Mavzu-4: Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari (O‘zr mda). O‘zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar
Statistik manbalar va davriy matbuot materiallari
Download 261.48 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу пдф манба
Statistik manbalar va davriy matbuot materiallari.
Sovet davrida davlat statistika xizmati yo‘lga qo‘yildi. 1918 yilda Markaziy statistika boshqarmasi tuzildi. SHu vaqtdan Turkiston SSRda xam statistika tizimi shaxobchalari vujudga kela boshladi. Statistik xisob iqtisodning turli tarmoqlari xamda ijtimoiy jarayonlarning boshqa muxim soxalarini qamrab oldi. Jumladan, axoli, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, xalq ta’limi, savdo, moliya, sog‘liqni saqlash, mexnat va ish xaqi xamda boshqa soxalarga taalluqli statistik ma’lumotlar muntazam ravishda yig‘iladigan bo‘ldi. Statistik manbani taxlil qilish chog‘ida unga tanqidiy yondashish zarurdir. Bundan asosiy maqsad, keltirilgan fakt va raqamning to‘g‘ri ekanligiga ishonch xosil qilishdir. SHuni xam esdan chiqarmaslik kerakki, ayrim davrlarda masalan urushdan oldingi yillarda, 70- 80 yillarda ayrim statistik ma’lumotlar ataylab soxtalashtirilgan edi. Masalan I Ba II besh yilliklarning yakunlari shaxsan Stalinning ko‘psatmasi bilan ancha oshirib ko‘rsatilgan. Bundan maqsad Stalin va kompartiya tutgan yo‘lning naqadar samarali ekanligini xalq va jaxon afkor ommasiga ko‘z-ko‘z qilish edi. 70-80 yillarda esa O‘zbekistonda etishtirilgan paxta xom- ashyosining miqdori oshirilib yozilar edi. SHu yo‘l bilan sovet xukumatida ro‘y berayotgan iqtisodiy inqirozni xaspo‘shlashga xarakat qilardi. Statistik ma’lumotlarni qiyosiy tarzda taxlil etish maqsadiga muvofiqdir. Bitta yoki ikkita fakt biron-bir xodisa xususida atroflicha ma’lumot bera olmaydi. SHuning uchun bunday ma’lumotlarni taxlil etishda ko‘pincha qiyoslash uslubi qo‘llaniladi. Turli fakt va raqamlarni bir-biriga solishtirib, ijtimoiy xodisalarni rivojlanish tendensiyalari va sur’atlari aniqlanadi. Statistik ma’lumotlar o‘z vaqtida qisman nashr etilgan. 1960 yildan to 1983 yilga qadar rus tilida «O‘zbekiston xalq xo‘jaligi ___ yilda» nomli statistik to‘plami nashr etildi. Mazkur to‘plam respublikamiz xalq xo‘jaligining barcha soxalariga doir faktik ma’lumotlar yig‘ilgandir. Ammo statistik ma’lumotlarni asosiy qismi nashr etilmagan va xozirgi kunda arxiv fondlarida saqlanmoqda. E’tiborga loyiq statistik ma’lumotlardan yana biri - bu aholini umumiy ro‘yxatga olish materiallaridir. Bunday ro‘yxatga olish dastlab 1897 yilda amalga oshirilgan edi. Sovet davrida 8 marotaba axoli ro‘yxatga olindi. (1920 1923,1926,1939,1959,1970,1979 va 1989 yillarda). Axolini ro‘yxatga olish materiallari tarixchi uchun juda muxum ma’lumotlar beradi. Lekin axolini ro‘yxatga olishlar o‘rtasida ancha uzoq muddat o‘tganligi sababli tadqiqotchilar ko‘p xollarda joriy demografik statistika materiallariga murojat qilishadi. Sovet davri manbalari orasida davriy matbuot muxum o‘rinda turadi. Kompartiya va Sovet davlati fuqorolarining ongiga sotsialistik mafkurani singdirishda matbuot organlariga muxim rol ajratgan edilar. SHu boisdan Sovet davrida O‘zbekistonda nashr etilgan gazeta va jurnallar soni muttasil oshib bordi. 1918 yilda Turkiston ASSRda 18 ta nomda gazeta va jurnallar nashr etilgan bo‘lsa, 70 yillarga kelib respublikamizda nashr etilgan gazetalar soni 125 tani, jurnallar soni 50 tani tashkil etdi. Sovet davrida nashr etilgan gazeta va jurnallarni shakli va mazmuniga qarab turli shakllarga bo‘lish mumkin. Davriy matbuot respublika va maxalliy gazeta va jurnallar: partiya va xukumat va jamoat tashkilotlari nashrlariga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ilmiy adabiy-badiiy nashrlarga bo‘linadi. Bu davrda O‘zbekistonda 6 ta tilda gazeta va jurnallar nashr etilar edi. SHuni qayd etish kerakki, sovet davrida matbuot partiya komitetlarining nazorat ostida bo‘lib, sotsialistik mafkura zaminida shakllandi va rivojlandi. Senzura partiya va xukumatning siyosatiga mos bo‘lmagan materiallarni nashr etishga yo‘l qo‘ymasdi. Lekin shunga qaramay, matbuot davr nafasini bizga etkazdi, o‘tmishninig jonli lahzalarini o‘z sahifalarida aks ettiradi. Tadqiqotchi o‘zini qiziqtirgan mavzudan kelib chiqqan xolda qaysi gazeta va jurnallardan foydalanishni bilishi mazkur matbuot organlarida nashr etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlashi zarur. Buning uchun matbuotdagi materiallarni boshqa manbalar bilan solishtirish lozim. Download 261.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling