Fortepiano fanidan ochiq dars ishlanmasi
Mavzu:
5-sinf o’quvchisi Yunusova Nilufarxon bilan “Etyud” haqidagi bilimlarni oshirish.
O’qituvchi: Zokirova G.A
Dars vaqti: 5-oktabr dushanba 10:45-11:30. 2020- yil.
Mavzu: Etyud haqidagi ko’nikmalarni oshirish.
Maqsad: Texnik ko’nikmalarni oshirish va shakllantirish.
Asarlar: K.Cherni “Etyud” C-dur.
E-dur, gis-moll gammalari.
Ta’limiy: O’quvchida ijrochilikka bo’lgan qiziqishni rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchini bilim va ko’nikmalarini oshirish.
Darsning metodi: Og’zaki va amaliy.
Darsning jihozi: Cholg’u asbobi (Fortepiano) turli xil ko’rgazmali qurollar, kompozitor K.Cherni rasmlari, kitoblar.
Darsning borishi:
Uyga vazifani tekshirish.
E-dur, gis-moll gammasini to’liq, xatosiz chalish.
K.Cherni Etyud C- dur oxirigacha xatosiz chalib kelish.
Yangi mavzu:
O’quvchiga texnikasini oshirish uchun Ganon mashqlaridan chaldirish. 1,2,3- mashqlarni 2 qo’lda notaga qarab chalish. Keyin to’xtalishlar bilan yaxshilab ishlash. Sanoqni ham unutmasdan yaxshilab sanasb chalish ko’nikmalarini oshirish.
“Etyud” so’zi Fransuzcha – Aynan mashq, o’rganish ma’nosini anglatadi. Etyudlar san’atda turli xil yo’nalishlarda uchraydi. Masalan, tasviriy san’atda etyudlar borliq(natura)ni chizishni o’rganish maqsadida yaratilgan asar. Musiqada etyud- bu cholg’u ijrochiligining muayyan texnik usulini qo’llashga asoslangan va sozandaning malakasini oshirishga mo’ljallangan asardir.
K.Cherni “Etyud” kuyini ham chalib berib o’quvchiga eshittirish va uning tempini oshirish uchun mashqlarni chalib o’rganish.
Uyga vazifa berish:
E-dur va gis-moll gammasini mashq qilib chalish va temp tezligiga erishish.
Etyud tempini tezlashtirish.
Ganon 1,2,3 mashqlarni yaxshilab o’rganib chalib kelish.
Izohli baholash:
Vazifa to’liq bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |