Katta shahar asosida shakllangan aholi joylarining guruhli tizimiga sxematik
misollar:
1 – yirik shahar bilan o’zaro bog’langan aholi yashash joylari;
2 – yirik shahar ta’siriga
tortiluvchi aholi joylari.
Mamlakatimiz hududida uzoq muddat davom etgan mehnatning bo’linishi
jarayonida aholi joylashishining turlari va shakllari tarixan shakllandi.
O’zbekistonga xos xususiyati shundan iboratki,
aholi joylashuvi jarayonida
intensiv shaharsozlik o’zlashtirish qismlari (vohalar) shakllandi, u erda aholi
joylari
hududlari, mehnat joylari, xizmat ko’rsatish markazlari,
rekreatsion
hududlarni o’zaro bog’liq rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjud. Aholi
joylarining kuchayib borayotgan makoniy integratsiyasi jarayonlari natijasida aholi
joylashuvining tayanch karkasi, yagona hududiy
funksional organizm aholi
joylashuvi tizimi shakllanadi.
Shu bilan birga, O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishi
aholi joylashuvi shakli va shaharsozlik loyihalash ob’ektlarini murakkablashuviga
olib kelgan. Bu yana alohida shahar va qishloq joylari orasidagi iqtisodiy, mehnat,
madaniy-maishiy va boshqa aloqalarni intensivlashtirish
natijasida ham yuzaga
keladi. Bu esa hayot muhitini nafaqat alohida aholi joylari chegarasida, balki
rivojlangan shaharsozlik tuzilmalari - aholi joylashuvi
tizimlari doirasida
takomillashtirish lozimligini ko’rsatadi. Bu tizimlar o’z navbatida yanada yirikroq
subregional va regional darajadagi makoniy-tarxiy birliklar tarkibiga kiradilar.
Subregional va regional aholi joylashuvi tizimlari ancha katta hududlar doirasida
(viloyat, iqtisodiy tuman, respublika)
shakllanib, O’zbekiston hududida yagona
aholi joylashuvi tizimini tashkil etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: