Mavzu: Adabiy norma va nutq madaniyati. Reja. Nutq madaniyati tushunchasi. Adabiy norma va nutq madaniyati. Nutqiy faoliyat va nutqiy malaka. Adabiyotlar: R. Qongurov, Yo. Tojiyev, E. Begmatov
Download 12.31 Kb.
|
Mavzu Adabiy norma va nutq madaniyati. Reja. Nutq madaniyati tu (1)
Mavzu: Adabiy norma va nutq madaniyati. Reja. 1. Nutq madaniyati tushunchasi. 2. Adabiy norma va nutq madaniyati. 3. Nutqiy faoliyat va nutqiy malaka. Adabiyotlar: 1. R.Qongurov, Yo.Tojiyev, E. Begmatov. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. - T., 34-36- bet. 2. E.Begmatov , A. Boboyeva, M. Asomiddinova, B. Umurqulov. Ozbek nutqi madaniyati ocherklari . T., 39-41 bet. 3. T. Qudratov . Nutq madaniyati asoslari. - T., 22- bet. Matn. 1. Har bir sohaning oz madaniyati bolgani singari nugqning ham oz madaniyati bor, uni nutq madaniyati deb ataluvchi va bugungi kunda muhim vazifani bajarayotgan tilshunoslikning alohida bir sohasi mavjud. Nutq madaniyati to’grisida so’zlashdan oldin, nutq o’zi nima, uning tildan nima farqi bor? degan savollarga javob topishimiz kerak. Til va nugq bir-biriga bogliқ hodisalardir. Ularni bir biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo’ladi. Tilda ruhiy va moddiy matsrial mavjud bўlib, so’zning kishilar xotirasidagi obrazlari ruhiy material, nutq yaratish jarayonida qo’llaniladigan so’z shakllari, morfemalar, tovushlar moddik material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanigan bo’lsa, moddiy hodisaligi esa undagi tovushlardir. Nutq-bu til deb ataluvchi, ota muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda nomoyon bolishidir. Nutq harakatdagi til bolib, nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo boladi va soz shakllari, erkin birikmalar, soz tartibi va gaplardan tashkil topadi. Madaniy gapiripga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha ma`lum lingvistik normalar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bolgan tushunchadir. Demak, nutq madaniyati tushunchasi har bkr xalq tili va millat ma`naviyatini belgilovchi (korsatuvchi) etikaviy va estetikaviy kategoriyadir. Hozirgi nutq madaniyati atamasi bilan yuritilayotgan hodisa va ilmiy muammo ancha keng mazmunga egadir. Nutq madaniyati faqatgina adabiy tilni ongli va maqsadga muvofiq , normalatga (uni qayta ishlash va boyitishga) qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning umumiy madaniyatini kotarish, odamlarga ma`lum «til didi» («yaznkovoy vkus»)ni tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliyat hamdir. Nutq madaniyati atamasi hozirgi zamon tilshunoslik talqinida uch xil hodisaning nomidir: 1) madaniy nutqning, ya`ni nutqiy hodisaning nomi; 2) madaniy nutq tushunchasi bilan bogliq va nutq madaniyati deb yurituvchi ilmiy muammoning nomi; 3) nutq madaniyati muammosini organish bilan maxsus shug`ullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bolimining nomi. Keltirilgan uchta hodisaning har biri o’z murakkab ko’rinishlariga, qirralariga ega, ularni bir-biri bilan qorishtirib yubormaslik lozim. Yuqorida bayon etilgan barcha mulohazakor nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta`riflash tilshunosdikda ҳozir қuyidagi kўrinishlarga ega degan xulosaga kelish imkonini beradi: 1. Nutq madaniyati adabiy til rivojining o’ziga xos xususiyatlaridan biri. (Praga lingvistik maktabi). 2. Nutq madaniyati (til madaniyati) - bu adabyi til normalariniig shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo’lgan faoliyat, ya`ni til rivojmga ongli aralashuvdir. (Praga lingvistik maktabi). 3. Nutq madaniyati tilni, uning qonun qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olishi mahoratidir. (A Guryevich. va b) 4. Nutq madaniyati kishilarni ozaro toliq va teran fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir. (B.N. Golovin va b.). 5. Nutq madaniyati faqat togri nutqina emas, balki oquvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir. (G.O. Vinokur va b.) 6. Nutq madaniyati til vositalaridan orinli foydalangan holda maqsadga muvofiq sozlash va yoza olish san`atidnr. (A.N. Yefimov). 7. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir. (D.E. Rozental.) 8.. Milliy oziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir (M. Agafonova). Xulosa qilib aytish mumkinki, nutq madaniyati - shu tilni aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bolgan munosabatdir. Til vakillarida bu noyob qurolning imkoniyatlariga munosabat, uni ishlatishdaga boshqa omillar: tafakkur, ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga bolgan munosabat qanchalik yuqori saviyada bolsa, nutq madaniyati ham yuqori saviyada boladi, va aks holda, nutq madaniyati ham past saviyada boladi. 2. Nutq madaniyati togrisida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda qollangan orinli yoki orinsiz sozlarning qollanishi togrisida bahs boradi. Qollangan til birligini togri, yoki notogri deyilganda, albatta ma`lum bir olchov (mezon)ga asoslyanganligi tayin. Mana shu olchov (mezon) tilshunoslikda adash TIL normasi deb yuritiladi. Har bir lahjaning, sozlashuv tilining, adabiy tilning oz normalari bollganidek, nutqning alohida korinishlari bolgan argolar, jargonlar ham oz normasiga ega. Xususiy normalarni quyidagicha korsatilgan: 1. Dialektal norma. 2. Sozlashuv nutqi normasi. 3. Argolar, jargonlar normasi. 4. Adabiy til normasi (adabiy norma). Adabiy norma. Ma`lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari osha hududda yashovchi aholi uchun istisnrsiv tushunarli boladi, ya`ni aloqani yengil amalga oshuviga imkon beradi. Bu tilning normadan iboratligini korsatadi. Norma -tilning yashash shaklidir. Adabiy norma uzusga asoslanadi, undan olinadi. Adabiy norma adabiy til bilan birga tugiladi, badiiy adabiyning, Adabiy norma uzusdan olinganligi sababli hammaga tushunarli boladi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotida ahamiyat kasb etadi. Jamiyat a`zolarini uyushtirishda, vazifalarga otlantirshda adabiy til, uning normalari uchun nihoyatda zarurdir. 1. Leksik-semantik normalar. 2. Talaffuz (orfoepik) normasi. 3. Yozuv (orfografik) normasi. 4. Fonetik norma. 5. Aktsentologik (urguni togri qollash) norma. 6. Grammatik norma (morfologik va siitaktik) 7. Soz yasash normalari 8. Imloviy norma 9. Uslubiy norma 10. Punktuatsyon norma Adabiy normaning ozaki va yozma korinishlari mavjud bolib, zaki adabiy normaning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifagoy xalq shoir-baxshilari katta hissa qoshsalar yozma adabii normaning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldiriladigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til normasini organish yangi hodisa emas soha deb tan olingunga qadar ham organib kelingan. Adabiy til normasi, uning shakllanish, rivojlanish stabillashuv qonuniyatlari-nuqq madaniyati sohasining tekshirish ob`yekti hisoblanadi. Nutq madaniyati sohasining adabiy til normasiga yondashuvi-quiidagi xususiyatlari bilan grammatik munosabatda farq qiladi a) nutq madaniyati adabiy normadagi ozgarib, buzilib turuvchi nutqiy nuqsonlarni yuzaga keltiruvchi xususiyatlarni topishi va ularni tuzatishga intilishi lozim. b) Nutq madaniyati adabiy til normasini doimiy rivojlanib, ozgarib turuvchi hodisa sifatida tekshiridai va til normasi sistemasidagi yangi holatlarni ozgarayotgan, ozgargan holatlarni «olgan», iste`moldan chiqqan holatlarni hisobga olishi kerak. v) Nutq madaniyati til normasi sistemasidagi qarama-qarshi holatlarni belgilashi lozim hamda barcha yaruslari boyicha tekshirishi kerak. Nutq madaniyati adabiy- normani ma`lum maqsad bilan, aniqrogi madaniy nutqning chegarasi va vositalarini aniqlash maqsadida organadi. Shu sababli, nutq madaniyati sohasi adabiy til va uning normativ sistemasini baholaydi va nazorat qiladi. Nutq madaniyati sohasi adabiy tilga aktiv yondashadi, ya`ni adabiy til rivojiga ongli aralashadi. 4. Ma`lumki, tilning paydo bolishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bogliqdir. U jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud boladigan ijtimoiy hodisadir. Jamiyat rivojlangani sari til ham shakllanib boradi. Demakki, shu tilda so’zlashuvchi millatning ma`naviyati yuksalib, nutqiy malakasi ortib boradi. Aks holda til tanazzulga yuz tutadi. Bu esa nutqiy malakani so’nishiga, ma`naviyatini qashshoqlashishiga olib keladi. Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi sanaladi. Lekin ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan nutqiy қurol - yagona shu jamiyatning tili hisoblanadi. Inson nutqiy faoliyatga adabiy til madaniyati qoidalarini mukammal bilgani holda mustaqil shugullanishi, ayniqsa, badiiy adabiyotlarni, gazeta va jurnallarni oqish, radio va televidenieni tinglash orqali erishadi va tinimsiz shugullanishi natijasida. nutqiy malakaga ega boladi. Adabiy til madaniyatini chuqur egallagan insongina nutq madaniyatiga ega boladi. Adabiy til madaniyatini egallashda tilga bolgan etibor, unga chinakam muhabbat va hurmat muhim rol oynaydi. Adabiy til va normalarini shunchaki qiziqish va u bilan nomigagina shugullanish bilan egallab bolmaydi. Inson nutqiy faoliyati uch ko’rinishda namoyon bo’ladi. Bular – so’zlash, mutolaa va eshitish. So’zlash deyilganda so’zlovchining ma`lumot, maslahat berishi, buyurishi, o’ziga noma’lum bo’lgan narsalar haqida so’rashi tushuniladi. So’zlaganda so’zlovchining bilimi madaniyati, axloқi, odobi yuzaga chiqadi. So’zlashning monologik va dialogik ko’rinishlari mavjud. Mutolaa qilish o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa tufayli yozma nutqda aks etgan voqea-hodisadan xabardor bo’ladi. Orta maktabda ta`lim olayotgan yoshlarni ya`ni, jamiyatning yangi ijtimoiy kuchlarini yetishtirishda oqituvchi mas`ul hisoblanadi. Jamiyat oqituvchining qoliga yosh avlodni, ya`ni oz kelajagini ishonib topshiradi. Uning kamol topishida, oqituvchining nutqi ota muhimdir. Demak, oqituvchilik kasbi insonparvarlik, vataiparvarlik, yuksak madaniyatlilik bilan birga yuqori darajadagi nutqiy malakaga ham ega bolish kerakligini talab qiladi. Download 12.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling