Mavzu: Abonent kirish tarmoqlari. Pon, xdsl, 3G/4G, kabelli internet. Ma’ruzachi: ass. Fayziyev V
Download 9.97 Kb.
|
Mavzu Abonent kirish tarmoqlari. Pon, xdsl, 3G 4G, kabelli inte
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon tarmog‘i rivojlanishining asosiy bosqichlari.
4-ma’ruza. Osi modeli va uning umumiy tavsifi. Osi modelining sathlari va ularning bajaradigan vazifalari Mavzu:Abonent kirish tarmoqlari. PON, xDSL, 3G/4G, kabelli internet.Ma’ruzachi: ass. Fayziyev VAbonent kirish tarmoqlari 1
PON (Passive Optical Network – passiv optik tarmoq) 2
xDSL 3
Kabelli internet 4
Abonent kirish tarmoqlari Telekommunikatsiya tarmoqlarini ikki darajali tarmoq sifatida ta’riflash mumkin: transport va kommutatsiyalanuvchi tarmoqlar. Ham transport, ham kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarni iyerarxik sathlar bo‘yicha ajratish mumkin. Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxiyaning to‘rtta sathi ajratiladi (rasmda keltirilgan). Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tarmoq (Customer Premises Equipment – CPE). Ikkinchi element – abonent kirish tarmog‘i (Access Network), u tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajraladi – mahalliy (Local) va shaharlararo (Long-distanse). Telefon tarmog‘i rivojlanishining asosiy bosqichlari.Texnologik jihatlar. Keyingi yillarda abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar sezilarli darajada o‘zgarayotganligi shubhasiz namoyon bo‘lmoqda. Abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiyalashning texnologik jihatlarini ikkita nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, «kanallar kommutatsiyasi» usuliga yoki umuman olganda, axborotni taqsimlash invariant usullariga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarni tahlil qilish kerak. Ikkinchidan, qo‘llanilishini NGN konsepsiyasi aniqlaydigan texnologiyalarga e’tibor qaratish zarurdir. Pastdagi rasmda abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning klassifikatsiyasi keltirilgan. Elektr aloqaning uchta elementi – kommutatsiya, signallarni uzatish va tarqalish muhiti uskunalari ko‘rilgan. Rasmning chap qismida XX asr oxirlarida asosiy bo‘lgan, rasmning o‘ng qismida XXI asr boshlarida qo‘llanayotgan texnologiyalar keltirilgan. Kommutatsiya tizimlari uchun asosiy texnologik o‘zgarishlar axborotlarni taqsimlash paketlar usullariga tegishlidir. Avvallari paketlar kommutatsiyasi deyilganda XEAIning X.25 tavsiyalarida aniqlangan axborotlarni almashinish tushunilar edi. Hozirda «paketlar kommutatsiyasi» termini IP va ATM texnologiyalarida, shuningdek, kadrlarni retranslatsiyalash uchun – Frame Relay (FR) texnologiyalarida ishlatiladi. Raqamli uzatish tizimlariga qo‘shimcha sifatida, AKTni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yangi uskunalarni alohida ko‘rsatish lozim. Download 9.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling