Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi


Download 131.69 Kb.
bet26/38
Sana14.03.2023
Hajmi131.69 Kb.
#1267485
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
9-mavzu. Psixologik xizmat asosolari qunduz

O‘yinning qoidalari:
1.Faqat katta odam aytgan bolalar ovoz chiqarishadi va o ‘zining ju ftin i chaqiradi.
2.E ’tiborli boMish zarur va o‘zining sherigiga vaqtida javob qaytarish kerak.
3.Olingan rasmni vaqtidan avval ko‘rsatish ta’qiqlanadi.Ma’lum vaqtgacha bu har bir bolaning siri boMishi kerak.
Bolalarning o ‘yin va o ‘yinchoqlari yoshga mansubligi juda nisbiy hodisa: ularning deyarli barchasini kichik bola imkoniyatlariga moslashtirish «jonli», «haqiqiy», rivojlantiruvchi va qiziqarli qilish mumkin. 2 yoshli bolaning imkoniyatlari ancha cheklangan diqqat beqaror, xotirasi hajmi katta emas, fikrlashi k o ‘rgazmali amaliy tarzda cheklangan, nutq ko‘pincha yaxshi rivojlanmagan, harakatlar chaqqon emas. ixtiyoriy xulq shakllanmagan.
2 yoshli bolalar bilan shug‘ullanish uchun o‘yinlar repertuari katta emas va asoson predmetli manipulyativ faoliyat doirasida cheklangan.
L.S.Vigotskiy ongning sistemaliligi haqida gapirar ekan, ilk va maktabgacha bolalikdagi psixik funksiyalarning o‘zaro bo g ‘liqligiga yorqin tav sif beradi. Ilk bolalikning asosiy funksiyasi u idrokni biladi, xotira, diqqat, tafakkur, idrok aktining m a’lum momenti, uning davomi va rivojlanishi sifatida namoyon boMadi. Bola o‘zi ko‘rayotgan yo eshitayotgani haqidagina gapiradi va u bilan shu haqida gaplashishadi.
Bunda xotira faol tanib olish sifatida namoyon boMadi, tafakkur esa k o ‘rgazmali maydondagi harakat bilan cheklangan, nutq idrok strukturasini umumlashtirish sababli o ‘zgartiradi.
O‘yinlar bolada maqsadga y o ‘naltirilgan eshitish idroki, xotira, diqqatni rivojlantirishga k o ‘makIashmogM kerak. Uch yoshgacha boMgan bolalar uchun rivojlantiruvchi o ‘yinlar ko‘rgazmali amaliy reja bilan cheklanishi lozim. Ular k o ‘rish obraziga tayanish talab etiladigan o ‘yinlarga tayyor emas (masalan, bola murakkab qirqma rasmni bir elementini boshqasiga moslab yigMshi mumkin, biroq buni namuna asosida qilishga qodir emas) shuningdek, u namuna bo‘yicha mozaikadan naqshni y ig ‘olmaydi, biroq o‘zining naqshini bajonidil yigMb beradi.
T o ‘rt yoshga kirib k o ‘pchilik bolalar bu kabi o ‘yinlarni, avval oson, keyin qiyinroqlarini eplay oladi.
3-4 yoshli bolalar uchun yetakchi faoliyat va muloqot turlari:
- emotsional-bevosita muloqot bolaning kattalar, tengdoshlari bilan muloqoti;
- predmetli manipulyativ faoliyat ilk yoshdagi boladan 3-4 yoshgacha bolaning turli o ‘yinchoqlar va buyumlar bilan faoliyati ularning ijtimoiy - madaniy vazifasiga toMiq mos va kattalar bilan faol hamkorlik mavjud emas.
Bu yoshda bola xatti-harakatlari bevosita predmetlarga bogMiq boMadi, uning istaklari esa uning uchun shaxsiy istaklar sifatida mavjud emas. Kattalar bolani o ‘ziga tortadigan bir buyumni boshqasi bilan almashtirib uning istaklari va harakatlarini boshqaradi.
Aynan ota-onalar ilk yoshidagi bolani toMaqonli rivojlantirishning qulay imkoniyatlariga ega bola unga onasi tushuntirgan narsani, butun guruhga xatto ju d a tajribali va malakali tarbiyachi aytib berganidan ko‘ra osonroq tushunib yetadi.
3-4 yoshli bolalar uchun o ‘yin va mashg‘ulotlarni tanlash qiziqarlilik, soddalik, tashkil etish qulayligi tamoyillari asosiga quriladi.
2-3 yoshli bolalar bilan o ‘yinlar ota-onalar yoki tarbiyachilardan qandaydir alohida bilim yoki kuch talab etmaydi: material vazifasini istalgan uydagi mavjud narsalar, odatda har bir bolaga sotib olinadigan oddiy o‘yinchoqlar bajara oladi. Bu yoshdagi bolalar uchun maxsus rivojlantiruvchi o'yin ch o q lar k o 'p emas: kubiklar, mozaikalar, hisob tayoqchalari, magnitli alifbo, qirqma rasmlar. Ularning ko‘pchiligi polifunksional bo'Iib, bir yo'la bir necha psixik fuknsiyalar rivojiga ko‘maklashadi.
2. Kichik maktab yoshida psixologik korreksiyaning asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish shakllari
Birinchi marta maktabga qadam qo‘yadigan birinchi sinf o 'quvchilarining maktab talablariga, sharoitlariga moslashishi uchun m a’lum vaqt kerak bo'ladi. Amalda moslashish vaqti hamma bolalarda ham bir xilda sarnarali o'tm asligi mumkin. Bolaning maktabda moslashishdagi qiyinchiliklar faqat ota-onalar arzlaridagina emas, balki o 'qituvchilarning o'quvchilarga berayotgan xarakteristikalarida ham qayd etilmoqda. Masalan, ota-onalar bolaning maktabga borishi, uy vazifasini bajarishni xohlamayotganini, juda asabiy bo'Iib qolganini aytishsa, o 'q ituvchilar bu bolalarning darsda diqqatsizligi, tartibsizligi, tengdoshlari bilan tez-tez aytishib qolishlariga e'tibor berishmoqda.
Bunday bolalarda asabiy ruhiy buzilish, psixik rivojlanishda orqada qolish vujudga keladi. Bolalar maktabda o'qishga qanchalik tayyor bo'lm asalar, maktabda moslashish davri shunchalik qiyin va uzoq o'tadi.
Psixologlar bolaning maktabda o'q ish g a tayyor deganlarida uning jism oniy, psixologik va shaxsiy tayyorgarligini nazarda tutadilar.
O 'q ish n in g dastlabki oylarida maktab psixologining birinchi sinf o'quvchilari bilan olib boradigan asosiy ishlari quyidagilardan iborat:
a) maktabga moslashishga qiynalayotgan bolalarni aniqlash;
b) bu bolalarga psixologik yordam ko'rsatish.
Bu vazifani bajarish uchun bolani maktabga moslashishdagi qiyinchilik ko'rsatkichlarini aniqlash lozim. K o 'rsatk ich lar quyidagicha b o'lishi mumkin:
1) O 'q u v materialini o'zlashtirishda;
2) O 'q itu v ch i talablarini bajarislida qiynalish, o 'q u v vazifalarini bajarishda ixtiyoriylik xususiyatlari, harakat aktivligining o'zgarishi, bolaning emotsional xususiyatlari, o'q ish g a, maktab xayotiga qiziqishlari, o ‘qituvchi va tengdoshlari bilan muloqotga urishish- laridagi qiyinchiliklaridir.
Bolani har tomonlama psixologik tekshirib, keyin u bilan olib boriladigan tuzatish ishlarini ko‘rsatish mumkin. Psixolog tuzatish metodlarini rejalashtirayotganda bolani maktabga moslashishga ijobiy ta’sir etadigan omillarni, ya’ni o‘quvchini o‘zini to‘g‘ri baholashi, oilada to‘g‘ri tarbiyalanishi, oiladagi kelishmovchiliklarning bartaraf etilishi. tengdoshlar orasida bolani hurmat qozonishini hisobga olish lozim. Maktab psixologining o'zlashtira olmovchi boshlangich sinf o ‘quvchilari bilan olib boradigan ishlari uning faoliyatidagi amaliy yo‘nalishi tashkil etadi. Psixolog bunday o‘quvchilar bilan olib boradigan ishning asosiy yo‘nalishlari haqida gapirishdan oldin o'zlashtira olmaslik sabablarini ko'rib chiqamiz. Maktabgacha yosh davridan maktab yoshi davriga o'tish ancha qiyin kechadigan davrdir.
Odatda maktabga borish bilan bogMiq boMgan qiyinchiliklar va muammolar quyidagilardan iborat:
1. Yangi o'quv tartibi bilan bogMiq boMgan qiyinchiliklar. Bunday qiyinchilik ko‘proq maktabgacha tarbiya muassasalariga bormagan bolalar uchun xosdir.
2.Bolaning sinf jamoasiga moslashuvidagi qiyinchilik.Bu holat bolalar jam oalariga yetarli darajada ishtirok etmaganlarda ko‘proq uchraydi.
3. O'qituvchi bilan o‘quvichi munosabatlarida yuzaga keladigan qiy inchiliklar.
4. Bolaning oilaviy sharoiti o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar.
Bu qiy inchiliklar bola rivojlanishining yangi ijtimoiy sharoitlarida asta - sekin o‘z ifodasini topadi. Psixologlar maktabdagi psixogen buzilish bolalarning sinfda o‘qishidagi qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlaridan biri deb ko‘rsatadilar.
Ruhiy omillar ta’siri ostida kelib chiqadigan kasallik psixogen kasallikdir. Mazkur kasallik bolaning maktabda, oilada ob’ektiv va su b ’ektiv mavqeining buzilishida. ta ’lim-tarbiya jarayonining qiyinlashuvi hamda uning shaxsda psixogen tarkib topishida namoyon boMadi. Ta’limdagi qiyinchiliklarning alohida olingan sabablaridan kelib chiqib ularni tahlil qilish "Uddalanilmayotgan" materiallarni, masalan, yozuv yoki o‘qishni bosh asos qilib olish, keyin esa ularni keltirib chiqarayotgan omillarni ko‘rib chiqish mumkin. O‘qituvchi bolalarda uchraydigan har qanday qiyinchilikni uning o‘zlashtirishi bilan bogMaydi. Bunda bolani baholash odatdagidek o‘ziga xos shaklda bo‘ladi, a’lochi, demak, yaxshi o‘quvichi, yomon baho olsa yomon o‘quvichi. Mazkur shaklga xos choralar ko‘rilgan. Masalan, maktabda yomon o‘zlashtirgan o‘quvichining ota-onasi chaqirtiriladi, g‘azab- langan o‘qituvchi ularga o‘z farzandlariga yomon qarayotganliklarini, yomon tarbiya berayotganliklarini, ular bilan kam sh u g‘ullana- yotganliklarini aytib noliydi. Yana ham achinarlisi o‘qituvchi sinf oldida yuqori ovoz bilan bolani kamsitadi. Ko‘pchilik, xattoki eng tajribali o‘qituvchilar ham o‘zlashtirmasligi sababini o‘quvichining dangasaligi, noshudligi, tarbiyasizligi bilan baholashga urinadilar.
O‘qituvchi o ‘zlashtirmaslikning haqiqiy sabablari to‘g‘risida kamdan kam o‘ylaydi va tabiiyki, uni bartaraf qilishning o‘ziga xos chora tadbirlarini izlaydi. Shuning uchun quyida maktab psixologining boshlangich sinf o‘quvichilari bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan psixologik tuzatish ishlarininng ayrim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Misol tariqasida E.L.Yakovleva tomonidan tak lif etilgan tuzatish dasturini xavola qilamiz. Yozilgan so‘zlarni tahlil qilish, ulardagi harflarni ko‘rish uchun bolalarga diqqat qilish o‘yinlari tak lif qilinadi.
Bu o‘yin asosida sinash, tuzatish testi yotadi. Buning uchun katta shrift harflarida bosilgan eski ertak kitoblari olinadi. Bolalarga 5 minut davomida uchragan a harfini chizish tak lif etiladi. Bunda bola 4 va undan ortiq a harfini qoldirsa yutqazadilar, agar kam qoldirsa yutadilar, degan shart qo‘yiladi. Yutganlar ragbatlantiriladi. O‘yinni har kuni o‘ynagan ma’qul, yutuqlar natijasi esa, bir haftada bir marta e’lon qilinadi va g‘olib taqdirlanadi. Topshiriqni bir-biriga qo‘shni bolalarning o‘zlari tekshiradilar. Chunki bu yoshdagi bolalar o‘z ishlaridan ko‘ra o'zg alar ishiga juda qiziqadilar. Shunga ko‘ra ular sezmay qoldirgan xatolarga ko‘ra ularning bir necha minut davomida diqqat e’tiborlarini to‘plagan holatlari juda ahamiyatlidir.
3. Aksentuatsiyalashgan o ‘smirlar psixokorreksiyasi
O‘smirlar deviant xulq-atvorining ko‘plab determinantalari orasida eng muhimlaridan biri shaxsning patoxaraktereologik rivojlanishi va xarakter aksentuatsiyasidir.
A.Lichko va L.Rubina aniqlashicha, psixonevrologik dispanserlarda ro ‘yxatga olingan 78% o‘smirlar voyaga yetmagan bolalar ishlari bo‘yicha inspeksiyada ham ro ‘yxatda turadi. Shu bois xarakter aksentuatsiyasini erta tashhis qilish amaliy psixolog ishida juda dolzarb aliamiyat kasb etadi. Xarakter aksentuatsiyasi bu ba’zi xarakter xususiyatlarining o'ta kuchayib ketishi va oqibatda, ayrim turdagi psixogen omillar ta’siriga berilishning ortishi va aksincha, boshqa ba’zi omillar ta ’sirida beriluvchanlikning susayishidir. O‘smirlik davrida xarakter aksentuatsiyasi xususiyatlari ayniqsa kuchayib, tashqi tomondan psixopatiyani eslatib yuboradi. Bordi-yu, o‘smirni qurshab turgan ijtimoiy voqelikda aksentuatsiya tufayli paydo bo‘lgan,
A.E.Lichko so'zlari bilan aytganda, «qarshiligi eng ojiz bo‘lgan joyga yo'naltirilgan» psixogen omillar bo'lsa. ijtimoiylashuvchanlikning buzilishi va shaxsning tegishli psixopatik tipga muvofiq shakllanishi kuzatiladi.
O‘smirning xarakter aksentuatsiyasi tipini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. Aniqlangan tip xarakterdagi zaif nuqtalarni ko‘rsatadi, bu esa moslashuvchanlikning buzilishiga qanday omillar sababchi bo'lishi mumkinligini oldindin k o 'ra bilish imkoniyatini beradi.
Bularning barchasi psixoprofilaktika ishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
1970 yilda A.E.Lichko tomonidan o'sm irlar uchun mo'ljallangan patoxarakterologik so'rovnoma ishlab chiqilgan va sinovdan o'tkazilgan. So'rovnoma o'sm irlik yoshida psixopatiya, psixopatik rivojlanish hamda xarakter aksentuatsiyasida kuzatiladigan xarakter tiplarini aniqlashga mo'ljallangan. Hozirgi ko'rinishda PTS (patoxarakterologik tashhis so‘rovnomasi) psixopatiya diagnozini qo'yishda yordamchi vosita bo'lib xizmat qilolmaydi.
So'rovnoma 25 ta mavzuga oid jumlalardan iborat. Mavzular qatoriga shaxsiy vital funksiyalarni (kayfiyat, uyqu, jinsiy muammolar va h.k.) baholash, yaqinlar va atrofdagi insonlarga (ota-ona, do'stlar va h.k.) munosabat va ayrim mavhum kategoriyalarga (tanqid, qonun- qoidalar va h.k.) munosabat kabilar kiritilgan. Jumlalar turli xarakterologik tiplarning xilma-xil hayotiy muammolarga munosabatini aks ettiradi. Shuningdek, ular orasida indifferent, ya’ni diagnostik ma’noga ega bo'lm agan jum lalar mavjud. So‘rovnoma mualliflari fikricha, sinaluvchilarga o'z munosabatini baholash imkoniyatini berish ularga u yoki bu xarakter xususiyati o'ziga qanchalik tegishli ekanini qayd ettirishdan ko'ra ishonchliroq.
Tarbiyasi qiy in o'sm irlaring xatti-harakatlarini ijobiy yo'nalishga burib yuborish uchun ularda m as’uliyat, g'urur, javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni tarkib toptirish lozim. Buning uchun ularga yoshi, kuchi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olib, topshiriqlar berish ayni muddaodir. Ularga kichik jam oani, sport seksiyasini, «tirik burchak»ni boshqarish vazifasini ishonib topshirish natijasida salbiy fe’l-atvorlarni kamaytirish mumkin.
Ularni o‘zlari qiziqqan to‘garaklarga jalb qilish orqali o'qishga salbiy munosabatlari asta-sekin yo‘qolib boradi. Yana eng muhimi shundaki, tarbiyalanuvchilarga ishonish kerak. Ularni qo‘lidan keladigan ishlarga e ’tiborni berib, uni bajarganidan keyin rag'batlantirish, uni ishni yana ham yaxshi bajarishda o‘z fikrlarini bayon qilishi ham muhimdir.
Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda tarbiya berishning maxsus sharoitlarini aniqlash muhim. Ular bilan duch kelgan vaqtda yoki har doim emas, balki, qulay sharoit kelib qolganda ish olib borilsa, ya’ni tarbiyaviy ta’sir ko'rsatilsa, u ko'proq natija beradi.
Ota-ona va o‘smir o ‘rtasidagi muloqotda to'siq lar vujudga kelmasligi uchun psixolog ota-onalarga quyidagi tavsiyalami berishi mumkin:
1) ota-ona o‘smir bilan muloqotda refleksiv tinglash usullaridan foydalanishi;
2) ota-ona bolasi ular bilan qanday muloqot qilishini istasalar, u bilan ham shunday muloqot qilishi;
3) nizo ro'y bergan taqdirda birinchi bo'Iib yarashish tomon qadam tashlashi (bu bilan nizoli vaziyatda odam o'zini qanday tutishi kerakligi ko'rsatiladi, vaziyat yumshatiladi);
4) "Farzandim uni yaxshi ko'rishim ni his etayaptimi?”, "Farzandim meni mehribon, g'a mho'r inson deb hisoblash uchun asosga egami?” ,
“Farzandimga u bilan qilayotgan muomalam yoqayaptimikan?”, “Farzandim bilan urushib qolganimizda men undan hafa bo'lam an, shu paytda u nimani his etar ek an ?”, "Farzandim ikkalamiz hamkorlikda jo n dildan bajaradigan birorta ish borm i?” kabi savollarga javob qidirib, ota- ona o 'zig a bola k o'zi bilan qaray olishi zarur.
O'sm irlik davri muammolari bilan ishlayotgan psixolog, birin- chidan, o'sm irlarga o'z-o'zin i tushunishga yordam berishi, ikkinchidan, ota-onalarga ushbu davrning xususiyatlarini, imkoniyatlari va xavfli tomonlarini yoritib berishi kerak.

Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling