Mavzu: adabiyot so‘z san’ati darsning maqsadi: a ta’limiy


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 0.73 Mb.
bet176/248
Sana07.12.2021
Hajmi0.73 Mb.
#179038
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   248
Bog'liq
5-sinf adabiyot yillik dars ishlanma yangi

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.

2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

«Sayohatnoma» adabiy janr sifatida barcha xalqlar adabiyotida mavjud. O‘zida sayohat xotiralari va ular bilan bog‘liq tafsilotlarni aks ettirgan nasriy va she’riy asarni sayohatnoma deb ataymiz.

«Sayohatnoma» janri sharq adabiyotida, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Ushbu janrning dastlabki namunalarini ulug‘ mutafakkir shoirlarimiz Alisher Navoiy va Mirzo Bobur ijodida uchratamiz. XVIII asrning oxiri — XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoir Maxmurning ham sayohatnoma yozganligi ma’lum.

O‘zbek adabiyotida alohida poetik shaklda tartib topgan, keyinchalik adabiy an’ana tusiga kirgan bu janrning asoschisi Muhammad Aminxo‘ja o‘g‘li Muqimiydir. Darhaqiqat, Muqimiy «Sayohatnoma»lari maydonga kelib, xalq orasida mashhur bo‘lganidan keyin, xuddi shu uslubda Zavqiy, Furqat, Tajalliy va shoirga zamondosh boshqa ijodkorlarning «Sayohatnoma»lari yaratildi. E’tibor beradigan bo‘lsak, bu davrdagi «Sayohatnoma»lar ko‘pincha she’riy shaklda yaratilgan. Ularning ichki tuzilishi quyidagicha:



  1. Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi.

  2. Yo‘l xotiralari batafsil bayon etiladi.

  3. Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi.

Hozirgi davrimizda zamonaviy «Sayohatnoma»lar ham yaratilyapti. Ular ko‘proq adib, shoirlarimiz, jurnalistlarimizning turli mamlakatlarga, shuningdek, yurtimizdagi shahar va qishloqlarga qilgan safarlari asosida bitilyapti. Shu o‘rinda Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov va boshqa adiblarimizning yo‘l xotiralari adabiyotimizda sayohatnoma janrining boyishiga xizmat qilmoqda.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling