Mavzu: Abadiy muzliklarning abadiy o’rni Reja


Download 0.87 Mb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1382275
  1   2   3   4
Bog'liq
Muzlik


Mavzu: Abadiy muzliklarning abadiy o’rni
Reja:

  • 1 Muzlik nima?

  • 2 Trening

  • 3 Muzlik qismlari

  • 4 Mavjud muzlik turlari


Muzlik yillab, asrlab qor yigʻilishi uning ablatsiyasidan (erish va sublimatsiya) oshib ketgan yerlarda shakllanadigan doimiy katta muz jismidir. Muzlik yuzasi kamida 0.1 km², qalinligi esa 50 m boʻladi, u bunday vazn ostida asta-sekin deformatsiyalanadi va oqadi, unda darz va teshiklar paydo boʻladi. Muzlik oqishi natijasida kar va morenalar yuzaga keladi. Muzliklar quruqlikda vujudga keladi, suv havzalaridagi katta muz boʻlaklari esa dengiz muzi deyiladi. Muzliklarni oʻrganuvchi fan sohasi glatsiologiya deyiladi. Muzliklar global kriosfera uchun muhimdir.
Muzlik — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning botiq joyida toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hozirgi vaqgdagi M.lar maydoni 16,1 mln. km² dan ortiq (qarang Muzliklar). M.lar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ M. va tekislik M.ga boʻlinadi. M. ni-shab tomonga surilib turadi. 1 ° qiyalikda yerda M. siljishi uchun kalinligi 55–60 m boʻlishi kerak. 45° qiyalikda 1,5–2 m kalinlikdagi muz siljiydi. M.ning siljish tezligi muz temperaturasiga, joyning qiyaligiga va muz qalinligiga bogʻliq. M. kuniga bir necha mm dan 2–3 m gacha siljishi mumkin. Togʻ muzliklari daryolarni suv bilan toʻyintiruvchi manbadir. Baʼzan siljib borib, vodiylarni toʻsib qoʻyadi va suv toshqinlariga sabab boʻladi.[1]
Yer sayyorasidagi muzliklarning 99% i qutb mintaqalarida yotadi, biroq muzliklarni har qitʼadagi togʻlarda va baʼzi baland orollarda ham uchratish mumkin. 35° shimoliy va 35°S janubiy kengliklar orasida muzliklarni faqat HimoloyAndSharqiy Afrikadagi baʼzi baland togʻlar, MeksikaYangi Gvineya va Eronda topish mumkin.[2]
Muzliklar Yerdagi eng katta chuchuk suv zahiralaridir, ulardagi suv dunyo aholisining uchdan bir qismiga yetadi.[3] Aksariyat muzliklar suvni bir fasl davomida saqlab, boshqa faslda erib chiqaradi, bu erigan suv oʻsimlik va hayvon dunyosi uchun kerakli suv manbaidir.
Muzliklar yogʻinharorat va bulut qatlami kabi uzoq vaqtli iqlim oʻzgarishlariga sezgir boʻlib, iqlim oʻzgarishidan xabardor etadi va dengiz sathi oʻzgarishiga hissa qoʻshadi.

Perito Moreno muzligi, gʻarbiy PatagoniaArgentina.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling