8. Korreksion dasturda ijtimoiy muhitdagi yaqin kishilarning faol
ishtirokini ta’minlash tamoyili
Bu tamoyilda mijozning psixik taraqqiyoti uning atrofidagilarning roli bilan belgilanishi mumkinligini e’tiro f etadi. Bola o‘z yonidagi kattalar bilan aloqador holda, birgalikdagi faoliyati orqali baholanadi.
Zotan bola tevarak-atrofdagilardan ajralgan holda emas, balki ular bilan birgalikda rivojlanadi.
Shaxs jamiyatning a’zosi, ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo‘lmish individdir. Shaxsning boyligi, uning hayotga faol munosabati, boshqa kishilar bilan boMadigan aloqalarining turli-tumanligiga bogliq boMadi.
Har-bir bola yashaydigan ijtimoiy muhit bir emas, balki bir necha qavatdan (zonadan) iborat. Eng yaqin va birinchi qavat oilaviy muhitdir.Oilaga qaraganda kengroq qavatni bolanig qarindoshlari tashkil etadi. Va nihoyat, eng keng qavat- ijtimoiy muhit hisoblanadi. Undan tashqari bevosita xatti-harakat namunalari alohida kishilarning mulohazalari orqali emas, balki kitob va gazeta, radio, kino, televideniye, jam iyatda o‘matilgan qonun-qoidalar, odamlar, axloqiy talablar, m a’naviyat, milliy qadriyatlar orqali amalga oshiriladi.
Korreksion dasturda ijtimoiy muhitdagi yaqin kishilarning faol ishtirokini ta ’minlash bolaning o‘zini xotirjam his qilishiga yordam beradi.
9. Psixik jarayonlarning notekislik darajasi tamoyili
Psixik jarayonlar tuzilmasining turli darajalariga tayanish tamoyili korreksion dasturlarni tuzishda yaxshi taraqqiy etgan psixik jarayonlarga suyanish va ularni aktivlashtiruvchi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini k o ‘rsatadi.
Psixokorreksion ishlarda mijoz psixologik ta’siridan so‘ng quyidagilarga qarab baholanadi:
Psixologik ta’sir samarasini belgilashda psixofiziologik metodlardan foydalanish mumkin. Ular insonning vegetativ-somatik fiziologik va psixik funksiyalarini baholaydi. Psixokorreksion ta’sirning samaraliligi kriteriysi har bir shaxsdagi salbiy o'zgarishlarni aynan uni o‘ziga xos ekanligini hamda tanlangan psixokorreksion metodlar ta’siri shu o‘zgarishlarga qaratilganligini hisobga olish bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |