Mavzu: 9-may Xotira va qadrlash kuni 1 soatlik dars ishlanmasi
Download 59.5 Kb.
|
Mavzu 9-may Xotira va qadrlash
Mavzu: 9-may Xotira va qadrlash kuni 1 soatlik DARS ISHLANMASI. 9- MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining qadr-qimmati buyuk ekanligini o’quvchilar qalbiga singdirish. Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning so’z boyligini, mantiqiy tafakkurini o’stirish. Ro’znoma, oynomalarni o’qishga qiziqish uyg’otish. Dars metodi: tushuntirish, suhbat, mustaqil ish, ko’rgazmali metod va test usulidan foydalanish.
Darsning borishi: 1. Darsni tashkil qilish. o’quvchilarning darsga hozirligi aniqlangach, o’tgan darsda o’tilgan «ikkinchi jahon urushi» bo’limi yuzasidan o’quvchilar bilimi test topshiriqlari orqali aniqlab,baholanadi.O'qituvchi o’quvchilarning qanday bayramga tayyorgarlik ko’rayotganlarini so’raydi va yangi mavzu: 9- may — Xotira va Qadrlash kuni haqida tushuncha beradi. 2. «Eng muqaddas kun» matnini o’qish. 3. Matnni o’qishga tayyorlash. 4. o’qituvchi «Eng muqaddas kun» matnini ifodali o’qib beradi. So’ng o’quvchilar navbati bilan o’qiydilar. 5. Lug’at ustida ishlash: muqaddas — aziz, tabarruk; qadamjo — ziyorat qilish uchun boriladigan, muqaddas deb sanalgan joy, ziyoratgoh. 6. O’quvchilar matnni qay darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash uchun dastlabki suhbat o’tkaziladi. Suhbat uchun savollar: Yurtdoshlarimiz nima uchun kurashdilar? O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9- may haqidagi Farmoni qachon qabul qilindi? Farmonga ko’ra 9- may qanday kun deb e'lon qilindi? Xotira maydonida bo’lganmisiz? - Xotira maydoni haqida bilganlaringizni so’zlab bering. 7. Matn ustida ishlash. Quyidagi rasm sizga tanishmi? Rasmda tasvirlanganlarni qayerda ko’rgansiz? Qachon? Kim bilan? (So’zlang). - Sizning mahallangizda «Xotira va Qadrlash kuni» nima ishlar qilingan? savoliga javob olinadi. 8. Matnni yaxlit qayta o’qitish va yaxlit qayta hikoyalatish. 9. Maqol ustida ishlash. «Qo’shning tinch — sen tinch» maqolining mazmunini ochib bering. Mavzuga bog’lang. 10. «Eng muqaddas kun» matniga oid berilgan savol va topshiriqlarga javob olib mavzu mustahkamlanadi. 11. — «Eng muqaddas kun» matnini o’qib qanday savoliga o’quvchilar javobni tarmoqlash usulida yozib beradilar. 12. Uyga vazifa: «Eng muqaddas kun» matnini o’qish, matnga doir savollar asosida so’zlashga o’rganib kelish. 13. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. Uyga vazifa: Savollarga javob yozish. Download 59.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling