2. Kichik maktab yoshida diqqatni rivojlantirish
Diqqatda shaxsning faoliyati va uning ob’ektiv voqelikdagi predmet va hodisalarga tanlab munosabatda boMishi o‘z aksini topadi. U nda inson psixikasining boshqaruvchanlik roli namoyon boMadi: Diqqatsiz maqsadga muvofiq ish yuritish mumkin emas. Har qanday masalani yoki har qanday hayotiy muammoni yechish kishidan mazkur masalaning mohiyatiga, harakat uslubiga diqqatni to‘plash va qaratishni talab qiladi. Inson psixik faoliyatida diqqat alohida o‘rinni egallaydi. Diqqat o‘zi mustaqil psixik jarayon boMmasada, inson psixik faoliyatining barcha sohalarida ishtirok etadi. Diqqat ongning zarur ob’ektga yo‘naltirilishi va qaratilishida, ayni paytda boshqa narsalarga ch alg ‘imaslikda ifodalanadi. Diqqat bir qancha xususiyatlarga ega, bular - diqqatning hajmi yoki ko‘lami, diqqatning taqsimlanishi, to‘planishi, barqarorligi va uning bir ob’ektdan boshqa ob’ektga yoki bir faoliyatdan boshqa faoliyatga o‘tkazilishidir. Diqqatning xusu-siyatlarini o‘rganish va rivojlantirish uchun bir qancha eksperimental metodlardan foydalaniladi.
Quyida diqqatni rivojlantirish usullari bilan tanishamiz.
1-mashq. «Kim chaqqon?»
1. O‘quvchilarga so‘zlarda ko‘p uchraydigan bir xil unli harflarni o‘rganish buyuriladi. Bunda xatolari, qoldirilgan harflar hisoblanadi. Shu bilan birga ular rag ‘batlantiriladi.
2. Diqqatni ko‘chirish qobiliyatini rivojlantirish uchun so‘zdagi unli harflarning birini gorizontal, ikkinchisini vertikal holda ko‘chirish buyuriladi. Asta-sekin mashqlar murakkablashadi. Maqsad - mashq- lami avtom at tarzda bajarish, berilgan vaqt 15 minutdan 30 minut- gachadir.
2-mashq. «Kuzatuvchanlik»
Bunda bolaga uydan m aktabgacha bo‘lgan yo‘lni batafsil aytib berish so‘raladi. O‘smirlar esa yozib berishadi. Bunda ko‘rish qobiliyati va diqqati rivojlanadi.
3-mashq. «Korrektura»
Boshlovchi qog‘ozga gaplarning joyini o‘zgartirib yozadi. O‘quvchi esa bir marta o‘qiydi va xatolarni qizil qalamda to‘g‘irlaydi. So‘ng keyingi o‘quvchiga beriladi. U ham xatolarni to‘g ‘irlaydi. Ular o‘zaio taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |