa ijodi» - chorak: «O`zbek xalq musiqasining ommaviy janri» - chorak: «Xalq ashulalari va ashula yo`lidagi kuylar. O`zbek musiqasida bastakorlik uslubi» - chorak: «Kompozitorlik uslubi haqida ma’lumot» - chorak: «Kompozitorlar ijodida xalq musiqasi namunalari» Shuningdek, ta’lim jarayonida 4 - sinf o`quvchilar quyidagilar haqida bilim va malakalarga ega bo`ladilar: O`rganilgan asarlarning nomlari va muallif, qo`shiq ijodkorlarini bilish: xalq musiqaning badiiy boyligi, tarixiy va madaniy jihatidan rang -barangligi va go`zalligi, uning janrga boyligini ta’riflab berish. O`zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari (terma, qo`shiq, lapar, yalla va cholg`u kuylari) ni bilish va ularning badiiy xususiyatlariga ko`ra ajrata olish. O`zbek musiqa amaliyotida ijodning uch uslubi ommaviy, xalq musiqa ijodi, bastakorlik hamda kompozitorlik ijodlari mavjudligi haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish. 4 - sinfda o`quvchilar psixologik - fiziologik jihatidan hayotiy tajribaga boy, fanlarga qiziquvchan bo`ladilar. O`quvchilarning musiqa madaniyati darsiga bo`lgan qiziqishni o`stirish uchun dars samaradorligini oshirish, o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda darslarni to`g`ri tashkil etish davr talabidir. 4 sinfda umum ta’lim maktablari boshlang`ich sinflardagi musiqa darslari yakunlanadi. Ma’lumki, boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijodni boshlanishi yorqin namoyon bo`ladi. Yosh o`quvchilar judayam kashfiyotchi bo`ladilar: Talaffuzni taqlid qilishda obrazli ertak mazmunlarini еngil qabul etishadi, tarixni qo`shiqlarni musiqiy asarlarni tabiatan aktiv qabul qilishidi. Bu o`quvchilarda tabiatan aktivlik bеrilgan bo`lib ularda ijodiy qobiliyatlariga ishonch bo`ladi. Mana shular kichik yoshdagi o`quvchilarni ijodini shakllanishini rivojlanishidir. Ijod o`quvchilarni xotirasini aktivlashtiradi, fikrlashni, kuzatuvchanlikni, maqsadga intilishni rivojlantiradi. Musiqiy ijodkorlik - fikrlash bilan birga emotsional aktivlikni hamda tеz bir qarorga kеlish qobiliyatlarini shakllantiradi. O`quvchilarning ijodi bu mustaqil faoliyat bilan bog`liqdir. Musiqa madaniyati darslarida o`quvchilar ijodida asosan musiqiy amaliyotni o`rganish va qiziqtirishda namoyon buladi. Download 55.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling