Mavzu: №8. Aholini evakuatsiya qilish prinsipi. Reja


Download 45 Kb.
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi45 Kb.
#1041211
  1   2
Bog'liq
Mavzu №8. Aholini evakuatsiya qilish prinsipi.


Mavzu: №8. Aholini evakuatsiya qilish prinsipi.


Reja:

  1. Aholini evakuvatsiya qilish prinsipi.

  2. Tabiiy va texnogen tusdagi FV yuz berganda va harbiy harakatlar sharoitida aholini muhofaza qilish.

  3. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish.



Tayanch so’z va iboralar:
Aholini evakuvatsiya qilish prinsipi.Tabiiy va texnogen tusdagi FV yuz berganda va harbiy harakatlar sharoitida aholini muhofaza qilishn.Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish.
Asosiy matn.
Aholini evakuvatsiya qilish prinsipi bo’yicha ikki tur xildir:

  • ishlab chiqarish-hududiy;

  • hududiy bo’lishi mumkin.

Bunda, FV yuz bergan hududdan ishchilar, xizmatchilar, o’quvchilar, talabalar, korxonalar, tashkilotlar, muas-sasalar, o’quv yurtlari bo’yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish idoralari, shirkatlar orqali turar joylan bo’yicha transportda yoki piyoda olib chiqilishi nazarda tutiladi.
Muayyan hollarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish hududiy turiga ko’ra, bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshiriladi.


Tabiiy va texnogen tusdagi FV yuz berganda va harbiy harakatlar sharoitida aholini muhofaza qilishning eng samarali usuli aholini evakuvatsiya qilishdir. Insoniyat aholini himoya qilishning bu samarali usulidan uzoq vaqtlardan beri foydalanib keladi.
Evakuvatsiya masalalari ayniqsa, 1 va 2-jahon urushlarida keng rejalashtirilib, unda o’n millionlab kishilar minglab chaqirim uzoqlikdagi xavfsiz joylarga ko’chirilganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida sobiq Ittifoqning front oldi hududlaridan 1500 dan ortiq muhim sanoat korxonalari o’zlarining ishchi-xizmatchilari, ularning oila a’zolari bilan mamlakatning ichkarisiga ko’chirilganligi ma’lum.
XX asrning 60-80-yillarida aholini evakuvatsiya qilish masalasi yirik shaharlar aholisini ommaviy qirg’in qurollaridan, birinchi navbatda yadro qurolidan muhofaza qilishning asosiy usuli sifatida o’rtaga qo’yildi.
Oxirgi yillarda esa tabiiy va texnogen tusdagi FV lar sodir bo’lgan hududlardan aholini evakuvatsiya qilish zarurati tobora ortib borayotir.
Masalan, CHernobil AESida sodir bo’lgan halokat, Armanistonning Spitak, Leninakan, Kirovakan va Stepanakert shaharlarida yuz bergan zilzila, O’zbekis-tonning Shohimardon va boshqa joylardagi yuz bergan FVlar bunga yorqin misoldir.
1986-yilda CHernobil AESidagi halokat tufayli radiatsiya tarqalishi bois uning tevaragidan 200 mingdan ortiq kishi ko’chirildi. 1998-yilda Shohimardonda yuz bergan fojeaning dastlabki 2 kecha-kunduzida 14200 kishini, jumladan, 3150 bolalarni xavfsiz joylarga ko’chirishga to’g’ri keldi.
Texnogen, tabiiy, ekologik va harbiy tusdagi FV yuz bergan hududlardan aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuvatsiya qilish tadbirlarini rejalashtirish va o’tkazish aholini FV ning oqibatlaridan muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Muhandislik texnik tadbirlari va qoidalariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi joylashgan mintaqa quyidagi hududlarga bo’linadi:

  • xavfli hudud bu qattiq vayronagarchiliklar (zilziladan va boshqa FV lardan), kimyoviy, radiatsiyaviy zaharlanish, halokatli suv toshqini, sel kelishi, yer, qor ko’chkilari va boshqa hodisalar bo’lishi ehtimoli bor hududlar;

  • shahardan tashqari, xavfsiz hudud FV xavfi bor hududlardan tashqaridagi evakuvatsiya qilingan aholini joylashtirishga mo’ljallangan yaroqli hudud.


Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling