- Maqsad: Sinusoidal tok zanjirining hosil bo`lishi haqida ma'lumotga
- ega bo`lish.
- Reja:
- 1. Asosiy tushunchalar.
- 2. Sinusoidal E.YU.K. ni hosil qilish.
- 3. Sinusoidal E.YU.K. kuchlanish va toklarning haqiqiy va o`rtacha qiymatlari .
- Tayanch so`zlar: Sinusoidal ,E.YU.K., kuchlanish, haqiqiy qiymat, o`rtacha qiymat, amplituda qiymat
Elektrotexnikada, radiotexnikada va boshqa elektr qurilmalarida davriy E.YU.K., kuchlanish va toklar keng miqyosda qo`llanilmoqda. Davriy kattaliklar vaqt bo`yicha o`zgaradi va bu o`zgarish teng vaqtlar T oralig`ida takrorlanadi va bunga davr deyiladi.(40-rasm). Amalda o`zgaruvchan tokning barcha energiya manbalari (elektrostantsiya generatorlari) sinusoidal qonun bo`yicha o`zgaruvchi E.YU.K. ni hosil qiladi.(40 –rasm) - Elektrotexnikada, radiotexnikada va boshqa elektr qurilmalarida davriy E.YU.K., kuchlanish va toklar keng miqyosda qo`llanilmoqda. Davriy kattaliklar vaqt bo`yicha o`zgaradi va bu o`zgarish teng vaqtlar T oralig`ida takrorlanadi va bunga davr deyiladi.(40-rasm). Amalda o`zgaruvchan tokning barcha energiya manbalari (elektrostantsiya generatorlari) sinusoidal qonun bo`yicha o`zgaruvchi E.YU.K. ni hosil qiladi.(40 –rasm)
- 40 -rasm. Har xil formuladagi davriy E.YU.K.lar a-to`gri burchaklik, b –
- trapetsiyasimon, v -uchburchak simon, g -ixtiyoriy , d -sinusoidal
- Bu qonuniyat bo`yicha o`zgaruvchi sinusoidal E.YU.K. va kuchlanishlarning asosiy qulayligi shundaki, elektr energiya uzatish jarayonida uzoq masofalarga (yuzlab va 1000 km) elektr energiya manbaidan iste'molchiga qadar bir necha marta transformatsiyalanganda (o`zgartirilganda) kuchlanishni vaqtga bog`likligi o`zgarmaydi, ya'ni sinusoidal bo`ladi.
-
Hozirgi vaqtda amalda barcha ishlab chiqariladigan energiya sinusoidal tok energiyasi hisoblanadi. Shu energiyani ma'lum bir qismi o`zgarmas tok energiyasiga aylantiriladi. - Hozirgi vaqtda amalda barcha ishlab chiqariladigan energiya sinusoidal tok energiyasi hisoblanadi. Shu energiyani ma'lum bir qismi o`zgarmas tok energiyasiga aylantiriladi.
- Har qanday davriy kattalik bir qator xarakterli qiymatlarga ega bo`ladi. E.YU.K., kuchlanish va toklarni eng katta qiymati yoki amplituda qiymatlari mos ravishda Yem, Um, Im kabi belgilanadi. ( 40 -rasm). Davriy o`zgaruvchi kattalikni qaralayotgan vaqt momentdagi qiymatiga oniy qiymati deyiladi va E.YU.K., kuchlanish, tok mos ravishda e, u, i harflari bilan belgilanadi. Maksimal qiymat - oniy qiymatning xususiy holidir.
- Davrga teskari bo`lgan kattalikka, yoki bir sekundda davriy o`zgaruvchi kattaliklarni to`liq o`zgarishlar soniga chastota deyiladi. f = 1/ T
- Chastota gertslarida (Gts) o`lchanadi. Yevropa va SNG davlatlarida standart sanoat chastotasi f =50 Gts qabo`l qilingan. Amerika va Yaponiyada f = 60 Gts kabo`l qilingan. Bu elektr dvigatellarini optimal aylanish tezliklarini ta'minlaydi va cho`g`lanma lampalar, yoritish lampalarida ko`zga sezilarli bo`lgan miltillashlarni yo`qligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |