Mavzu: Aholi punktlarini gazlashtirish Reja: Gazlashtirish tizimlarining tuzilishi va ularni o‘tkazish usullari


Yer osti gaz quvurlarining har xil tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishishi


Download 0.76 Mb.
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1642336
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5278251039957453903

5. Yer osti gaz quvurlarining har xil tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishishi

Gaz quvurlari o‘tkazish paytida har xil to‘siqlar bilan kesishishi mumkin. Bunday to‘siqlarga daryolar, jarliklar, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari va har xil yer osti inshootlari kiradi. Magistral gaz quvurlari bilan temir yo‘llari kesishgan joylarda, gaz quvurlari futlyar (g‘ilof) ichida o‘tkaziladi (3.2-rasm).


G‘ilof gaz quvurlari temir yo‘l izlari hamda avtomobil yo‘li tagidan o‘tganda gaz quvuridan gaz hamda yong‘in chiqishining oldini olish uchun qo‘laniladi. Bundan tashqari, gaz quvurining yotqizish davrida transport harakatini to‘xtatmasdan qurilish ishalrini teshib o‘tish usulida olib borishga imkon beradi.

2-rasm. Gaz quvurlarining temir yo‘l bilan kesishish sxemasi:
1-sham (vityajnaya svecha); 2-bitum;3-futlyar (g‘ilof); 4-gaz quvuri.

G‘ilof metall quvurdan tayyorlanadi. Bunda gaz quvuri d>200 mm bo‘lsa, g‘ilof diametri mm bo‘lishi kerak. Gaz quvuri d<200 mm bo‘lsa, mm bo‘ladi.


G‘ilof ichidagi gaz quvurlari iloji boricha butun quvurdan tayyorlanishi kerak. G‘ilofning uchlari salnik bilan zichlanadi hamda bir uchiga nazorat quvuri yoki chiqarib tashlash quvuri “sham” (svecha) ulanadi. Agarda g‘ilof ichidagi quvurdan gaz chiqa boshlasa, u nazorat quvuri yoki “sham” orqali xavfsizroq joydan chiqarib yuboriladi.
Agarda yer osti gaz quvurlari kanalizatsiya kollektorlarini yoki shunga o‘xshash kanal yoki kollektorlarni kesib o‘tsa, gaz quvuri g‘ilof ichida o‘tkazilishi kerak va g‘ilof kollektorning tashqi devoridan ikki tomonga kamida 2 metrdan chiqib turishi kerak. Bunda ham g‘ilofning diametri sxemaga o‘xshab qabul qilinadi.
Yer osti gaz quvuri bilan suv tarmog‘i, kanalizatsiya kesishgan vaqtda ular orasidagi masofa 15 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Gaz quvuri bilan issiqlik tarmog‘i kanali orasidagi masofa kamida 20 sm bo‘lishi, kabel orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak. Agarda kabel asbotsosement quvur ichidan o‘tgan bo‘lsa, unda 0,25 m bo‘lishi mumkin.




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling