Mavzu: abdulla oripovning hayoti va ijodi bilan tanishish
Download 43.5 Kb.
|
Semina 5
Yangi mavzu: A. Oripovning hayoti va ijodi.
O'quvchilar daftarlariga mavzuni yozadilar. Guruh sardorlariga savol tarqatib, taqdimotda tayyorlanish aytiladi. Ungacha o'quvchilar A. Oripov she'rlaridan yoddan o'qib beradilar. O’quvchilarga oldindan internet ma’lumotlaridan foydalanib darsga mustaqil tayyorgarlik ko’rib kelish topshirilgan,shoir ijodiga yondashish “Internet daqiqasi” asosida amalga oshiriladi 1-savol: A. Oripovning bolaligi haqida gapiring. Taniqli shoir A. Oripov 1941 yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Neko'z qishlog'ida tug'ilgan. Uningotasi Orif ota o'g'lining bog'bon bo'lishini xohlagan edi. Shoir orzusini amalga oshirish uchun Toshkentga boradi. 60-yillarda G'ofur G'ulom «yozaver o'g'lim» deya uning yelkasiga qoqqan bo'lsa, A. Qahhor uning kichik she'rlarini o'zining hikoyalariga epigraf qilib tanlaydi. 2. Shoirning keying gi faoliyati haqida. A. Oripov O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, oliy majlis noibi, O'rta Osiyo xalqlari Assambleyasining muovuni sifatida ed yurt madaniyati sohasida kamarbasta bo'lib ishlagan. Vatan oldidagi xizmatlari uchun shoirga «O'zbekiston xalq shoiri» «O'zbekiston xalq qahramoni» unvonlari berilgan. 3. «Madaniyat faxrim mening» mavzusida gapiring. O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. Uni O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov musiqasi M. Burxonov. Madhiyaga A. Oripov olmos qadab she'r yozgan bo'lsa, M. Burxanov shu olmoslarga sayqal bergan. Serquyosh hur o'lkam, elga baxt najot, Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon. Yashnagay to abad ilmu fan ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon. 4. «Genetika» she'ri haqida gapiring? Buyuk shoirimiz bu she'rida tarixda yashab o'tgan bobolarimizning qonlari bizning tomirimizda oqayotganligini, buyuk bobolarimizning merosini asrab-avaylashimiz, hamda kelajak avlodga yetkazishimiz kerakligini uqtirganlar. Men ham yashayapman o'z zamonimda Davrimdan hayga ham tushardim yiroq. Va lekin bilmadim, mening qonimga, Qaysi bir bobomning xislati ko'proq. 5. A. Oripov she'rlarida yurt jamoli haqida gapiring? Yana dalalarga boshlaydi havas, Bog'larda xazonlar yonadi lov-lov Do'stlarim, bu kuzning barglari emas, Mening yuragimdan to'kilgan olov... Bunday misralarni o'qigan odam hayajonlanib, to'lqinlanib ketmasligi mumkin emas. Kuzgi barglarni lovullab, sizni ham rom etmaganmi, mobodo bunga e'tibor bermaganmimiz? Kuzgi bog'larni bir kuzating-chi, A. Oripov o'z shu'rlarida hur O'zbekistonimizni go'zal maskanlarini, baland-baland qorli tog'larini tasvirlaydi. U yurt ko'rkisidir. Taqdimotdagi fikrlar o'qituvchi tomonidan jamlanadi. Fikrlar xulosalanadi. Download 43.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling