4. Revo Uninstaller
Operatsion tizimga o‘rnatilgan dasturlarni o‘chirish – deinstallyasiya qilish uchun uning o‘zidagi jihoz hamisha ham yaxshi ishlayvermaydi. Ko‘pincha u orqali o‘chirilgan dasturlarning «izlari» tizimda qolib ketadi. Shu bois ham sizga bu maqsadda Revo Uninstaller’dan foydalanishni tavsiya etamiz. U o‘chirilayotgan dasturlar bilan bog‘liq barcha ortiqcha fayllarni, jildlarni va reyestrdagi kalitni ham yo‘q qilib tashlaydi.
5. Ditto
Klaviaturada ishlovchilarning barchasiga almashtirish buferi uchun menejer kerak bo‘ladi. Ular orasida eng yaxshilaridan biri esa Ditto dasturi hisoblanadi. U birdaniga bir nechta belgilab olingan parchalarni eslab qolishni ajoyib tarzda uddalaydi. Shuningdek, mazkur dastur buferga olingan parchalarni turli kompyuterlar orasida sinxronlash qobiliyatiga ham ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |