olimni shaxsan bilgan mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan “Beruniy laqabini qo’llamay, faqat “Abu Rayhon” deb ataydi. “Abu Rayhon” esa “marhamatli”, “rahmatli”, “rahmdil” mahnolarini bildiradi”, - degan fikrlarni aytadilar. Abu Rayhon Beruniy boshlang’ichta’limni olgach, o’sha davrda fan – madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi. Beruniy Xorzam tili bilan birga sug’diy, forsiy, suryoniy, Yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U Yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |