Тalabalar tekshirgan test javoblarining
baholash tartibi
O’qituvchi har bir kichik test savollari va javob variantlarini yozdirib bo’lgach, javobini topish uchun 0.5 min vaqt beradi va keyingi savolga o’tadi. Bu jarayon 10 ta savolga 10 marta takrorlanadi.
Bu jarayon tugagach, ikki qatorda o’tirgan talabalarning testlari alohida – alohida yig’ib olinib, chap qatordagilarning testlari o’ng qatordigilarga, o’ng qatorniki esa chap qatordagi talabalarga tarqatib beriladi.
Qo’liga kimning testi berilganidan qat’iy nazar, talaba o’qituvchi aytib turgan javoblarga asosan, har bir to’g’ri javobning to’g’risiga 5 ball dan qo’yib chiqadi. So’ngra qo’yilgan 5 ballarni hisoblab, 10 ta savoldan to’plangan jami ballarni test oxirida yozib qo’yadi va tekshiruvchi, deb o’z ismi- sharifini yozib, imzo qo’yadi. Buning boisi, talaba o’z o’rtoqlariga yordam berish maqsadida ham noto’g’ri javobini ham to’g’rilab, 5-10 ball qo’shib qo’yishi mumkin.
O’qituvchi keyin o’zi ko’rib chiqqach, agar bir talaba shunday ―og’aynigarchilik‖ qilgan bo’lsa, aynan tekshiruvchidan jarima balli olinadi. O’qituvchi tekshirish oldidan bu haqida talabalarni ogohlantiradi. Shu bois tekshirgan talaba ismi-sharifini yozib, imzo chekadi.
Kichik test talabalar tomonidan tekshirilib, ballar qo’yib chiqilgach, o’qituvchi ularni yig’ib oladi va testlar javoblari uchun jurnalga qo’yiladigan ballarni e’lon qiladi.
Ball berish tartibi quyidagicha:
Ball berish tartibi quyidagicha:
10 ta savol. Har bir savolga 5 balldan ajratilgan bo’lsa 10 savolning to’g’ri javoblari 50 ballni tashkil etadi. Тalabalarning ayrimlari 8, 9, 10 ta savolga to’g’ri javob bergan bo’lishi ham mumkin.
50 ball taqsimlanib, jurnalga tushadigan quyidagi ballar e’lon qilinadi:
50-40 ball yiqqanlarga - 2 ball
30-35 ball yiqqanlarga - 1 ball
20-25 ball yiqqanlarga -0.5 ball
Kimlar shu ballarni yiqqan bo’lsa, bu ballar jurnalga tushiriladi.
Bu usulda o’qituvchi test javoblarini tekshirishdan ozod bo’ladi. Тalabalarning o’zlari o’qituvchi o’rnida kursdoshlari ishiga baho beradi. Тest natijalari ham shu darsning o’zida chiqariladi.
Eng muhimi, guruh talabalarining barchasi shu darsda ball olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Тalaba o’qituvchi ko’rsatmasi asosida ish tutib, o’z guruhdoshi, o’rtog’ining ishiga xolisona, haqqoniy baho berishga o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |