Mavzu: aholini ijtimoiy himoya qilish


Download 16.6 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi16.6 Kb.
#1790281

Mavzu: aholini ijtimoiy himoya qilish

Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat oʻz zimmasiga oladi. „I.h.“ tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQShning „Ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha qonun“ ida qoʻllanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning koʻpgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda koʻp. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda aholini I.h. tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy taʼminot tizimi kabi omillarga bogʻliq holda amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash;bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari;bola nafaqasi va moddiy yordam olish uchun murojaat qilish, uni ko‘rib chiqish va ularni to‘lash tartibi;bola nafaqasi va moddiy yordam uchun to‘lovlarni moliyalashtirish tartibi.2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil martga qadar jismoniy shaxslarning dala tomorqa yer maydonlari ro‘yxati shakllantirilishini va ushbu ma’lumotlarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib borilishini ta’minlasin.3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-apreldan boshlab Davlat xizmatlari agentligining axborot tizimiga hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga sudlar tomonidan chiqarilgan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi, ota-onalik huquqidan mahrum etilganlik to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimidan onlayn rejimda ushbu qarorlar chiqarilgan kunda qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.Bunda, sudning qarorlariga muvofiq bolalarning ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs qaramog‘ida qoldirilganligi hamda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar va bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha o‘zaro elektron axborot almashinuvi ta’minlansin.4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.Bunda, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan va amaldagi to‘lov muddatlaridan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.5. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi 122-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.
Bunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila (shaxs)ga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 3 daqiqa ichida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda ma’lumotnoma taqdim etiladi.Ushbu ma’lumotnoma oila (shaxs) “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlab o‘n ikki oy davomida amal qiladi.Agar bitta oila so‘nggi 12 oy davomida ketma-ket “Yagona reyestr” AT orqali bir necha marotaba kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunda ma’lumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlanadi.Oila (shaxs) “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etiladi.Ma’lumotnoma taqdim etilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.11. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan tartibda ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.Oilaning muomalaga layoqatli istalgan a’zosidan biri (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, 18 yoshga to‘lgan, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan (ota-onasi, ulardan biri yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxs bilan birga yashovchi) bolasi yoki oilaning farzandlikka olingan bolasi yoxud vasiylikka olingan shaxslar) ariza beruvchi bo‘lishi mumkin.12. Har bir oila tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun ariza topshirish va “Yagona reyestr” ATga kiritish bir oyda bir marta amalga oshiriladi.Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagach, ariza beruvchi ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni yangi muddatga tayinlash uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.Bunda bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyda beriladi. Takroriy murojaatlar umumiy belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi13. Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilaga bolalar nafaqasi yoxud moddiy yordam yashash joyi bo‘yicha oilaning muomalaga layoqatli a’zosining yozma arizasiga asosan tayinlanadi.14. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.15. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi) boshlig‘ining nomiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi.Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:ariza beruvchi va oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi;oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumot;
Oila a’zolarining barcha rasmiy daromadlari, shuningdek, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadning hisob-kitobi, oila a’zosi nomida mavjud bo‘lgan ko‘chmas mol-mulki va avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda jamlanadi va hisob-kitob qilinadi.19. Oilani kam ta’minlangan oila deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash yoxud tayinlashni rad etish “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.20. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:a) ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezondan oshganda;b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan ma’lumotlar bo‘yicha Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida ariza beruvchi va uning oila a’zolari egaligida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;v) ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda:ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi;ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;


http://fayllar.org
Download 16.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling