Mavzu: abdulla oripov-tarjimon
Download 42.03 Kb.
|
Munisa
MAVZU: ABDULLA ORIPOV-TARJIMON Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan keyin (1958), hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1958–1963), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, “Yosh gvardiya” va Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida muharrir, “Yosh gvardiya” dramatik teatrida badiiy boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, katta adabiy maslahatchi, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida oʻrindoshlik boʻyicha oʻqituvchi, “Sharq yulduzi” jurnalida muharrir (1963–1982), Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat boʻlimi masʼul kotibi (1982–1983), “Gulxan” jurnali bosh muharriri (1983–1985) vazifalarida ishladi. 2009 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Faxriy raisi. U 1990 yilda Oʻzbekiston Oliy Kengashining, 1995 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi (2005–2010). Abdulla Oripov Kaliforniya (AQSH) fan, taʼlim, sanoat va sanʼat xalqaro akademiyasining aʼzosi hamdir. Dastlabki sheʼri 1957 yilda, oʻzbek sheʼriyatida oʻziga xos voqea boʻlgan “Mitti yulduz” nomli birinchi kitobi esa 1965 yilda nashr etildi. Shundan keyin “Koʻzlarim yoʻlingda” (1966), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “Oʻzbekiston” (1972), “Hayrat” (1974), “Yurtim shamoli” (1976), “Yuzma-yuz” (1978), “Najot qalʼasi” (1980), “Jannatga yoʻl” (1980), “Surat va siyrat” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Oltmish yoshli vatanning olti yoshli oʻgʻloni” (1983), “Ehtiyoj farzandi” (1989), “Sen bahorni sogʻinmadingmi”, “Bobo va nabira”, “Qush tili” (1991), “Munojot”, “Muborak haj yoʻllarida”, “Haj daftari, Hikmat sadolari” (1992), “Hikmat sadolari” (1993), “Dunyo” (1995), “Ibodat”, “Sohibqiron”, “Saylanma” (1996), “Savob” (1997), “Bedorlik” (1999), “Mustaqillik qoʻshigʻi” (2000), “Bir qarasam…” (2001), “Shoir yuragi” (2003), “Mehr” (2004), “Koʻz tumor” (2005), “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni”, “Birinchi muhabbatim” (2006), “Talosh pallasi”, “Saylanma” (2007), “Ona yangligʻ yagona”, “Menga xushxabar ayt” (2009), “Istiqlol manzaralari”, “Saylanma” (2011), “Ezgulik”, “Ranglar va ohanglar” (2012), “Tutash dunyolar”, “Yangi sheʼrlar”, “Sohibqiron” (2015) kabi oltmishga yaqin toʻplamlari chop etildi. 2000–2013 yillarda “Tanlangan asarlar”ning yetti jildligi bosilib chiqdi. Abdulla Oripovning dostonlari, sheʼrlari koʻplab xorij tillariga tarjima qilindi. “Rodnik” (1970), “Veter Rodiniʼ” (M., 1975), “Lyubov k jizni” (M., 1980), “Jajda vesniʼ” (1985), “Udivleniye” (1985), “Veter moyego kraya” (M., 1988), “Soxibkiran” (1996), “Blagoslovenno projitoye mnoy” (2003) singari sakkizta kitobi Moskva va Toshkentda rus tilida bosilib chiqdi. “Ilhom” (1984) tojik tilida, “Sheʼrlar” (1989) Urumchida uygʻur tilida, “Hur oʻlkam” (1999) majmuasi Istanbulda turk tilida nashr etildi. U buyuk italyan shoiri Dante Aligerining shoh asari “Ilohiy komediya”ning “Doʻzax” qismini toʻligʻicha va “Aʼrof” qismidan toʻqqiz qoʻshiqni mahorat bilan oʻzbek tiliga oʻgirdi (1975,2005). Yenye Xelton, A. Pushkin, N. Nekrasov, L. Ukrainka, T. Shevchenko, R. Hamzatov, Q. Quliyev, Maxsatiy Ganjaviy, Yegishe Charens, H. Bachchan, H. Merilaas, Xalil Rizo va boshqa qardosh shoirlar sheʼrlarini tarjima qildi. Shoir ijodi mustaqillik yillarida nihoyatda tuygʻularga boy, fayzli va sermahsul boʻldi. “Haj daftari” (1992) turkumiga kirgan sheʼrlarida shoir maʼnaviyatimiz manbalarini kashf etish yoʻlidan boradi. Qurʼoni Karim, Hadisi shariflardan zamonaviy maʼnolar izlaydi va topadi. U dostonnavis va dramaturg sifatda ham maʼlum va mashhurdir. Xususan, “Sohibqiron” (1996) sheʼriy dramasi va “Istiqlol manzaralari” (2011) dostoni shoirga katta shuhrat keltirdi. Oʻzbek xalqining milliy tiklanish, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov sheʼriyati alohida oʻrin tutadi. Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi hammualifidir. U 1994 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan, 1998 yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirlandi. Adabiyotga nurli istiqbolidan darak bergan “Mitti yulduz” (1965) to‘plami bilan kirib kelgan shoirning “Onajon”, “Ruhim”, “O‘zbekiston”, “Hayrat”, “Yurtim shamoli”, “Yuzma-yuz”, “Najot qal’asi”, “Surat va siyrat”, “Yillar armoni”, “Ishonch ko‘priklari”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi”, “Qush tili”, “Munojot”, “Haj daftari. Hikmat sadolari”, “Dunyo”, “Ibodat”, “Saylanma”, “Savob”, “Bedorlik”, “Mustaqilik qo‘shig‘i”, “Bir qarasam...”, “Shoir yuragi”, “Mehr”, “Talosh pallasi”, “Menga xush xabar ayt”, “Ranglar va ohanglar”, “Ezgulik”, “Umr manzillari”, “Everest va ummon”, “Ishq sahrosi” kabi ellikdan ortiq to‘plamlari chop etildi. “Hakim va ajal”, “Jannatga yo‘l”, “Ranjkom”, “Sohibqiron” va “Istiqlol manzaralari” dostonlari Abdulla Oripov badiiy epik polotnolar yaratish bobida ham ulkan salohiyatga ega ijodkor ekani dalilidir. Uning Aleksandr Pushkin, Taras Shevchenko, Sergey Baruzdin, Lesya Ukrainka, Yenyo Xeltai, Yegishe Charens, Qaysin Quliyev, Maxsutiy Ganjaviy, Xarivanshray Bagchan, Kresti Merilaas, Adhat Sino‘g‘il, Xalil Rizo, Nikolay Tixonov, Ibroyim Yusupov singari shoirlar asarlaridan qilgan tarjimalari bugungi avlodni jahon adabiyotining nodir namunalari bilan tanishtirishi barobarida yosh ijodkorlar uchun ijodiy tajriba maktabi sifatida ham ahamiyatlidir. Uyg‘onish davrining buyuk shoiri Dante Aligerining “Ilohiy komediya” asaridan tarjimasi shoir tarjimonlik faoliyatining cho‘qqisi, deyish mumkin. Ijodkorning publitsistik maqolalari hamda suhbatlarida Vatan va millatning buguni, istiqboli bilan bog‘liq dolzarb muammolar yechimiga doir qimmatli fikrlari yoritilgan. Xalqimizning murakkab va shonli kechmishi, milliy istiqlol qadri, mustaqillikni mustahkamlash, islohotlar mohiyati, shaxs va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish singari muhim masalalar ijodkor publitsistikasi bosh mavzularini tashkil etadi. O‘rta va yosh avlod shoirlarining aksariyati she’riyat sirlarini Abdulla Oripov ijodiy laboratoriyasidan o‘rganganlarini e’tirof etadilar. Bu milliy adabiyotimizda Abdulla Oripov she’riyati maktabi shakllangani isbotidir. Abdulla Oripov 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifidir. Uning butun ijodi, shuningdek, Davlat madhiyasi matni xalqimiz qalbiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishda alohida ahamiyat, kuch-qudratga ega. Shoir ijodi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan: Unga O‘zbekiston xalq shoiri unvoni berilgan. Shoir davlat mukofotlari sovrindori bo‘lgan. U ijod ahli orasida birinchi bo‘lib “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan. Abdulla Oripov ijodi xalqaro miqyosda ham munosib e’tirof qozongan. Asarlari jahonning rus, ingliz, nemis, arab, fors, yapon, koreys, bolgar, turk, ukrain, tojik, turkman, ozarbayjon singari ko‘plab tillariga tarjima qilingan. 2007-yili “WIPO Creativity Award” oltin medali bilan mukofotlangan. Yaponiyaning Soka universiteti professori, Kaliforniya (AQSh) Fan, ta’lim, sanoat va san’at xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zosi, faxriy “Italiya yulduzi” xalqaro ordeni bilan taqdirlangan. Abdulla Oripov birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis deputati, Senat a’zosi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning qonuniy asoslarini takomillashtirish ishida faol ishtirok etdi. 2017-yili Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Abdulla Oripov ijod maktabi tashkil etildi. Unda badiiy adabiyotga, ijodga iqtidorli o‘g‘il-qizlarning ta’lim-tarbiya olayotgani shoirning nomi, ijodiy merosini targ‘ib qilish bilan birga, yoshlarni ustoz adabiy darsxonasi ilmu sirlarini chuqur o‘rganishlari, yuksak ma’naviyatli shaxslar bo‘lib ulg‘ayishlari uchun katta imkoniyatdir. Yurtboshimizning 2020-yil 2-dekabrdagi Qarori bilan 2021-yilda atoqli shoir Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanadigan bo‘ldi. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning betakror, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlari avlodlar qalbidan joy olib, ularni eng go‘zal fazilatlar ruhida tarbiyalaydi, dunyo ma’naviy xazinasining durdo-nalari bo‘lib qolaveradi.
KIRISH
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Abdulla Oripovning "Hikmat sadolari" va "Haj daftari" turkum she'rlarida Allohning Rasuli - payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) siymosi gavdalantirilgan ko'plab she'rlar uchraydi. To'plamdagi she'rlarning aksariyati muborak zotning sifatlarini tavsiflaydi ("Kamolot", "Azroil", "G'iybat", Hordiq", "Vahiy" kabi). Barcha she'rlarda shoir ijodiy niyati (Muhammad (s.a.v)ning nafaqat payg'ambar, balki saxovat va sadoqat egasi, pokiza va kamtar, kechiruvchi va samimiy, har jihatdan komil ekanligini tasvirlash) quyma satrlar, mohirona tanlangan so'zlar orqali namoyon bo'lgan Tarixiy kitoblarda, hadislarda ushbu mukarram zot haqida keltirilgan manbalar badiiylashtirilib, o'quvchi ko'z o'ngida komil, kamtar, kechirimli, mehribon siymo paydo bo'ladi. "G^oyat g^arib edi Rasul hujrasi, Qamish uy edi u, oddiy va faqir" deya boshlanadi "Kamolot" nomli she'ri. Shoir ul zotning Rasulullohligi, ya'ni Allohning rasuli - elchisi bo'lishdek muborak sharafga ega ekanligiga urg'u berarkan (Rasul), shunday ulug' zotning yashash tarzi nihoyatda oddiy bo'lganini ifodalashga urinadi . Tilimizda hujra so'zi kishi yashaydigan kichkina xona, uycha ma'nosini ifodalaydi. Misrada uyga nisbatan qo'llangan g'oyat g'arib, oddiy, faqir sifatlari Rasulullohning kamtarona hayotlarini yorqin aks ettirishga xizmat qilgan. Keyingi Ummatlar so^rashdi: - Gapningsirasi, Sizga yarashmaydi bu kulba axir misralarida qo'llangan kulba so'zi hujra so'zining ma'nodoshi bo'lib, hujradan ko'ra yuqoriroq darajada ma'no ifodalab kelmoqda: kulba—kichik, ko^rimsiz, bechorahol boshpana. fO'zbek tilining izohli lug'ati) Demak, ushbu birinchi banddayoq nabiyga xos hokisorlik namoyon qilingan. Ular tag^in dedi: - Siz-ku Payg^ambar, Tomingiz ne uchun bu qadarpastdir? Rasul javob qildi:-Tinglangiz, magar Balandni istagan balandparastdir. Muhammad (s.a.v.) haqida yozilgan hadislarda keltirilishicha, ul zot nihoyatda saxiy, kamtar va mehribon, kechirimli zot bolganlar va ummatlarni ham ozlari kabi bolishga undaganlar. Quyidagi misralarda ularning ana shunday kamtarlik fazilatlari, moddiy ne'matlarga ruju qo'ymaganliklari namoyon boladi. Siz salom berdingiz - olgayman alik, Allohning o^zidiryuksak begumon. Bandaga joizdir faqat kamtarlik, Yo 7 pastdan boshlanar kamolot tomon Abdulla Oripov hadislarga murojaat etar ekan, Rasulullohning sunnatlarini bugungi odamlarga eslatib qo'ymoqchi boladi. Bugun "kim o'zaf'ga uy qurish, boylikka ko'ngil qo'yish, harom-harijdan hazar qilmaslik, yolg'on, g'iybat avj olib ketgan. Ruju qilmadilar Hazrat Payg^ambar Na yuksak saroyga, na oltin taxtga deb boshlanadi "Ibrat" nomli she'ri. Hadis kitoblarida keltirilishicha, Muhammad (s.a.v.) boshqa paygambarlardan olti narsa bilan afzal qilingan. Ular bashariyat uchun yuborilgan va nabiylarning so'nggisi bo'lgan. Ana shunday yuksak sohibine'mat bola turib, oddiy turmushga amal qilgan. Rasul kamtarlikni qilib ixtiyor To Mahshar bizlarga qoldirdi ibrat. MUHOKAMA VA NATIJALAR Hadislardan birida Allohning Habibi: "Sizdan hech kim toki havoyi nafsi men keltirgan narsaga tobe bolmaguncha musulmon bololmaydi" deganlar. Muborak zot bu dunyo fano ekanligi, ozidan avval o'tgan nabiylar ham turfa sinovlarga dosh berganliklarini, ahli oila va ahli ummatlariga bot-bot takidlaganlar. Yemoqda, dam olmoq, farog'at masalalarida qisqalik tarafdori bolganlar. "Hordiq" she'rida nabiyning ana shunday hislatlari yanada yorqin aks etadi. Rasululloh yo'l yurib charchagan karvonni dam olishga buyuradi va o'zi yerning o'zigagina yotib, biroz vaqt orom olmoqchi boladi. To"shaksiz, taqirda yotdi yonboshlab, Bamisli ochundan ko^ngli qolgan qul. Keldi sahobalar ko"zlarin yoshlab: -Hech qursa bo"yrada yotingiz Rasul. Shoir davr va muhit koloritini berish uchun taqir, ochun, bo'yra so'zlaridan foydalanadi. Rasululloh dedi: - Oyiamang, also Fanodan men rohat kutayotirman. Bu dunyo daraxtning soyasi go ^yo, Men undan ot minib o^tayotirman. Hadislarda o'tkinchi dunyo sinovlariga bardosh berganlarga ajr borligi keltiriladi. Bu yerda mana shunga ishora mavjud. Payg'ambarimizning nihoyatda shavqatli zot bo'lganliklari to'g'risida Imom Buxoriydan keltirilgan hadislar bisyor. "Azroil" she'rida ana shu xislatlari namoyon bo'ladi. Badaviy shaklida kelib Azroil Muhammadga dedi:- Joningni olgum Va lekin hurmatga ekansan noil, Tila, tilagingni do^st bolib qolgum. Nabiy oldiga keluvchi Jabroil notanish odam qiyofasida kelishi hadislarda keltirilgan. Azroil ham bir badaviy (arab qabilasi nomi) ko'rinishida nabiyni dorulbaqoga olib ketishga keladi va so'nggi istaklarini so'raydi.Muhammad (s.a.v) shunda ham o'zlarini emas, ummatlarini o'yladilar: Yolg^iz o^tinchim bu, qaytarma minba^d, Mayli, so^ng tepamda ko^ksingni kergil. Ummatim jonini oson ol faqat, Uning azobin ham ozimga bergil. XULOSA Shoir hadis va rivoyatlarga tayanib, payg'ambar siymosini aks ettirar ekan, kitobxonni qadamma qadam O'ziga-Yaratganga ergashtiradi. O'quvchisini ham shunchaki Rasululloh sifatlari, sunnatlari bilan tanishtiribgina qo'ymay, ularga amal qilishga chorlaydi, nabiyni yanada ko'ngillar tubiga joylashga urinadi. Muborak zot sifatlarini kitobxonga o'rnak qilib, o'z-o'zimizni nazorat qilishga, ayni damda qaysi yo'lda borayotganimizni o'ylab olishga undaydi. Haq sevgay O^zigayor bandalarni, Dilida iymoni bor bandalarni, Takabbur boshlarni pastroqqa egsa, Yuksakka koлtargay xor bandalarni deb yozgandi shoir she'rlaridan birida. Demoqchi bolamizki, Abdulla Oripovning "Hikmat sadolari" va "Haj daftari" turkum she'rlari nafaqat istiqlol baxsh etgan ne'mat mevasi, balki, shoirning tub e'tiqodi samarasi, ko'ngil amridir. Adabiy turlar orasida eng nozik, ekspressiv va emotsional, ixcham shakli, inson ruhining tarjimoni, shubhasiz, she`riyatdir. Haqiqiy ijodkor oddiy voqeahodisalarni betakror tashbehlar, ta`sirchan ifodalar, purma`no fikrlar bilan ________________________________________________________________ "Мировая наука" №12 (45) 2020 science-j.com ifodalashi orqali san`at tug`iladi –vujudga keladi. Zotan, Abdulla Oripov she`rlari teran mushohada, lo`nda xulosalar, zohiriy va botiniy falsafaga boy. Shoirning ijodini umumiy o`rganar ekanmiz, unda xalqona ohang, hikmatlar, aforizmlar ko`p qo`llanganini kuzatamiz. Hassos shoir so`z tanlash mahorati orqali bandasining barchasi ham ko`ngilning tub-tubida tan oluvchi, tabiat va jamiyatni aks ettiruvchi hayotiy haqiqatlarni sodda tilda dangal ifodalaydi. Shu boisdan Abdulla Oripov she`rlari sevib o`qiladi, xotiraga tez muhrlanadi. Abdulla Oripovning qator to`plamlari orasida “Hikmat sadolari” va “Haj daftari” turkumi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu to`plamdagi barcha she`rlarda diniy-axloqiy mezonlarimiz ruhi, musulmon kishiga xos bo`lgan fazilatlar yoxud mo`minga mos kelmaydigan illatlar jo`n tilda, quyma satrlar orqali aks ettirilgan. Agar sen qiblaga burmasang yuzni Besh mahal sajda-yu namozing bekor, Jannatga hech qachon tikmagil ko`zni Agar bir mo`minga yetkazsang ozor”, deb yozadi “Rioya” nomli she`rida. “Hikmat sadolari” turkumidan joy olgan aksariyat she`rlar Qur`on va hadislarga tayanib yozilgan bo`lib, payg`ambarimizning hayot yo`llari, ularga xos bo`lgan xislatlar va mo`minlarga da`vati obrazli ifoda etilgan. Rasululloh dedi: umid qil banda, Ko`chmasin dunyodan insof, diyonat, Nopok odamlarga kuning qolganda, Bilgilki, o`sha kun kelgay Qiyomat! (“Qiyomat” she`ri) Tarixda hadislarni she`riy tizimga solib asarlar yaratilgan, shoirning ushbu to`plami ana shularning mantiqiy davomi deyish mumkin. Payg`ambarimizning : “Kim ummatimga dini bilan aloqador qirqta hadis yodlatsa, Alloh taolo uni qiyomat kuni faqihlar va olimlar guruhiga kiritadi”, deb marhamat qilganlar. “Hikmat sadolari” turkumidagi she`rlar soni ham qirqta. Shoirning o`zi bu haqda shunday deydi: “Bu hikmatlar mening uchun tamomila o`zgacha ziyoratgohdir. Ular me`ning e`tiqodimdir”1 . 1 Орипов Абдулла. Хикмат садолари. Инсоф ва диёнат излаб. “Нур”,1993, Б-7. ________________________________________________________________ "Мировая наука" №12 (45) 2020 science-j.com Ijodkor ushbu to`plamgacha “Jannatga yo`l” dostonini yaratgan, qator she`rlarida odamlarga xos xudbinlik, qo`rqoqlik, riyo va shuhratparastlik kabi illatlarni ro`yi rost ko`rsatgan, insonlarni hushyorlikka, ezgulikka, birlashishga chorlagan edi. Koinot gultoji insondir azal Undadir eng oliy tafakkur, amal Hatto u tubanlik ichra ham tanho Yo, falak ijoding buncha mukammal. Demoqchi bo`lamizki, shoirning hikmatlargacha bo`lgan qator asarlari unga poydevor bo`lib xizmat qilgan. “Ibodat”, “Inson”, “Ona”, “Ota”, “Qiyomat” kabi she`rlarni o`qigan o`quvchi islomning bosh mezoni, payg`ambarimiz (s.a.v.)ning mo`minlarga da`vatini oson va ravon shaklda tushunadi. Payg`ambarimizning ona haqidagi hadislarini aks ettiruvchi “Ona” she`rini o`qimagan yoxud eshitmagan biror o`zbek xonadoni bo`lmasa kerak. Rasul javob qildi:-Tingla, birodar, Gapimni uch bora quloqqa ilgil. Imkon topa olsang dunyoda agar, Eng avval onangga yaxshilik qilgil! “Hordiq”, “Vahiy”, “Me`roj”, “Duo”, “Kamolot”, “Azroil” kabi she`rlarda payg`ambarimizning yashash tarzlari pokiza va oddiy, naqadar kamtarliklari, komil va saxovatli bo`lganliklari haqidagi hadislar aks etgan. Ular tag`in dedi: -Siz-ku payg`ambar, Tomingiz ne uchun bu qadar pastdir? Rasul javob qildi: -Tinglangiz, magar Balandni istagan balandparastdir. (“Kamolot” she`ri) Hikmatlarning yashovchanligini, ta`sirchanligini ta`minlab bergan narsa shubhasiz, uning tilidir. To`plamdagi “Ona”, “Do`zaxiylar”, “Ota” kabi she`rlar muayyan hadisga tayanib yozilgan, tarixiy faktlar obrazlar vositasida badiiy asarga aylangan. Yovlashdi bir kuni ikki musulmon, Oradan adolat tamoman ko`chdi. Ular olishdilar, uzoq, beomon, Oqibat birining kallasi uchdi. Kimdir payg`ambardan so`radi kelib! -Ayo, Rasululloh, aylagil javob. Hoynahoy, raqibin qonga g`arq qilib, Ul kas jahannamda tortgaydir azob? Rasululloh dedi!- U ham va bu ham Mahkum bo`lg`uvsidir do`zax to`riga Ikkov ham maydonga tushganlari dam O`lim tilaganlar biri-biriga. Ma`lumki, badiiy obraz borliqning san`atkor ko`zi bilan ko`rilgan, ideal asosida qayta ishlangan aksi hisoblanadi. Abdulla Oripov “Do`zaxiylar” she`rida payg`ambarimizning “Ikki guruh mo’minlar bir-birlari bilan urishsalar,o’rtalariga tushib, yarashtirib qo’yingiz, zero Olloh ularni ham mo’minlar deb atagan”2 hadisini mahorat bilan badiiy obrazlar vositasida qayta jonlantiradi. Sahoba Ahnaf rivoyat qiladi:”Mana bu kishini himoya qilgani yo’l oldim. Yo’lda Abu Bakr yo’liqdi. ”Qayoqqa ketyapsan?”,-dedi. ”Mana bu kishiga yordamlashgani ketyapman”,- dedim. ”Qayt, men Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan eshitganman, agar ikki musulmon qilich yalong’ochlab bir-biriga hamla qilsa, o’ldirgan ham, o’lgan ham, do’zaxga tushgaydir. ”Yo Rasululloh, o’ldirgan-ku mayli-ya, o’lgan nega tushgaydir?”,- deganimda,”U ham sherigini o’ldirmoqqa jazm qilgandir”,-deb aytganlar”,-dedi”. Lirikaning asosiy xususiyati tuyg`u-kechinmalarni ifodalashi hisoblanadi. Ushbu she`rda epik asarlarga xos bo`lgan voqeabandlik, dramatik asarga xos bo`lgan dialog mavjud va ular shoirning ijodiy niyatini aks ettirmoqda. Ijodkor so`zlarni usta did bilan qo`llaganki, ko`z o`ngimizda bevosita urush sahnasi gavdalanadi. Birinchi misrada qo`llangan yovlashdi so`zi jumlaning emotsionalekspressivligini kuchaytirishga xizmat qilgan. Ya`ni, bunda tilni qo`llashdagi odatiy normadan og`ish mavjud. Dushman, g`anim so`zlarining ma`nodoshi yov so`zidan yangi bir so`z – yovlashmoq fe`li hosil qilingan. Shoir payg`ambarimiz yashagan davr koloritini berish uchun shu so`zdan foydalangan. Kesim vazifasini bajargan ushbu so`zning misra boshida kelishi misradagi hissiyotni oshirmoqda. “Ul kas jahannamda tortgaydir azob” jumlasidagi odam va do`zax so`zlari o`rnida ularning sinonimi kas va jahannam so`zlarining qo`llanishi ham asosiy g`oya – mo`minning mo`min bilan yovlashishi qat`iy man etilganini ifodalashga xizmat qilgan. Umuman olganda, shoir hikmatlarda so`zning qudratini, kuchini, mo`jizasini, ohang va tartibning emotsional-ekspressiv jihatini yaqqol ko`rsata olgan. Shoir so`z haqidagi quyidagi to`rtlikni keltirgan edi: So`z asli payg`ambar, U bois balki Odamzod tanigan o`z Xudoyini Erigan temirning tomchisi kabi O`rtab yuborar u tekkan joyini. Sirasini aytganda, Abdulla Oripovning “Hikmat sadolari” to`plamini islom dinini aks ettiruvchi o`ziga xos yo`riqnoma yoxud har jihatdan yetuk badiiy asar to`plami deyish mumkin Download 42.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling