Mavzu: abdujamil faoliyatiga oid materiallar to`plash


Download 22.02 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi22.02 Kb.
#1187448
  1   2
Bog'liq
ABDUJAMIL MUSTAQIL ISH


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MATNSHUNOSLIK VA ADABIY MANBASHUNOSLIK YO`NALISHI
1-BOSQICH MAGISTRANTI
HAKIMOVA SAYYORANING

MAVZU: ABDUJAMIL FAOLIYATIGA OID MATERIALLAR TO`PLASH


Reja:

Xattotlik (arab. – husnixat yozuvchi), kalligrafiya – yozuv (xat) 


sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy 
buyumlarning kitobatlarini yaratish kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi 
natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi 
tufayli xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan
Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob 
tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan 
xattotlar shugʻullangan. Xattotlar saroylarda, ayrim amaldorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397–1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va boshqa ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarni taʼmirlash bilan mashgʻul boʻlgan Xattotlik sanʼatiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari
(nasx,  kufiy, muxakkak, 
nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida 
darak beradi. 

“Xattotlik qadim Sharq sanʼatining behad kamol topgan turlaridan biri hisoblanadi. Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼatining esa boy tarixi bor. XIV–XV asrlarda oʻlkamiz kitobatchiligining ravnaqi beqiyos boʻldi. Bu davrlarda dunyoda kitob chop etadigan bosmaxonalar yoʻq edi. Shuning uchun ham, ayniqsa, Sharqda xattotlik sanʼatiga qiziqish hamda xattotlarga ehtiyoj nihoyatda katta boʻlgan.


Adabiyot va ilm ahli yaratgan bebaho asarlar kotiblar mehnatining sharofati bilan bizgacha yetib keldi. Bu qoʻlyozma asarlar oʻzbek adabiyotshunosligi va tilshunosligi uchun tadqiqot manbai boʻlib xizmat qiladi.
Maʼlumki, bunday qoʻlyozma asarlar Movarounnahr va Xurosonda, ilm-fan rivoj topgan deyarli hamma shaharlarda mashhur xattotlar tomonidan koʻp nusxada kitobat qilingan”. Z. Hamidovning “Navoiy xattotlari” nomli maqolasida shunday deyilgan. Unda qayd etilishicha, qadim Sharq qoʻlyozmalari orasida Mir Alisher Navoiy asarlari salmoqli oʻrin egallaydi. Navoiy ijodini oʻrganish, asarlarini oqqa koʻchirish uning oʻz zamonasidayoq boshlangan. Uning asarlari oʻzi yashab turgan yurtdagina emas, balki bir qancha xorijiy mamlakatlarda ham dastxat sifatida keng tarqalgan edi. Jumladan, shoir “Xamsa” ustida ishlaganda uning yozib tugatilgan qismini mashhur xattot Abdujamil kotib peshma-pesh oqqa koʻchirgandi. Shoir oʻzining yirik tazkirasi “Majolis un-nafois” asarida xattotlik sanʼatiga yuqori baho berib, uni puxta egallagan
Download 22.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling