Mavzu: Afg’oniston mo xavfsizligiga asosiy tahdid


Tolibonlarning hokimiyatini egallash


Download 1.18 Mb.
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1138606
1   2   3
Bog'liq
Afg\'oniston

Tolibonlarning hokimiyatini egallash.

  • Ular Afg'onistonda jamiyat hayotini sof islom asosida qayta qurish uchun kurashga bel bog'lagan diniy-siyosiy guruh vakillaridir. Ularning katta qismini fuqarolar urushi davrida yetim qolgan bolalar tashkil etardi. Sovet armiyasi Afg'onistonga kiritilgach, ular Pokiston hududida boshpana topgan edilar. Urush davrida Pokistonga qochib o'tgan 5 mln afg'on qochoqlar farzandlarining ham ma'lum qismi tolibon guruhiga jalb etilgan. Tolibonlar Pokiston harbiy mashq maktablarida puxta tayyorgarlikdan o'tganlar. Zamonaviy qurollarning deyarli barchasi bilan mukammal muomala qila olishga o'rgatilgan. Tolibonlar rahnamosi diniy fanat (vahhobiy) Mulla Umar edi.
  • U ismoiliylik va vahhobiylik vakili edi. Tolibonlar Pokiston va Saudiya Arabistoni tomonidan qo'llab-quwatlandi. Xalqaro terrorist Usama ben Laden bilan mustahkam aloqa bog'ladilar. To'xtovsiz qonli urushdan charchagan aholining katta qis­mi ularni qo'llab-quvvatladi. Tolibon qurolli kuchlari 1995-yilning yanvar oyida hujumga o'tdilar. Tolibonlarga qarshi kuchlar orasidagi o'zaro kelishmovchilik ularga qo'l keldi. 1996-yilning oktabr oyida tolibonlar Kobul shahrini egalladi. So'ng ular jamiyatni to'la islom-lashtirish siyosatini yurita boshladilar.

O’zbekistonning Afg’oniston muammosiga munosabati.

  • Shu maqsadda Tolibon hukumati hamda ShimO'zbekistonning Afg'oniston muammosiga munosabati
  • To'xtovsiz fuqarolar urushi Afg'onistonni narkotik moddalar yetishtirish va xalqaro terrorchilik bo'yicha jahonning asosiy markaziga aylantirib qo'ydi. Ayni paytda Afg'oniston muammosi O'rta Osiyo davlatlarida siyosiy barqarorlikni xavf ostiga qo'ydi. Terrorizm qanchalik yovuz kuchga aylanganligini 2001-yilning 11-sentabrida AQSHda amalga oshirilgan vahshiyona voqealar yana bir bor tasdiqladi.
  • O'zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jahon jamoatchiligi e'tiborini Afg'onistondagi fuqarolar urushini to'xtatish muammosiga qaratib keldi. Prezident I. Karimov 1993-yildayoq BMT min-baridan turib, bu muammoni hal etishning dastlabki qadami sifatida ayrim davlatlarning muxolifat tomonlarga qurol-yaro yetkazib berishini taqiqlash haqida qaror qabul qilishga, muxolifat tomonlarni esa Afg'oniston muam-mosini tinch yo'l bilan hal etishga chaqirdi.
  • oliy Alyans vakillarini muzokaralar stoliga o'tqazishga harakat qildi. Bunday uchrashuvni Toshkentda o'tkazishni taklif etdi. Va, nihoyat, 1998-yil Toshkentda «6+2» deb shartli nom bilan ataluvchi davlatlar (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya) vakil-larining uchrashuvini o'tkazishga muvaffaq bo'lindi. Unda tolibon va Shimoliy Alyans vakillari ham qatnashdi. Uchrashuv so'ngida «Toshkent Deklaratsiyasi» deb nomlangan hujjat qabul qilindi. Uzoq yillardan bed davom etayotgan Afg'onistonda tinchlik o'rnatish muammosini bir uchrashuv bilan hal etib bo'lmasdi. Shunday bo'lsa-da, Toshkent uchrashuvi o'tkazilishining o'zi jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor bu muammoga qaratishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'ldi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling