Mavzu: abdulla qodiriyning «baxtsiz kuyov» dramasi tahlili


Download 74 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi74 Kb.
#261244
  1   2
Bog'liq
ABDULLA-QODIRIYNING-«BAXTSIZ-KUYOV»-DRAMASI-TAHLILI.-doc-



MAVZU: ABDULLA QODIRIYNING «BAXTSIZ KUYOV» DRAMASI TAHLILI

R E J A:

Kirish

Abdulla Qodiriy adabiyotimizga qoldirgan o‘lkan merosi



Asosiy qism

a) Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligi asoschisi.

b) Abdulla Qodiriy dramaturgiyasi.

s) Abdulla Qodiriy «Baxtsiz kuyov» dramasi.



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar
Istiqlol e’lon qilingandan keyin agar O’zbekiston Mustaqil deb e’lon qilinmaganda milliy qadriyatlarimiz hamon kо‘milgan, bukilgan holda yotardi. Bu haqda shu gapning о‘zi kifoya. Istiqlolimizsharofati tufayli jumhuriyatimizda boshlangan milliy qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bunda hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov boshliq butun hukumatimiz alohida e’tibor bermoqda…

Oktyabr tо‘ntarishining birinchi kunlaridan tortib to mustaqillikka erishgunimizcha qatl etilgan, taqiqlab kelingan talay buyuk zotlarimiz qadriyatlari, boy ma’naviy meroslari tiklanib kelinayotganiga hammamiz guvohmiz… At Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Ulug‘bek, Feruz, Abdulla Qodiriy, Chо‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori, Elbek, G’ozi Yunus – ularning yana qancha-qancha safdoshlari asarlari bizning buyuk ma’naviy merosimiz tarzida e’zozlanayotgani, chop etilayotgani istiqlol tomonidani bizga hadya etilyotgan ulug‘ ne’matdir…buni anglash, chuqur tushuntirish, qadriga yetish lozim. Bu jarayonni imon-e’tiqodi mustahkam, sofdil jamoat g‘oyat mamnuniyat bilan kuzatib bormoqda.

Butun musulmon dunyosi ming yillardan beri izzat-ikrom bilan qalbida saqlab kelayotgan Bahouddin, Termiziy, Yassaviy XX asr boshlarida maydonga chiqqan Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Chо‘lpon, Fitratlar, ularning bir necha о‘nlab safdoshlari, gо‘yo hayotda bо‘lmaganday, yoki bо‘lsalar ham, nuqul xato-yu nuqsonlar bilan о‘ralashib qolganlar, taraqqiyotga tо‘siq bо‘lganlar deb talqin etib kelindi.

E’tibor qiling, shahrimizga Amir Temurga yodgorlik о‘rnatilishi, kо‘chalarga nomi qо‘yilishi, Abdulla Qodiriy nomida kо‘cha, maktab, mahalla, oliy о‘quv yurtlari, borinki, nashriyotlarning о‘tmishini istiqlolsiz tasavvur etib bо‘larmidi?

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, milliy qadriyatlarni tiklash hamisha keskin kurashlar, ziddiyatlar bilan amalga oshirilgan. Umuman olganda, milliy qadriyat tushunchasining, avvalo, kо‘lami keng. Mazkur mavzuda buyuk yozuvchi, olimlarimiz о‘rtasida qariyib yuz yillardan buyon muammo bо‘lib kelayotgan masalalarni eslasak, bu boradagi ishlar naqadar jiddiy ekanligi ravshan bо‘ladi. biz uncha uzoq tarix emas, XX asr boshlaridan buyon о‘tgan hozirgacha tariximizdayoq kurashlar, tortishuvlar, ziddiyatlar davom etayotganini yaqqol kо‘ramiz. Hozir-ku, sо‘z erkinligiga istiqbolimiz tо‘la imkoniyat yaratdi – «yov qochib, botir kо‘paydi» qabilida ma’noviy merosimizning ochiq muxoliflari ham «merosxо‘r» bо‘lib qoldilar. Ammo boshini garovga qо‘yib, mustamlakachilar qarshisida mustaqillikni qahramonlarcha himoya qilganlar orasidagi munofiq tiriklarimizdan kо‘ra tirikroq bо‘lib, bizga istiqbolimizni mustahkamlashda yordam berayotganlarini faqat imon-e’tiqodli shaxslargina idrok etadi… Ayrim misollarga e’tibor qilaylik: Mahmudxо‘ja Behbudiy, Fitrat, Bektemirov, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxon о‘g‘li, Abdulla Qodiriy, G’ozi Yunus, Chо‘lpon va ularning hamfikrlari XX asr boshlaridan to 30-yillarning о‘rtalarigacha qizil imperiya vahshiylari ularni nohaq qatl etguncha, milliy qadriyatlarimizni tiklash va saqlab qolish uchun kurashib keldilar. Shu yо‘lda jonlarini fido qildilar… Ular aslida mustaqillik uchun g‘oyat tengsiz, bosqinchi kuchlar bilan mardonavor olishib halok bо‘ldilar, bizning kunlarimizga yetib kelolmadilar. Loaqal shuning uchun ham istiqlolimizni mustahkamlashga hammamiz о‘z hayot va faoliyatimizni baxshida qilsak arziydi.

Biz yuqorida milliy qadriyatlarimizni tiklashga Yurtboshimiz va butun hukumatimiz rahbarlari muttasil ahamiyat berib kelayotganligini ta’kidlab о‘tdik. Buning yana bir yorqin dalili Abdulla Qodiriy, Chо‘lpon, Fitratga birinchi navbatda, ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy nomi bilan ta’sis etilgan davlat mukofotining berilishi, Abdulla Qodiriyga Mustaqillik ordenining birinchisi topshirilishini xalqimiz g‘oyat mamnuniyat bilan ma’qulladi. Sofdil kishilar buni milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimizga bо‘lgan eng yuksak hurmat bilan baholadilar, hukumatimizning ma’naviyatimiz, tariximiz, adabiy merosimiz, buyuk ajdodlarimiz tо‘g‘risida kо‘rsatayotgan g‘amxо‘rligi deb bildilar. Zotan, Yurtboshimizning о‘tmishni yо‘qotgan xalqning kelajagi bо‘lmaydi, qabilidagi ilmiy-nazariy qarashlarga doim e’tibor berib kelayotganlarini har birimiz har kuni kо‘rib, eshitib, о‘qib, sezib turibmiz. Amalparast muxoliflarimiz aslida о‘z manfaatlarini kо‘zlab, ma’naviyatimizga, merosimizga, tariximiz va kelajagimizga ham zarar berayotganlarini anglarmikanlar?!

XX asr boshlaridan to 30-yillarning ikkinchi yarmigacha yaratilgan adabiy merosimizning о‘zi, unda ijod etgan va faoliyat kо‘rsatgan har bir yozuvchi haqida о‘nlab monografiyalar yaratishga yetarli mavzu bor. Biz mazkur ishimizda asosan, Abdulla Qodiriy adabiy merosi, uning bugungi ahamiyati ustida fikr yuritamiz: Abdulla Qodiriy yashab ijod qilgan davrda uning qator safdoshlari bilan birga yaratilgan adabiy muhit, unda yozuvchi tutgan mavqyei, bir-birlariga kо‘rsatgan ta’sir va hokazolar haqida ham о‘rni bilan tо‘xtab о‘tamiz…

Abdulla Qodiriy о‘zbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan, adabiyotimizni zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklarga yaqinlashtirgan ijodkordir. Bu noyob iste’dod sohibi XX asr о‘zbek adabiyoti tarixida faxrli о‘rin egallaydi.

Adabiyotimizning ulkan jonkuyari akademik Izzat Sultonov: «Abdulla Qodiriyning asarlari badiiy mahorat namunasidir. Bu asarlarda asosiy g‘oya doimo yaqqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning hayot sharoiti xuddi «kо‘z oldimizda turgandek» tasvir etiladi, bu asarlarning syujeti doimo qiziqarli, tili boy va shirali. Bu asarlarning xalqqa manzur bо‘lgani bejiz emas1», deb yozgan edi. Akademik Oybek esa adib mahoratini: «Abdulla Qodiriyning prozasi birinchi navbatda g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi. Qodiriyning tilidan uning xalqning boy va ajoyib tilini g‘oyatda yaxshi bilganligi yaqqol seziladi; uning romanlari ana shunday gо‘zal til bilan yozilgan. U tug‘ma epik yozuvchi, keng kо‘lamdagi master, yuksak ma’nodagi realistik san’atkor edi2», - tarzida yuksak baholagan.

Abdulla Qodiriy (Julqinboy) 1894 yilning 10 aprelida Toshkentda dehqon oilasida tug‘ildi. Avval eski maktabda, sо‘ngra «Russko-tuzemnaya shkola»da о‘qidi. Bir savdogar boy qо‘lida mirza bо‘lib ishladi. Dehqonchilik bilan astoydil shug‘ullandi. Adibdagi bu xususiyatni Oybek: «U aqliy mehnat kishilariga har mahal ham nasib bо‘lavermaydigan darajada jismoniy mehnatga о‘ch kishi edi» - deya ta’riflagandi.

Jadidchilik g‘oyalari bilan sug‘orilib, jamiyat a’zolarini ma’rifatli, о‘qimishli va ilg‘or fikrli qilishga qaratilgan bu asarlar badiiy jihatdan puxta bо‘lmasa-da, zamon uchun dolzarb edi. Yosh yozuvchi bu asarlarida davrning muhim masalalarini kо‘taradi, millatning ahvolini yaxshilashni astoydil istashini kо‘rsatadi. Lekin niyat bilan badiiy ifodaning orasida hali ancha masofa bor edi. Qodiriy ilk asarlarida fikrlarini osiq aytish, g‘oyaani yalang‘och ifodalash yо‘lidan bordi. Jurnalistika bilan faol shug‘ullandi. Bu hol unga yangi hayotni ichdan bilish, uning og‘riqli, sog‘lom aqlga tо‘g‘ri kelmaydigan, xalqimiz manfaatlariga zid keladigan jihatlarini bevosita qо‘rish imkonini berdi.

Abdulla Qodiriy 1909 yildan badiiy ijod bilan shug‘ullana boshladi. Dastlab kichik-kichik she’rlar, maqolalar, hajviy asarlar bilan matbuotga qatnashdi. Sо‘ngra «Ahvolimiz», «Millatimizga» singari she’rlari, «Baxtsiz kuyov» (1914) pyesasi, «Juvonboz» (1915), «Uloqda» (1915), «Jinlar bazmi» (1916) va boshqa hikoyalarini yaratdi. Bu asarlarida barcha jadidchilar singari Qodiriy ham kitobxonlarni ezgulikka, ilm-ma’rifatga undadi, ushbu g‘oyalariga gо‘zalbadiiy libos kiydirdi.

Qodiriyning «Baxtsiz kuyov» dramasida boylarga taqlid etib, katta tо‘y о‘tkazgan va natijada qarzga botib, baxtsizlikka uchragan kambag‘al yigitning fojiasi hikoya qilinadi. Kambag‘al yigit Solih о‘z xо‘jayinidan og‘ir shartlar bilan qarz olib, katta tо‘y qiladi, о‘ylanadi. Biroq Solih qarzni о‘z vaqtida tо‘lay olmaydi. Oqibatda, uning hovli-joyi qarz evaziga boyga о‘tadigan bо‘ladi. yosh kelin-kuyov bu kulfatga chiday olmay, о‘zlarini о‘zlari halok qilishadi.

Asar mazmuni shu, soddagina, lekin о‘zbek oilalari hayotining muayyan xususiyatlarini qamrab oladi. Unda boy, xizmatkor, sudxо‘r, imom, ellikboshining hayotidagi о‘rni, yosh kelin-kuyovlarning bir-biriga kо‘rsatgan sadoqati, mehr-muhabbati masalalarini kо‘taradi va eng muhim tomoshabinni aql-idrok bilan yashashga chorlaydi… asarning asosiy g‘oyasi oxirgi sahnada yangi fikrli Ellikboshi tilidan alohida ta’kidlanadi: «Kuyovingiz bilan qizingizning о‘limiga nima sabab bо‘ldi, bilasizmi? Men sizga sababini aytsam, kuyovingizdan kо‘p aqcha olib, qarzdor qilganingiz sabab bо‘ldi». Ellikboshi xalqqa murojaat qilib, yana bu gaplarni qaytadan tasdiqlaydi (gо‘yo yozuvchi maqsadini hali tо‘la aytolmaganday): «isrofning ziyonini kо‘ringizlar, Fayziboydan ibrat olinglar. Kо‘rdingizlarmi, isrof qilib, oxiri holi nima bо‘ldi?!... Bid’at tо‘yga isrof bо‘ladigan aqchaga о‘g‘lingizni о‘qitingiz!».

Abdulla Qodiriy 1912-1915 yillarda oila tebratishga kо‘maklashish maqsadida, bir savdogarga yilga 50 sо‘m ish haqi bilan gumashtalikka borganini tarjimai holida aytib о‘tgan. O’sha yillarda dо‘konda о‘tirib, rus, turk, ozarbayjon, tatarlar bilan muloqotda bо‘ladi, ularning va boshqa qо‘shni millatlarning rо‘znoma, oynomalarini olib о‘qib turdi. Qodiriyda ularga (matbuotlarga) о‘z iborasiga kо‘ra «gap yozish» havasi xuddi shu davrda boshlandi. Ushbu yillarda kо‘rgan-bilganlari, kuzatishlari, taassurotlari yozuvchining ilk ijodiy mahsulotlarida aks etgani «Baxtsiz kuyov»da aniq seziladi. Shuning uchun ham Abdulla Qodiriy asarlari (hatto dastlabkilari ham) siyqa uydirmalardan tamoman holidir…

«Baxtsiz kuyov» dramasida yosh ijodkor Abdulla Qodiriy kambag‘al xizmatkor, sudxо‘r boy, domla-imom obrazlarini maromiga yetkazib yaratgan. Biroq asarda hayotdagi ijtimoiy-tengsizlik sabablarini, shuningdek, obrazlar xarakterini ochishda bir oz mahorat yetishmay qolgan. Yuzakichilikka yо‘l qо‘yilgan. Buni asarda adib uchun asosiysi о‘z g‘oyalarini о‘tkazish ekanligi bilan tushuntirish mumkindir. Abdulla Qodiriy о‘z ustiga jiddiy ishlash, sо‘z san’ati sinlarini egallash orqali bu kabi nuqsonlardan qutula bordi va kо‘p о‘tmay iste’dodli adib sifatida tanildi.

Abdulla Qodiriy dastlabki davrlardayoq adabiy-ijodiy ishga zо‘r mas’uliyat bilan qaraydi. Shunga kо‘ra badiiy asar yozishda hayot haqiqatini yaqindan turib, puxta о‘rganishga alohida e’tibor beradi. Ana shu maqsadda kо‘p joylarni yayov kezib chiqadi, turli odamlar hayotini sinchiklab о‘rganadi, tadqiq etadi. Abdulla Qodiriy ijodiy prinsipini: «Men turmushda kо‘rmagan, bilmagan narsam haqida hyech narsa yozmayman, har bir asarimning yozilishiga turmushda uchragan biror voqyea sabachi bо‘ladi», - tarzida ifodalagan edi. Abdulla Qodiriy hayot haqiqatini о‘rganishga qanchalik katta ahamiyat bergan bо‘lsa, uni badiiy haqiqatga aylantirishga ham shunchalik e’tibor bilan qaragan. U badiiy g‘о‘rlikka, mahoratsizlikka qarshi adabiyotda shakl va mazmunning birligi uchun izchil kurashgan. O’z asarlariga hyech bir erinmasdan sayqal va jilo bergan. Sо‘z va iboralarni tejab-tergab, о‘rni-о‘rnida zо‘r mahorat bilan ishlatgan.

Umuman, о‘zbek jadid fidoyilarimiz adabiyotida katta tо‘y qilib xarob bо‘layotgan kambag‘al oilalar hayotini ifoda etuvchi asarlar kо‘plab yozilardi, Abdulla Qodiriy ham bu mavzuda she’r yozish bilan cheklanmaydi, hatto bu mavzuga birinchi sahna asari «Baxtsiz kuyov»ni ham bag‘ishlagan edi. Zotan, о‘zi yashab ijod etgan davr adabiy jarayonida faol ishtirok qilgan Abdulla Qodiriy kun tartibiga chiqayotgan har bir muammoga aniq munosabat bildirmasdan turolmasdi. O’zbek jadid fidoyilari orasida katta tо‘ylar qilish bilan ovora fuqarolar ilm-ma’rifatdan olislashib ketayotgani haqida tashvishlar ortib bormoqda edi.

Abdulla Qodiriy ham bunday chetda qolmasdi. Adibning о‘zi bu haqda shunday deydi: «1913 yillarda chiqqan «Padarkush» (Behbediy asari, A.A.) pyesasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» otliq temir kitobini yozib yuborganimni о‘zim ham bilmay qoldim… yana shu yillarda tatarlarda chiqib turgan hikoya va romanlarga taqlidan «Juvonboz» otliq hikoyani yozib, noshir topolmaganidan, о‘zim nashr qilib yubordim. Endi chin musannif bо‘ldimov, deb quvonar edim…».

«Baxtsiz kuyov» dramasida boylarga taxasib tarzida о‘z ahvoliga qaramay, katta tо‘y qilib fojialarga uchragan kambag‘allar hayotidan о‘zi davri uchungina emas, hozirda ham ahamiyatini yо‘qotmagan voqyealarni sahnada jonlantirishga, shu bilan xalq ommasi о‘rtasida ta’lim-tarbiya ishlarini kuchaytirishga da’vat etadi. Yozuvchi, umuman, tо‘yga qarshi emas, oddiy odamlar о‘z ahvolini anglamaslik orqasida katta tо‘y qilib xarob bо‘layotganiga achinadi, ularning kо‘zini ochishga intiladi… Agar boylarning boyligi juda oshib ketayotigan bо‘lsa, hadeb xо‘ja kо‘rsinga adbdabali tо‘ylar qilavermasdan maktab, maorifga yordam kо‘rsatsinlar, bolalarga ta’lim-tarbiya berish haqida g‘amxо‘rlik qilsinlar, degan g‘oyani ilgari suradi, bu g‘oyani ilgari suradi, bu g‘oya hamon kun tartibidan tushmagani bilan qimmatlidir. O’sha kezlarda (10-yillarning boshlarida) Behbudiyning «Padarkush» asridan keyin Toshkent teatrlarida tomoshabinlar «Baxtsiz kuyov» pyesasini zо‘r qiziqish bilan kо‘rishlarini, xalq о‘rtasida bu asar katta taassurot qoldirganini hurmatli adib Oybek о‘zining «Bolalik» qissasida alohida ta’kidlab о‘tgan edi…

Abdulla Qodiriy dastlabki asarlaridayoq insonlar о‘rtasidagi turli tabaqalar va ularning vakillari ahvoli, ruhiyatini chuqur idrok etishga intiladi. Aytaylik, boyning xizmatkori Solih tilidan ahvolni jо‘ngina bayon qilish bilan Turkiston о‘lkasidagi ijtimoiy tabaqalanish yorqin kо‘rsatiladi. Jumladan, Solihning biron kun bо‘sh vaqti yо‘q. U, «Uyga boraman degan kunim xо‘jayin ish buyurib qо‘yadi, borolmay qolaman», - deydi. Yana u amakisi bilan qilgan suhbatlaridan birida aytadi: «Aqcha yig‘olganim yо‘q, topganim xarajatimga ketib turibdi…».

Binobarin, asar chor mustamlakachilari amaldorlari bilan mahalliy hokimlarning birikib ketganligi ham soddagina bо‘lsa-da, tо‘g‘ri ta’kidlanadi. Fojiali ravishda halok bо‘lgan ikki yosh (kelin-kuyov) jasadi ustidagi kishilar suhbati, faqat о‘z foydasini kо‘zlashdan boshqani bilmaydigan shaxslar qiyofasini keskin fosh etib, ularga nisbatan tomoshabinda nafrat uyg‘otishga qaratiladi. Ellikboshi murdalar ustida qirzini qistayotgan xudbin boyga qarab: «Bir-ikki kun tо‘xtang, о‘lik kо‘milgandan keyin hovlini sotib olarsiz», desa, boy, «Xо‘p, bо‘lmasa о‘zingiz mollarni saqlab berarsiz» deb beorlarcha javob qiladi. Biz mazkur suhbai va manzaralarda turi tabaqa vakillari о‘rtasidagi odamlarning qiyofalarini kо‘ramiz. Xatti-harakatlaridan ba’zilariga achinamiz, ba’zilaridan nafratlanamiz. Ammo hamma gap shundaki, Abdulla Qodiriy mazkur tabaqa vakillarini bir-biriga gij-gijlamaydi, keskin qarama-qarshi qо‘ymaydi. Shu bilan, ularning biri ikkinchisini (kambag‘al boyni) yakson qilmaguncha, baxtli yashay olmaydi, degan manfur g‘oyadan tamoman uzoqda. Biz bu g‘oyaning yozuvchi romanlarida yanada keng kо‘lamda ifoda etilishini kо‘ramiz. Adib insonlarni faqat ijtimoiy kelib chiqishiga qarab baholaydigan fojialarga sudrovchi uydirmalaridan chetda turadi.

Vaholanki, to keyingi yillargacha zamon tazyiqi bilan hammamiz Qodiriyni xuddi ana shu – eng tо‘g‘ri yо‘llarini, dunyoqarashdagi buyukligini nuqson hisoblab yozuvchini nohaq tanqid qilib keldik. Tabaqalarni bir-biriga qarshi qо‘yish, gij-gijlatish siyosati oxir-oqibatda butun jamiyatimizni, bizga erishgan boshqa mamlakatlarning ham inqiroziga olib keladi-ku!

Bizning buyuk ajdodlarimiz bu hollarni bundan bir asrcha ilgari karomat qilganlar va xuddi shu xususiyatlari bilan ulardan qolgan ma’naviy meros bir millat yoki xalq, millat miqyosidan chiqib, allaqachon umuminsoniy fazilatga aylanib ketganligi bilan ham bebahodir… Abdulla Qodiriy shu nuqtai nazardan ham ijodining ilk davridayoq о‘zbek adabiyotida eng yirik realist yozuvchi sifatida maydonga chiqqan ekan. Biz buni endi tushunib turibmiz va faqat istiqlolimiz tufayli fikrimizni bemalol aytmoqdamiz…

Qizig‘i shundaki, Abdulla Qodiriy birinchi sahna asarida qancha tabaqa vakillari obrazlarini kо‘rsatgani bilan butun mehr-muhabbati Solih tomonda bо‘ladi. Solihning og‘ir hayoti, yetimligi, achchiq taqdiri, psixologiyasini kengroq berishga intiladi. Solihning amakisi ham asli yaxshi, tо‘g‘ri odam, lekin ongsiz, о‘ta sodda. Yetimcha jiyanini uylantirib qо‘yishni о‘zining burchi, savob ish deb biladi. Lekin yaxshilik qilaman deb, jiyanini qarzga botirib qо‘yadi… Oqibatini tasavvur ham etolmaydi. Pul qarz beradigan boyni ham amakining о‘zi topadi…

Biz yuqorida о‘zbek jadidchilik harakatining mohiyati haqida juda qisqacha tо‘xtab о‘tdik, ammo bu juda keng mavzu bо‘lganidan Qodiriy romanlarining ayrim о‘rinlarida mazkur oqim dunyoqarashlarining badiiy in’ikosi haqida ham ba’zi mulohazalarni eslatib о‘tishga tо‘g‘ri keladi…

Adib shaxsga sig‘inish davrida tuhmatga uchrab, 1938 yilning 4 oqtyabrida qatl etildi. Abdulla Qodiriy 1956 yilda tо‘liq oqlandi. Shundan sо‘ng, ayniqsa, mustaqillik davrida yozuvchi Abdulla Qodiriy ijodi yuksak qadrlanib, uning bebaho xizmatlari munosib taqdirlandi.

Hozirgi vaqtda kо‘plab maktab va о‘quv yurtlari, xiyobon va kо‘chalar, madaniyat uylari va kutubxonalar, institutlar Abdulla Qodiriy nomi bilan atalmoqda. Adib asarlari qayta-qayta nashr etilmoqda. Respublika hukumati Abdulla Qodiriyning buyuk xizmatlarini taqdirlash, adibning tabarruk nomini abadiylashtirish bо‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Toshkentdagi Madaniyat institutiga va Jizzax pedagogika institutiga Abdulla Qodiriy nomi berildi. Poytaxtdagi markaziy kо‘chalaridan biri Qodiriy nomi bilan ataladi. Yozuvchining о‘g‘li Habibullo Qodiriy bu haqda katta qoniqish bilan yozgan hamda Abdulla Qodiriy avlodlari nomidan xalqimizga, davlatimizga samimiy minnatdorchilik izhor etgan1.

Abdulla Qodiriy adabiy merosini ilmiy asosda о‘rganish va targ‘ib qilish borasida ham muayyan yutuqlarga erishildi. Oybek, izzat Sulton, M.Qо‘shjonov, H.Yoqubov, S.Mirvaliyev, U Normatov, Habibullo Qodiriy, F.Nasriddinov, Sh.Turdiyev, L.Qayumov, Ibrohim Mirzayev va boshqa olimlarning maqola va risolalarida, о‘quv qо‘lanmasi va darsliklarida Abdulla Qodiriy asarilarining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, uning о‘zbek adabiyotiga qо‘shgan qimmatli hissasi, Abdulla Qodiriyning adabiy barhayotligi kо‘rsatib berilgan.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Abdulla Qodiriy buyuk shoir Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotiga (1991) va «Mustaqillik» (1994) ordeniga sazovor bо‘ldi. Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kunning 100 yilligi mamalakatimizda zо‘r tantana bilan noshonlandi (1994).

Xullas, yaxshilik qilaman deb, yoshlarni halokatgacha olib kelishini xayoliga keltirmaydi. Nihoyat, «dо‘st bо‘lib, dushman ishini» qilib qо‘yadi. O’ylab qaralsa, hayotda bunday «xolis xizmat» qiluvchi kо‘p uchraydi.

Qodiriy va uning safdoshlari qaysi mavzuga qо‘l urmasinlar, zamon talablari, jamiyat taraqqiyotini о‘ylab ijod qiladilar… Hayriyatki, istiqlol va nihoyat Buyuk Istiqlolgina – bu buyuk ajdodlarimizning tarixdagi о‘z о‘rnini tо‘g‘ri tayinlab berdi… biz esa, nihoyat, ular haqida bemalol fikr-mulohaza yuritish imkoniyatiga ega bо‘ldik… Qodiriy, uning barcha hamfikr safdoshlari о‘z zamonlari uchun ham, biz uchun ham о‘lmas, boy ma’naviy meros qoldirib ketdilar, biz ularni qalbimizda abadiy izzat-ikrom ila saqlashga burchlimiz!..




Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling