Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi


Yetuklik davridagi psixokorreksiyaning o‘ziga xos tomonlari


Download 131.69 Kb.
bet28/38
Sana14.03.2023
Hajmi131.69 Kb.
#1267485
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
9-mavzu. Psixologik xizmat asosolari qunduz

5. Yetuklik davridagi psixokorreksiyaning o‘ziga xos tomonlari
Birinchi bosqich. Kamol topishning bu bosqichiga 28 - 35 voshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odamni o‘zining barcha kuch-quvvati, qobilyati, aql zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi.
Erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari yetaklaydi. Yetuk shaxsning boshqalarga munosabati, ularning baholashi dinamik stereotipida sezilarli o‘zgarishlar boMadi. U endi faqat o‘zining xatti-harakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, xayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarning, o‘z farzandlarining xulq- atvori, yurish-turishi uchun ham jon kuydiradi, ularga imkoniyati boricha yordam berishga intiladi.
Yetuklik kattalik, donishmandlik, g‘am xo‘rlik, rahnamolik davridir. Boshqa yosh davrlaridagi kabi mazkur davrlarda ham muayyan darajada inqiroz boMadi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishda qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar va tushunmovchiliklar sababli ko‘ngilsizliklar vujudga kelganligini anglay boshlaydi. O‘ziga-o‘zi hisob berish shu davming muhim xusu- siyatlaridan biridir.
Ayrim orzu istaklarni amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlar yetishmasligini anglash uning psixikasida «turg‘unlik» tuyg‘usini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 33 - 35 yoshlarda mnemologik - attension majmua tubdan qayta qurilishidir. Yaxlit mnemologik markazning mantiqiy qismlarga ajralishi ro‘y beradi.
Attensional holatning omillari saqlanib qoladi, narsa va hodisalarga loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala ko‘rinishga ega boMgan ruhiy holat ham oila a’zolariga tengqurlari mehnat jamoasi ta'siri orqali asta-sekin muayyan koMinishga tushib qoladi.
Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqboli rejasi bilan yashashga harakat qiladilar. Voqelikka, turmush ikr-chikirlariga, tabiat, jam iat, koinot hodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, tinchlik, totuvlik tuyg‘usi bilan yashaydilar.
Ikkinchi bosqichi. Yetuklik davri 36 - 60 yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o‘z ifodasini topuvchi yangi xislat paydo boMadi. Ular shu kungacha mehnat faoliyatini miqdor ketidan quvib yurgan boMsalar, endi mehnat mahsuli sifati ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy turmushga, ijtimoiy xayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr qimmatiga, tevarak atrofga va o'zlariga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikr-chikirlariga, ijtimoiy hodisalarga vazminlik, sabr-toqat bilan xayotning tajribasiga suyangan holda munosabatda boMadilar, har bir insonning nozik tomoni yoki yomon oqibati haqida o‘z fikrlarini bildiradilar. Xayotda qoMdan boy bergan imkoniyatlari, kamchiliklari ularda “yetti o‘lchab bir kes” qabilida ish tutishga undaydi.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko'proq o ‘rin egallay boradi. Uning boshlanish nuqtasi 45 - 50 yoshlardir. Lekin odamning o ‘ziga xos xususivatlariga ko‘ra bu chegara turlichadir. Shu sababli yosh davrning chegaralari turlicha belgilanadi. Bu omil odamlar yashavotgan oila muhitiga, tarixiy shart-sharoitlariga jo‘g‘rofiy iqlim va boshqalarga bog'liqdir. Mazkur yosh davrning o’zgaruvchanligini insonning biologik ijtimoiy va tarbiyaviy omillari belgilaydi.
Yetuklik davridagi erkak va ayollarning o‘zligini anglashdagi «Men» uch xil ko‘rinishida ifodalanadi: «Men» ko‘pincha «Men - obrazi» shaklida o‘z tomonidan talqin qilinadi. Shaxsning men obrazi, 1- Reprospektiv «Men» dan iborat bo‘lib, o‘tmishdagi o‘zligini aks ettiradi.
2-Aktual «Men» sifatida tasavvur etilib, o‘zining hozirgi davrini ifodalaydi. 3-Ideal «Men» obrazi esa yaqin kelajakda o‘zining qanday tasavvur qilish tuyg‘usi bilan bog’liq holda yaratiladi.
Umuman yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun imkoniyatni mehnat va ijtimoiy faoliyatlarga bagMshlagani bilan, ikkinchi tomondan ijtimoiy faolliklari susayib borishi bilan farqlanadi. Chunki insonning keksayishi ham quvonchli, ham o‘kinchli damlarga, kechinmalarga, his-tuyg‘ularga serobligi bilan boshqa davradagi odamlardan ajralib turadi.
Psixologning yetuklik davridagi insonlar bilan ishlashda ularning yoshlariga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olishi psixologik maslahat ishlarini samarali yo‘lga qo‘yishiga yordam beradi.
Keksaygan kishilar bilan olib boriladigan psixoterapevtik ishlar ularning jismoniy, psixik va ijtimoiy funksiyalarini, hayotiy malaka va imkoniyalarini qayta tiklashga yo'naltirilishi lozim. Nafaqaga chiqish insonlarda maMum bir salbiy reaksiyalarni vujudga keltirib, jam iyatdan uzilgandek hislarning paydo boMishiga olib kelishi mumkin. Yetuklik davridagi insonlar bilan olib boriladigan psixoterapevtik dasturlarni tuzishda vaziyatni aniq tahlil qilish, uning kognitiv m azmuniga e’tibor berish, shuningdek, vaziyatni bunday idrok qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni (tibbiy, psixologik, ijtimoiy, ekologik va boshqalar) inobatga olish lozim.

Download 131.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling